9-mavzu. Raqobat va narxning shakllanishi


tomonidan yuqori va quyi chegaralari belgilanib, shu doirada o‘zgarishi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/21
tarix28.11.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#168425
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
tomonidan yuqori va quyi chegaralari belgilanib, shu doirada o‘zgarishi 
mumkin bo‘lgan narx.
Bunday narx yordamida davlat inflyasiyani jilovlaydi, 
narx darajasini nazorat qiladi. 
Dotatsiyalangan narx– davlat byudjeti hisobidan 
maxsus arzonlashtirilgan narx. 
Bunday narxdan kam daromadli oilalar, beva-
bechoralar, ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur ne’matlar bilan eng kam darajada 
ta’minlab turishda foydalaniladi. 
Demping narx – bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini 
bozordan siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus 
narx.
U «bozorga kirib olish narxi» deb ham ataladi.Demping narxda rasmiy 
narxning bir qismidan kechib yuboriladi. 
Nufuzli narx – sotish hajmini o‘zgartirmasdan, yuqori foyda olishga 
erishish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx.
Bu narxni qo‘llash 
uchun bozorda raqobat cheklangan bo‘lib, monopol vaziyat mavjud bo‘lishi zarur. 
Mazkur vaziyatda talab narxga bog‘liq bo‘lmaydi, 
shu sababli narxning ko‘tarilishi tovar sotilishini 
keskin kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining 
yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan 
nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli narxlarda 
sotiladi. Rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromad 
oluvchi aholi qatlami uchun dala hovliga ega bo‘lish, 
mashhur kurortlarda dam olish, so‘nggi nusxadagi 
kiyimlar kiyish, yangi modeldagi avtomashinada 
yurish – martabali yoki obro‘talab iste’mol 
hisoblanadi. Martabali iste’mol nufuzli narxlarni yuzaga keltiradi. Ular odatdagi 
narxlardan ancha yuqori bo‘ladi. Nufuzli narxlarni qo‘llashda tovarlarni ishlab 
chiqarish xarajatlari va rentabellik darajasi, bozordagi talab, uning o‘zgarishi va 
bozordagi raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. Shunga qarab, 
ma’lum 
davrgacha o‘zgarmaydigan qat’iy (standart) narx va o‘zgaruvchan narx 
qo‘llaniladi.
Shunday tovarlar borki, iste’molchilar ularning narxi o‘zgarmasligini 
afzal ko‘radi. Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati tariflari shunday 
narxlar jumlasiga kiradi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin