Raqobat va narxning shakllanishi
159
tomonidan kiritilgan shartli o‘lchami –
yutil
(inglizcha utility – naflilik) ham turli
tovarlar nafliligi hisobini olib borishga qodir emas.
Bu erda shuni yana bir bor ta’kidlash joizki, narxda alohida olingan ishlab
chiqaruvchilarning individual sarflari emas yoki alohida olingan
individual shaxslarning psixologik
jihatdan naflilikka bergan
bahosi ham emas, balki jamiyat tomonidan tan olingan ijtimoiy
sarflar va jamiyat uchun zarur bo‘lgan miqdorda va sifatda
yaratilgan va tan olingan ijtimoiy naflilik (iste’mol qiymat) o‘z
ifodasini topadi. Tovarlar va xizmatlar
uchun qilingan ijtimoiy
sarflarning asosli ravishda o‘sishi yoki tovar va xizmatdagi sifat
ko‘rsatkichlarining o‘sishi ushbu tovar narxining oshishiga olib
keladi.
Masalan, avtomobil dvigatelida ot kuchining oshishi, saloni, boshqaruv tizimi va
tezligida bo‘lgan o‘zgarishlar uning narxi oshishiga sabab bo‘ladi.
Chunki shu
o‘zgarishlar bilan bir vaqtda unga sarflangan xarajatlar ham oshgan bo‘ladi.
Bunday ikki tomonlama o‘zgarishlar natijasida narxlarning o‘zgarishi hamma
tovarlar va xizmatlarga xosdir. Narx tovar va xizmatlardagi
ikki xususiyatning
puldagi ifodasi sifatida, ularning o‘zgarishi natijasida o‘zgaradi.
SHuning uchun
real hayotda turli tovarlar va xizmatlardagi ikki xil xususiyat o‘zgarishlari ularning
hajmini hisoblashda ikki xil narxda hisobga olinadi (9.3-chizma).
Dostları ilə paylaş: