Mashina detallarining konstruksiyasilariga qoʻyiladigan umumiy talablar.
1.Detallarning konstruksiyasi standart va unifikatsiyalashgan elementlardan tuzilgan boʻlishi lozim.
2. Detallar standart zagotovkalardan tayyorlanishi lozim. Zagotovkaning shakli va oʻlchami tayyor detalning shakli va oʻlchamiga yaqin boʻlishi lozim.
3. Zagotovkalar oqilona usulda olinishi lozim hamda detalning konstruksiyasida ishlov berilmaydigan yuzalar va ishlov berishga minimal qoʻshimlar qoldirishga imkoniyat berishi lozim.
4.Yuzalarning aniqligi va gʻadir-budirligi optimal va asoslangan boʻlishi lozim.
5.Detalning bazaviy yuzalari ularni ishonchli oʻrnatish, aniq ishlov berish va nazorat qilishga imkoniyat berishi lozim.
6. Bir necha detallarga bir yoʻla ishlov berishga imkoniyat berishi lozim.
7.Detalning konstruksiyasi turdosh, standart va guruhli texnologik jarayonlarni qoʻllash imkoniyatini berishi lozim.
8. Detal materialining fizik-kimyoviy, mexanik xususiyatlari va bikrligi tayyorlash texnologiyasiga mos kelishi lozim.
9.Kesish bilan yomon ishlov beriladigan materiallarni detallar tayyorlash uchun ishlatmaslik lozim.
10. Detallarning barcha yuzalari oʻlchash va ishlov berish uchun ochiq boʻlishi lozim.
11. Ishlov beriladigan yuzalarning uzunligi iloji boricha qisqa boʻlishi lozim.
12. Detallarning konstruksiyasi ularga termik ishlov berishda minimal deformatsiyalanishini taʼminlashi lozim.