9-мавзу. Qurilish industriyasining ishlab chiqarish va resurs salohiyati va undan oqilona foydalanish yo`llari



Yüklə 56 Kb.
səhifə3/8
tarix24.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#192027
1   2   3   4   5   6   7   8
5-мавзу маъруза

Jismoniy eskirish - asosiy fondlarning ekspluatatsiya jarayonida yoki bekor turish natijasida o`zining dastlabki xarakteristikalarini asta-sekin yo`qotishidir. Bu notekis kechuvchi jarayon bo`lganligi tufayli, asosiy fondlar to`liq yoki qisman eskirishi ajratiladi. Birinchi holda eskirgan asosiy fondlar tugatiladi va yangisiga almashtiriladi, ikkinchi holda esa ta`mirlash yo`li bilan tiklanadi.
Ma`naviy eskirish - mashina va asbob-uskunalar qiymatining ularni ishlab chiqarishga sarflanadigan ijtimoiy zaruriy xarajatlarning kamayishi ta`sirida kamayib borishi (ma`naviy eskirishning birinchi shakli) yoki ularning qiymatining yangi, ilg`or va samarali mashina va asbob-uskunalar yaratilishi natijasida kamayishidir (ma`naviy eskirishning ikkinchi shakli).
Asosiy fondlarning eskirishini tiklash korxona va tashkilotlarning maxsus mablag`lari asosida - amortizatsiya ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi. Ularning summasi asosiy fondlarning qiymatiga, ularning xizmat muddatiga, ta`mirlash va modernizatsiyalash xarajatlariga bog`liqdir. Bu mablag`lar odatda korxonaning amortizatsiya fondida to`planib boradi va faqatgina asosiy fondlarni tiklash va ta`mirlash maqsadlarida foydalaniladi.
Yillik amortizatsiya summasining asosiy fondlar qiymatiga nisbati foizlarda ifodalanganda amortizatsiya me`yori deb ataladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

bu yerda:
Ф1 - asosiy fondlarning dastlabki qiymati;
Фл - asosiy fondlarning tugatish qiymati;
Ta - asosiy fondlarning amortizatsiya muddati yoki xizmat muddati, yil.
Dastlabki qiymat - asosiy fondlarni sotib olish paytidagi xarajatlar summasi (etkazib berish, o`rnatish yoki montaj xarajatlari bilan birga).
Tiklash qiymati - asosiy fondlarning bugungi kundagi inflyatsiya, qayta baholash va hokazolarni hisobga olgan holda hisoblangan qiymati.
Qoldiq qiymat - bu asosiy fondlarning dastlabki yoki tiklash qiymati bilan eskirish summasi o`rtasidagi farqdir.
Asosiy fondlarni to`liq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari summasi quyidagicha hisoblanadi:

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin