9-мавзу. Qurilish industriyasining ishlab chiqarish va resurs salohiyati va undan oqilona foydalanish yo`llari



Yüklə 56 Kb.
səhifə4/8
tarix24.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#192027
1   2   3   4   5   6   7   8
5-мавзу маъруза

A = Нам x Ф,
bu yerda Ф - asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymati.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari qurilish industriyasidagi korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish quvvatiga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Qurilish tashkilotlarining fond bilan jihozlanish darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, ularning ishlab chiqarish quvvati ham shu qadar yuqori bo`ladi. Ishlab chiqarish quvvati - berilgan mashina va asbob-uskunalar, texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil qilish uslubida (ishchilar soni va ajratilgan vaqtni hisobga olgan holda) mahsulot ishlab chiqarishning (qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning) maksimal hajmi. Buni hisobga olgan holda qurilish korxonasining yillik, choraklik va oylik ishlab chiqarish quvvatini aniqlash mumkin.
Ishlab chiqarish quvvatini va umuman asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni hisoblashda bir qator ko`rsatkichlar qo`llaniladi. Ularni quyidagi uch guruhga bo`lish mumkin:
ekstensiv ko`rsatkichlar - asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning vaqt bo`yicha ko`rsatkichlari;
intensiv ko`rsatkichlar - asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning unumdorlik (quvvat) ko`rsatkichlari;
integral ko`rsatkichlar - ekstensiv va intensiv omillarning jami ta`sirini, ya`ni ekstensiv va intensiv ko`rsatkichlarning hosilasini hisobga oluvchi ko`rsatkichlar.
Mazkur ko`rsatkichlar asosan asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning natural ko`rsatkichlari hisoblanadi va quyidagi kategoriyalarni o`z ichiga oladi:
 asbob-uskunalar va mashinalarning bandlik koeffitsiyenti;
almashinuv koeffitsiyenti;
 asbob-uskunalarning unumdorligi.
Ular bilan bir qatorda amaliyotda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning qiymat ko`rsatkichlari ham keng qo`llanilmoqda. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Fond qaytimi - ishlab chiqarilgan mahsulotning asosiy ishlab chiqarish fondlarining o`rtacha yillik qiymati birligiga to`g`ri keladigan miqdori;

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin