9-mavzu. Raqobat va narxning shakllanishi


O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/21
tarix28.11.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#168425
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
 

O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi 
Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo 
qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi 
mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda 
raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. Bozor munosabatlari rivojlangan 
mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o‘z-o‘zidan, evolyusion 
yo‘l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan. 
Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat 
cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham 
qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi 
siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni 
iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu 
siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda 
qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan 
mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog‘lom raqobatga shart-
sharoit hozirlash, iqtisodiy sub’ektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni 
raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan 
chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. Zero, Birinchi Prezidentimiz 
ta’kidlaganidek, bugungi kunda «... kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni 
yanada chuqurlashtirishni ob’ektiv shart qilib qo‘ymoqda. Bu borada ham juda 
4-savol ► 


Raqobat va narxning shakllanishi 
 
 
165 
ko‘p echilmagan muammolar bor. Ya’ni, eski ma’muriy-taqsimot tizimi 
qoliplaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada 
cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta’minlash, 
iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to‘laqonli bozor infratuzilmasini 
shakllantirish yo‘lidagi mavjud g‘ov-to‘siqlarni bartaraf etishimiz zarur»
8

Bugungi kunda O‘zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar
kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo‘lib, ular ko‘pincha 
tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo‘ladilar. Mahsulot va 
xomashyolarning alohida turlarini limit va fond ko‘rinishida taqsimlashning 
eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya
sertifikatlar berish, kelishish kabi mavjud ma’muriy to‘siqlar monopolistik 
tendensiyalarga ko‘proq imkon yaratadi. Ushbu muammolarga mamlakatimiz 
Birinchi Prezidenti I.Karimov o‘zining 2007 yil yakunlariga bag‘ishlangan 
Vazirlar Mahkamasidagi yig‘ilishda so‘zlagan ma’ruzasida yana bir bor e’tibor 
qaratib, quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi: «Ma’lumki, iqtisodiyot rivojining bugungi 
bosqichida monopolizm ko‘rinishlariga qarshi kurash va amalda raqobat muhitini 
shakllantirish masalalari g‘oyat muhim ahamiyatga ega. …Shu bilan birga, ayrim 
tarmoqlarda iqtisodiyotning monopollashuvi asossiz ravishda yuqori darajada 
saqlanib qolayotgani ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga, mahsulot sifati va 
raqobatbardoshligining ortishiga, narxlarning pasayishiga hamon to‘sqinlik 
qilmoqda. Jumladan, shular qatorida sement, shifer, polietilen, engil va yog‘-moy 
sanoati mahsulotlari va boshqa bir qator tovarlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish 
imkoniyati nisbatan cheklangan holda saqlanib qolmoqda. Bu esa ana shu 
mahsulotlarga kon’yunktura talablari oshib ketgan paytda monopolist korxonalarga 
o‘z mahsulotining narxini asossiz ravishda oshirish uchun qo‘l kelmoqda»
9

Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun 
quyidagilar bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi: 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin