9-mavzu: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. Sharq Uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar rivoji. Reja



Yüklə 187,49 Kb.
səhifə11/14
tarix25.12.2023
ölçüsü187,49 Kb.
#195893
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
9-mavzu Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlani-fayllar.org

Toli’ yo’q jonimg’a balolig’ bo’ldi, 
Har ishniki ayladim xatolig’ bo’ldi. 
O’z erni qo’yib Hind sori yuzlandim, 
Yo rab netayin, ne yuz qarolig’ bo’ldi. 
deb nadomadlar chekkan. Bоbur хаyotiy esdаliklаr yozish mаktаbini «Bоburnоmа»



аsаri оrkаli bоshlаb bеrdi.


«Muхtаsаr», «Mubаyyin», «Vоlidiya», «Хаtti Bоburiy» kаbi аsаrlаridа
tа’lim-tаrbiya mаsаlаlаrigа аlоhidа e’tibоr qаrаtgаn.
Uning ijоdigа mаnsub bo’lgаn «Хаtti Bоburiy» uzоq yillаr dаvоmidа
mаktаblаrdа, mаdrаsаlаrdа sаvоd o’rgаtish kitоbi sifаtidа fоydаlаnilgаn.
Bоbur nаfаqаt buyuk dаvlаt аrbоbi, mоhir sаrkаrdа, shоir, bаstаkоr, аyni
pаytdа mаshhur tаriхchi оlim hаmdir. Bu bоrаdа uning nоmini аbаdiylikkа
muhrlаgаn аsаr - “Bоburnоmа”dir. Boburning she’rlari original ijod samarasi
sifatida ko’p avlodlarga manzur bo’lib kelgan, ota-bobolarimiz serqirra faoliyatidagi
ijobiy jihatlari uchun Boburni e’zozlaganlar, biz ham uni va uning ma’naviy
merosini xususan yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga molik bo’lgan axloqiy,
ma’rifiy va pedagogik g’oyalarni qadrlaymiz.
O’zbek xalqining ulug’ shoiri va dunyo adabiyotining klassiklaridan biri Alisher
Navoiydir. U 1441 yil 9 fevralda Hirotda tug’ildi. Uning oilasi va qarindosh urug’lari
temuriylar saroyiga yaqinlashtirilgan xizmatchi aristokratiyadan edi. Uning otasi
G’iyosiddin kichkina Abulqosim Bobirning saroy xizmatchilaridan bo’lib, keyin
sabzavorda hokim bo’lgan.
Alisher oilasi va Husayn Boyqarolar oilasi bir-birlari bilan yaqin
edilar.Alisherning o’qishga havasi erta boshlandi. U maktabga Husayn Boyqaro
bilan birga o’qidi. Ular orasidagi do’stlik mana shu maktabdan boshlangan.Alisher
o’quvchilik yillarida fors adibi Shayx Sa’diyning «Guliston va Bo’ston», eron shoiri
Fariddin Attorning «Mantiqut-tayr» asarlarini zavq bilan o’qigan.Alisher otasining
yordami bilan jiddiy o’qishga berildi, adabiyot va san’atni sevdi. O’zbek, Eron va
arab adabiyoti bilan tanishdi.Alisher 1456 yil Hirotdan Mashhatga keldi va Husayn
Boyqaro bilan Xuroson podshosi Abulqosim Bobir xizmatiga kirdi.1472 yil fevral
oyida Navoiy Husayn Boyqaroning rasmiy vaziri qilib belgilandi.Zamonasining
katta olimi, shoiri A. Jomiy, shoir Said Hasan Ardasherlar Navoiyning yaqin do’sti
va maslahatdoshlari edilar.Navoiy xalqning hayotini bilar, uni sevar va xalq
ma’rifati ustida doim o’ylar edi. Alisher o’zining butun faoliyatini xalq manfaati
ustida doim o’ylar edi. Alisher o’zining butun faoliyatini xalq manfaati uchun
muhim bo’lgan ishlarga bag’ishlashni istar edi.
Alisher va uning atrofidagi taraqqiyparvar kishilar xalqni izmiga,
mansabdorlarning o’zboshimchalikdagi, davlat daromadlarini o’z foydasiga
ishlatishga qarshi kurashdi.
Navoiy 1488 «Sirojul-muslimin», «Majolisun-Nafois» asarda 413 shoir va
yozuvchilar haqida Navoiy ma’lumot beradi. 1490 yilda «Risolai Mufraft dar fani
muammo» 1492 «Mezonul-avzon (vazn mezoni) 1492-94 yillarda «hamsatul-
mutayyirin» («Besh hayrat») 1494 «holati pahlavon Muhammad» 1496 «Nasoimul-
Muhabbat» («Sevgi shabadalari»). Bu asar darveshlar to’g’risida yozilgan.
Navoiy 1498-99 yillarda «Lison ut-tayr» («Qush tili») nomli doston yozadi. Bu
asar Navoiyning bolalikda sevib o’qigan «Mantiqut-tayr» ga o’xshamaydi.
1499 yilda yozgan «Muhokamatul lug’atayn» asarida turkiy til-o’zbek bilining
boyligi va bu tilda ilmiy, badiiy asarlar yaratish uchun to’la imkoniyat borligini isbot
qiladi. 1500 yilda yozilgan asar «Mahbub ul-qulub» («Ko’ngillarning sevganidir»)
dir.



Navoiy 1501 yil 3 yanvar yakshanba kuni tong vaqtida vafot qildi.


Navoiy-o’zbek adabiy tilining asos soluvchisi, o’zbek adabiyotining eng buyuk
klassigi, zamonasining entsiklopediyachi olimi, lingvist, adabiyotshunos,
muarrixidir. Uning adabiy merosi juda boy ko’p qirralidir.
Navoiy o’z asarlarida, o’zbek tilining dunyodagi eng boy va go’zal adabiy va
fanniy tillardan ekanini ko’rsatgan, bu tilda mislsiz badiiy va ilmiy asarlar yaratgan
genial yozuvchi va mutafakkir sifatida maydonga chiqadi. O’zbek madaniyati va
tarixida yangi bir davr ochadi. Navoiyning genial asarlari orqali bu til dunyoning
eng boy va go’zal poetik tillari qatoridan o’rin oldi.

Yüklə 187,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin