Mashina detallarining ishlash qobiliyatini belgilovchi mezonlar.
Ushbu mezonlarga mustahkamlik, bikrlik, yeyilishga chidamlilik, issiqbardoshlik va titrashga chidamlilik kiradi. Mustahkamlik - detalning qoʻyilgan yuklanishga bardosh berib, ish jarayonida sinmay va benuqson ishlay olish xususiyati.
Funksionallik – detalni moʻljallangan vazifasiga mosligi. Funksionallikning mezonlari: aniqlik, material sarfi, oʻlchamlari.
Ishonchlilik – detalni yoki buyumni maʼlum vaqt ichida ishga yaroqliligini saqlab qolish qobiliyati, yoki belgilangan vaqt ichida tayinlangan funksiyasini bajarish qobiliyatini saqlab qolishi. Ishonchlilik mustahkamlik ishonchliligi va tribotexnik (yeyilishga qarshi) ishonchlilikka boʻlinadi.
Ishonchlilikning asosiy mezonlari: mustahkamlik, bikrlik, yeyilishga chidamlilik, korroziyaga chidamlilik, issiqqa chidamlilik, titrashga chidamlilik.
Statik mustahkamlik va toliqishga qarshilik koʻrsatish xususiyatlarini yoʻqolishi detallarning sinishiga olib keladi.
Statik mustahkamlik sharti:
σ ˂ σv ,
bu yerda: σ - detaldagi kuchlanishlar; σv -detal materialining mustahkamlik chegarasi.
Ish jarayonida detalga taʼsir qilayotgan yuklamaning qiymati va yoʻnalishi oʻzgarib tursa, vaqt oʻtishi bilan toliqishga qarshilik koʻrsatish xususiyati yoʻqolib, detal sinishga yetib keladi. Kuchlanish sikllari soni biror qiymatga yetganidan soʻng, detalning ayrim joylarida toʻplangan kuchlanish taʼsirida mayda yoriqchalar paydo boʻladi. Detallarning kuchlanishlar toʻplanishlari uning sirtlarining oʻzgarishiga olib keladigan omillardir, masalan, val va oʻqdagi ariqchalar va galtellar, shponka uchun moʻljallangan ariqchalar. Undan tashqari, mikroyoriqlar detallarning kontakt yuklamalar taʼsir etayotgan silliq sirtlarida sodir boʻlishi mumkin (Shesternya tishlarining sirtlari, dumalash podshipniklari halqalarining ishchi sirtlarida). Bu hollarda kuchlanishlar toʻplanishlari materialning nuqsoni hisoblanadi va ular kavaklar yoki sirtlarga mexanik ishlov berish natijasida hosil boʻladigan chiziqchalardir.
Dostları ilə paylaş: |