Raqobat va narxning shakllanishi
164
Bozor ko‘lami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro
narxlar mavjud bo‘ladi.
Hududiy narx faqat ma’lum hududiy bozorga xos
bo‘lib, u shu hudud doirasidagi omillar ta’sirida hosil bo‘ladi. Milliy bozor
narxibir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks
ettiruvchi narxdir.
Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf-xarajatlarni,
milliy bozordagi talab va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini
hisobga oladi.
Jahon bozori narxi muayyan tovarni ishlab chiqarishga
sarflangan baynalminal xarajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos
kelish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.
Narxning xilma-xil turlari mavjud bo‘lsada, ular bir-biri bilan o‘zaro
bog‘langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi
o‘z ifodasini topadi.
Iqtisodiyot nazariyasida narx nisbati degan tushuncha
bor, u narx pariteti deb ham yuritiladi.
Iqtisodiyotva undagi jarayonlar bir-
biriga bog‘liq bo‘lganidan narxlar bir-birini yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi
metall narxiga, metall narxi mashina narxiga, mashina narxi kiyim narxi tarkibiga
kiradi, chunki bu narxlarning har biri o‘zidan keyingi mahsulot xarajatlarini
shakllantiradi. Bozorga shunday o‘ziga xos tovarlar chiqadiki, ular ko‘pchilik
sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurslar hisoblanadi. Bular metall,
neft, ko‘mir, gaz, yog‘och, bug‘doy, paxta kabi tovarlar bo‘lib, ular narxining
o‘zgarishi butun narxlar nisbatini o‘zgartiradi.
Dostları ilə paylaş: