Ishqalanish - bu shak-shubhasiz yuz beradigan shunday jarayonki, mashina detallarini zamonaviy moylash tizimini ishlatishdan qatʼiy nazar, barcha turdagi mashinalarda hosil boʻladi.
Biror muddat orasida detallarda hosil boʻladigan yeyilishni 1.1-rasmdagi grafikda misol tariqasida koʻrsatish mumkin, bu yerda: δ - tutashgan sirtlarning yeyilish qiymati, t - ishlash muddati. t1 - tekislashtirish (obkatka) muddati: mashinaning yangi detallarida ishqalanish jarayoni vaqtida sirtlardagi kam (oz) miqdorga ega boʻlgan notekisliklar silliqlanadi.
1.1.-rasm. Mashina detallarining yeyilish grafigi.
Bu jarayondan keyin mashinalar normal holatda ishlaydi. Tutashgan detallar sirtida hosil boʻlgan yeyilish jarayoni normallashib, t2 vaqtga teng boʻladi (1.1-racm). Bu qiymat (t2) toʻgʻri loyihalangan mashinada bir necha oʻn ming soatga teng boʻlishi mumkin. Mashinadagi detallarning umumiy ish soati tekislash uchun va normal yeyilishga ketgan vaqtlar yigʻindisi {t1+t2) dan katta boʻlmasligi kerak, bundan keyin tiklash taʼmirlari bajariladi yoki detallar almashtiriladi. Aks holda, detallarda xavfli yeyilish paydo boʻladi, uning qiymati t3 - boʻlib, katta qiymatga ega emas, lekin mashina detallarining ishlash layoqatini yoʻqotishga yoki ishdan chiqishiga, butunlay buzilishiga olib keladi. Detallarning ishlash muddatini oshirish maqsadida oʻzaro ishqalanuvchi yuzalar orasiga chang, namlik, har xil zarrachalar tushishidan saqlanish zarur, chunki, zanglash yeyilish darajasini tezlashtiradi.
Rasm. Avtomashina detallari yeyilishining yurib oʻtish masofasiga bogʻliqlik grafigi.
Ishqalanib yeyilish natijasida podshipniklardagi, yoʻnaltirgichlardagi, tishli ilashmalardagi, porshenli dvigatellardagi tirqishlar kattalashadi, buning natijasida mashinaning quvvati, FIK, ishonchliligi, aniqligi kamayadi. Meʼyordan ortiq yeyilgan mashina detallari taʼmirlanadi yoki yaroqsizga chiqarilib, yangisiga almashtiriladi. Texnikaning hozirgi zamon darajasida mashinalarning 85-90% yeyilish sababli ishdan chiqadi qolgan 10-15% boshqa sabablarga koʻra ishdan chiqadi.
Dostları ilə paylaş: |