9-mavzu. Raqobat va narxning shakllanishi


-chizma  Tovardagi ikki xil xususiyatni ifodalovchi narxlarning mahsulot hajmini



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/21
tarix28.11.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#168425
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
9.3-chizma 
Tovardagi ikki xil xususiyatni ifodalovchi narxlarning mahsulot hajmini 
hisoblashda qo‘llanishi 
Narxning mazmunini to‘laroq tushunishda, uning darajasiga ta’sir etuvchi 
omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari –bo‘lib qiymat yoki 
Ijtimoiy 
nafliligi 
O’zgarmas yoki 
qiyosiy narxlarda 
Real mahsulot, 
yaratilgan tovar va 
xizmatlar summasi 
Yaratilgan 
tovar va 
xizmatlar 
Yaratilgan tovar va 
xizmatlar qiymatini 
hisoblash 
Tovar va xizmatlarning 
puldagi ifodasi 
Ijtimoiy
qiymati 
Joriy, ya’ni 
o‘zgaruvchi narxlarda 
Nominal mahsulot, 
ya’ni tovar va 
xizmatlarning joriy 
narxdagi qiymati
Narx – real bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida tovar 
va xizmatlarning 
ijtimoiy qiymati 
va ijtimoiy 
nafliligining 
puldagi ifodasidir. 


Raqobat va narxning shakllanishi 
 
 
160 
ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif 
nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar 
ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo‘lib xizmat qiladi 
(9.4-chizma).
9.4-chizma 
Narxga ta’sir qiluvchi omillar 
Boshqa omillar esa narxning ijtimoiy qiymat bilan ijtimoiy naflilik miqdori atrofida 
goh birinchisining, goh ikkinchisining foydasiga tebranishiga sabab bo‘ladi. Masalan, 
talab va taklif nisbatini olaylik. Agar tovarlarning ayrim turiga talab taklifga nisbatan 
baland bo‘lsa, ijtimoiy qiymat o‘zgarmagan holda narxning darajasi nisbatan yuqori 
bo‘ladi, yoki aksincha taklif talabga nisbatan ko‘proq bo‘lsa, ijtimoiy qiymat 
o‘zgarmagan holda narxning darajasi unga nisbatan past bo‘ladi. 
Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha chop etilayotgan ko‘plab darslik va 
o‘quv qo‘llanmalarda narx darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar qatorida pulning 
qadr-qimmati e’tibordan chetda qolmoqda. Holbuki, pulning qadr-qimmatining 
o‘zgarishi ham narx darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu, ayniqsa, milliy valyutani 
chet el valyutalariga ayirboshlash nisbatining o‘zgarishi orqali yaqqolroq namoyon 
bo‘ladi. Masalan, 1 AQSh dollari 1300 so‘mga teng bo‘lgan chog‘da 10 dollar 
turuvchi qandaydir tovarning narxi 13000 so‘m bo‘ladi. Agar so‘mning qadri oshib, 1 
dollar 1000 so‘mga tenglashsa, u holda shu tovarning narxi 10000 so‘m bo‘ladi. Narx 
darajasiga boshqa omillarning ta’siriga alohida to‘xtalmasa ham bo‘ladi. Chunki 
soliq miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, narx darajasi shuncha yuqori bo‘lishi hammaga 
ayondir. Narxning iqtisodiy mazmuni uning vazifalari ko‘rib chiqilganda yanada 
yaqqol namoyon bo‘ladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin