9-мавзу. Qurilish industriyasining ishlab chiqarish va resurs salohiyati va undan oqilona foydalanish yo`llari



Yüklə 56 Kb.
səhifə7/8
tarix24.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#192027
1   2   3   4   5   6   7   8
5-мавзу маъруза

Aylanuvchanlik koeffitsiyenti muayyan vaqt mobaynidagi aylanma mablag`lar miqdorini yoki berilgan davrdagi aylanma mablag`larning har 1 so`miga to`g`ri keladigan mahsulot hajmini ko`rsatadi. U quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

bu yerda:
Q - sotilgan mahsulot hajmi (buyurtmachiga topshirilgan ishlar hajmi);
OC - aylanma mablag`larning o`rtacha qiymati.
Aylanuvchanlik koeffitsiyentining kamayishi korxonaning aylanma vositalari aylanishining sekinlashayotganligidan dalolat beradi va aksincha.
Bir aylanmaning o`rtacha davomiyligi (Дўр) hisobot davri kunlarining aylanuvchanlik koeffitsiyenti qiymatiga nisbati bo`lib, quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi:

bu yerda Tp – hisobot davri (360 kun, 180 kun, 90 kun).
Aylanma vositalarning aylanish davomiyligi qanchalik kichik yoki sotilgan mahsulot hajmi o`zgarmas bo`lgandagi aylanishlar soni qanchalik ko`p bo`lsa, aylanma vositalar shunchalik kamroq miqdorda talab qilinadi va aksincha, aylanma vositalar qanchalik tez aylanib tursa, ulardan shunchalik samarali foydalaniladi. Aylanma vositalarning aylanishini jadallashtirish samarasi resurslarning ozod bo`lishi, ulardan foydalanishning yaxshilanishi tufayli ularga bo`lgan ehtiyojning kamayishida aks etadi.



9.4. Mehnat resurslari va qurilishning kadrlar salohiyati


Mehnat resurslari - bu aholining jismonan rivojlangan, aqliy qobiliyat va bilimlarga ega, mehnatga layoqatli qismidir. Odatda ularni aholining iqtisodiy faol qismi deb ataladi.
Mehnatga layoqatli aholining katta qismi (moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo`lganlarning taxminan 8-10 foizi) bugungi kunda qurilish sohasida ishlamoqda. Aynan ular qurilishning asosiy fondlarini ham, aylanma fondlarini ham harakatga keltiradilar, xalq xo`jaligi va aholi uchun kerakli obyektlarni vujudga keltiradilar.
Bozor va bozor munosabatlari sharoitlari mehnat resurslarini mahorat bilan boshqarish va avvalo, kadrlarni makroiqtisodiy miqyosda ham, uning birlamchi bo`g`inlari - korxonalar, tashkilotlar va boshqa xo`jalik subyektlar miqyosida ham kadrlarni to`g`ri tanlab, to`g`ri joylashtirish ham muhim ahamiyatga egadir.
Bugungi kundagi kadrlar ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasini yaxshi tushunish bilan birga, iqtisodiyot va iqtisodiy rivojlanish qonunlarini, biznes-strategiyalarni, ilmiy menejment asoslarini, xo`jalik yuritishning huquqiy masalalarini bilishlari, ishlab chiqarishda yuzaga keladigan vazifalarni tezkor yecha olishlari kerak.
Islohotlardan avvalgi davrda kadrlar bilan ishlashning tahlili unda quyidagicha salbiy jihatlar bo`lganligini ko`rsatmoqda:
- kasbga yo`naltirishning, kadrlarni ya`ni ishchilarni va rahbarlarni (menejerlarni) tanlash va joylashtirishning rasmiyligi;
- ayrim ishlovchilarning shaxsiy sifatlariga, ularning mehnat natijalariga ortiqcha baho berish yoki yetarli baholamaslik;
- ishlovchining o`z ish lavozimiga mos emasligi yoki ishga qabul qilishdagi proteksionizm;
- mehnat natijalari uchun javobgarlikning susayishi;
- o`z-o`zini tanqid va o`z-o`zidan norozilikni bilmaslik;
- mehnatga haq to`lashda tenglashtirish, mahorat va tashabbuskorlikka, mustaqillikka yetarli e`tibor bermaslik.
Bugungi kunda qurilishdagi kadrlar siyosati boshqa tarmoqlardagi bilan deyarli bir xil bo`lib, avvalo bozor talablari va bozor munosabatlariga, qarorlar qabul qilishda mustaqillikka asoslangandir. Bunda asosiy e`tibor inson omilining kuchaytirilishiga qaratiladi, chunki iqtisodiy taraqqiyotning taqdirini zavod va fabrikalar, mashinalar, asbob-uskunalar yoki ishlab chiqarish zaxiralari emas, balki avvalo insonlar, ishchilar hal qiladi. Korxona yoki tashkilotning faoliyatini samarali yoki samarasiz qiluvchilar ham aynan ishchilar, mehnat jamoasidir. Shu munosabat bilan inson omilining qurilishning samaradorligini oshirishga inson omilining ta`sir ko`rsatishidagi asosiy jihat quyidagilardan tashkil topgan:
kadrlarni tanlash va ilgari surish;
kadrlarni tayyorlash va ularni uzluksiz o`qitish;
kadrlar tarkibining barqarorligi va ixchamligi;
ishchilar mehnatini moddiy va ma`naviy baholashni takomillashtirish.
Bu vazifalarni hal qilishda qurilish tashkilotlari (firmalari) boshqa korxonalar kabi keng faoliyat miqyosiga egadirlar. Ammo bu yerdagi umumiy qoida shundayki, ishlab chiqarishga ma`lumoti va kasbiy mahorati bilan ajralib turadigan kishilar kerak. Bugungi kunda, talab va taklif ko`pincha bir-biriga qarama-qarshi turgan, endi shakllanib kelayotgan mehnat bozorida aynan ana shunday kishilarga bo`lgan talab kuchlidir.
Qurilishda mehnat resurslarini boshqarish tizimi hozirgi kunda o`zaro bog`liq bo`lgan uch blokni o`z ichiga oladi:
1) korxonaning mehnat resurslarini shakllantirish;
2) korxonaning mehnat resurslarini rivojlantirish;
3) hayotning mehnat davrining sifatini oshirish.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin