Fond sig`imi - fond qaytimi ko`rsatkichiga teskari ko`rsatkich;
Fondlarning rentabelligi - asosiy ishlab chiqarish fondlarining o`rtacha yillik qiymati birligiga to`g`ri keladigan foyda miqdori.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarini baholash va ulardan foydalanishni tahlil qilishda mehnat va ishlab chiqarishning fond bilan qurollanganligi hamda uning yana bir turi - mehnat va ishlab chiqarishning mexanik qurollanganligi kabi ko`rsatkichlarni ham e`tiborga olish lozim.
9.3. Qurilishning aylanma fondlari va aylanma mablag`lari, ularning shakllanishi va ulardan foydalanish ko`rsatkichlari.
Qurilish tashkilotlari boshqa tarmoqlardagi korxonalar kabi, muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsatish uchun faqat asosiy emas, balki aylanma vositalar ham kerak bo`lib, ular aylanma fondlar va muomala fondlariga avanslangan pul mablag`laridan iborat.
Ko`pincha, bu har doim ham to`g`ri bo`lmasa-da, aylanma vositalar aylanma fondlarning pullik ifodasi deb ataladi.
Aylanma fondlar - bir ishlab chiqarish siklida to`liq foydalaniladigan aylanma vositalarning bir qismi bo`lib, shu sikldan so`ng o`zining dastlabki natural-moddiy shaklini yo`qotib, o`z qiymatlarini to`laligicha hosil bo`layotgan mahsulotga o`tkazadi.
Muomala fondi - bu korxona yoki tashkilotning pul mablag`lari hamda hisob-kitoblardagi mablag`lardir. Demak, korxonaning aylanma vositalari - uning aylanma va muomala fondlari yig`indisidir.
Aylanma fondlar eng muhim ikki elementdan tashkil topgan: ishlab chiqarish jarayonida band bo`lgan ishlab chiqarish vositalari va zaxiralaridan tashkil topgan. Ishlab chiqarish zaxiralari - bu ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta`minlashga mo`ljallangan, ammo hali ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilinmagan mehnat predmetlaridir (xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg`i, tayyor mahsulotlar omborlari yoki poligonlaridagi buyumlar va konstruksiyalar, ehtiyot qismlar va boshqalar).
Ishlab chiqarish jarayonidagi aylanma fondlar - bu avvalo tugallanmagan ishlab chiqarish (qurilish) va kelgusi davr xarajatlaridir (vaqtinchalik bino va inshootlar qurishga, asbob-uskunalarni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirish, sinovlar o`tkazish va hokazolarga sarflanadigan xarajatlar).
Bu xarajatlarning o`ziga xos xususiyati shuki, ular bir hisobot davrida bir marta amalga oshiriladi lekin mahsulotning (xizmatlarning) tannarxiga esa bo`laklab kiritib boriladi, chunki ular faqat joriy emas, balki kelgusida davrlardagi ishlab chiqarish bilan ham bog`liqdir.
Bugungi bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarish zaxiralarining qiymatini to`g`ri baholash juda muhimdir. Amaliyotdan ma`lum bo`lishicha, bu masalaga korxona va tashkilotlar tomonidan noto`g`ri yondashish (ular o`z zaxiralarini ko`paytirishga intiladilar) ularda kerakli aylanma vositalarning, shu jumladan aylanma fondlarning etishmasligiga, ba`zan esa hatto mutlaqo mavjud bo`lmasligiga olib keladi.
Zaxiralarning uch xil turi: transport, joriy (ombor) va sug`urta (kafolat) zaxiralari mavjud.
Dostları ilə paylaş: |