9-mavzu. Raqobat va narxning shakllanishi


yillar bilan taqqoslanadi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/21
tarix28.11.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#168425
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
yillar bilan taqqoslanadi.
 Yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va 
shu kabi ko‘rsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Chunki joriy 
narxlar inflyasiya tufayli o‘zgarishi va real iqtisodiy natijani ko‘rsatmasligi 
mumkin.
7
 
3.
Tartibga solish vazifasi.
Bozor holati (kon’yunkturasi) talab va taklif hamda 
ularning nisbatiga bog‘liq. Talabning ortishi muayyan tovarni ishlab chiqarishni 
kengaytirishni, askincha holatda esa tovar ortiqchaligini, uni ishlab chiqarishni 
qisqartirish zarurligini bildiradi. Narx tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga 
ularning daromadlari orqali ta’sir ko‘rsatadi. Muayyan ishlab chiqarish xarajatlari 
saqlangan holda narx yuqori bo‘lsa, foyda miqdori ortadi, narx tushsa, foyda 
kamayadi va hatto ishlab chiqaruvchilar zarar ko‘rishi ham mumkin. Bu ishlab 
chiqaruvchilar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Narx oshsa, ishlab chiqarish kengayadi. 
Boshqa kapitallar ham foyda yuqori bo‘lgan soha va tarmoqlarga oqib kela 
boshlaydi. Xullas, narx ishlab chiqarishni tartibga solib, uni o‘zgartirib turadi va 
rivojini ta’minlaydi.
4.
Raqobat vositasi vazifasi.
Narx raqobat kurashining eng muhim vositasi 
hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘z raqiblarini engish uchun narxni pasaytirish 
usulidan foydalanishlari mumkin. Demak, narxni o‘zgartirib turish usuli raqobatda 
keng qo‘llaniladi. 
5.
Ijtimoiy himoya vazifasi.
Narx aholining kam daromad oluvchi ayrim 
qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Narxning bu vazifasi 
tovar (xizmat)lar ijtimoiy dotatsiyalangan narxlar bo‘yicha sotilganda bajariladi. 
Bunda ular davlat byudjeti va turli xayriya mablag‘lari hisobiga moliyaviy 
ta’minlanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichida ijtimoiy himoya vazifasini o‘tovchi 
narxlar, aholining keng qatlamlarini hayotiy zarur iste’molchilik tovarlari bilan 
minimal darajada ta’minlash maqsadida ham qo‘llaniladi. Masalan, bizning 
respublikamizda 1991 yildan 1995 yilgacha un va un mahsulotlari, qand-shakar, 
go‘sht, o‘simlik moyi, choy, sovun kabi mahsulotlar dotatsiyalangan narxlarda
cheklangan miqdorda sotildi. Ularning dotatsiyalangan va haqiqiy narxlari 
o‘rtasidagi farq byudjet mablag‘lari hisobiga qoplab borildi. SHunday qilib, narx 
7
Campbell R. McConnell, Stanley L. BrueEconomics 


Raqobat va narxning shakllanishi 
 
 
162 
bozor munosabatlarining vositasi sifatida bir-biri bilan uzviy bog‘langan muhim 
vazifalarni bajaradi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin