9-Mavzu. Taqrizning turlari



Yüklə 92,54 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü92,54 Kb.
#206920
1   2   3   4   5
9- mavzu Taqriz turlari

-



?































“V”- men bilgan ma’lumotlarga mos;


“-“ - men bilgan ma’lumotlarga zid;
“+” - men uchun yangi ma’lumot;
“?” - men uchun tushunarsiz yoki ma’lumotni aniqlash, to‘ldirish talab etiladi
Edison Tomas Alva
Tomas Alva Edison bolalikdan kitob o‘qishga juda qiziqardi. Ayniqsa, kimyo va fizikaga oid kitoblarni sevardi.
Ilmiy jurnallardan birining muharriri xonasiga baland bo‘yli kishi kirib, yozuv stoli ustiga mo‘jazgina apparatni qo‘ydi:
— Janob, yangi ixtiro bilan tanishishni istaysizmi?
Ixtirochi shunday deb apparatning dastasini aylantira boshlagan edi, apparatdan yoqimli bolalar qo‘shig‘i eshitila boshladi. Muharrir hayratdan orqaga tisarildi. Bu ixtirochi – Tomas Edison edi. Ertasi kuni gazetalar «Menloparklik sehrgar» ning yangi g‘alati ixtirosi haqida xabar qildi. Ixtirochining Nyu-York (AQSh) yaqinidagi — Menloparkdagi laboratoriyasiga odamlar to‘da-to‘da bo‘lib kela boshladi. Tovushni yozib olish va uni qayta eshittirish uchun Edison ixtiro etgan apparat yaratilgan davrda insonning ovozini yozib olib, qayta eshittirish hali hech kimning hayoliga ham kelmagan edi. Bu apparat barcha grammofonlar, patefonlarning ajdodi, magnitofon va ovozli kinoning «bobosi» edi. Tovushni yozib olish hayotga ana shu yo‘sinda kirib keldi. Bu voqea 1877 yilda sodir bo‘lgan edi.
Tomas Alva Edison bolalikdan kitob o‘qishga juda qiziqardi. Ayniqsa, kimyo va fizikaga oid kitoblarni sevardi. U kitoblarni shunchaki o‘qib qo‘ya qolmas, balki kitobdan olgan bilimlarini tajribada tekshirib ko‘rishga harakat qilardi. Tajriba o‘tkazish uchun mablag‘ kerak edi, shu boisdan yosh Edison poyezdlarda gazeta sotuvchi bo‘lib ishladi. Poyezdning bagaj vagonida laboratoriya jihozlab, u yerda tajribalar o‘tkazdi.
Keyinchalik Edison telegraf ishini o‘rganib, telegrafchi bo‘lib oldi. Yigitcha bo‘sh vaqtini va pulini, asosan kitob, asbob-uskunalar, kimyo preparatlari uchun sarfladi. Tez orada Edison AQSh Kongressidagi ovozlarning avtomatik hisoblagichini ixtiro etdi. Bu aqlli va murakkab mashina hech kimni qiziqtirmadi. Ikkinchi ixtiro muvaffaqiyatliroq bo‘lib chiqdi. Bu birjadagi aksiyalar kursini uzoqqa uzatishga mo‘ljallangan telegraf apparati edi. Edison bu apparat uchun katta pul oldi. Tez orada u Menloparkdan yer sotib olib, u yerda laboratoriya tashkil etdi va o‘zini butunlay ixtirochilikka bag‘ishladi.
Edison rus ixtirochisi A.N.Lodiginning cho‘g‘lanma lampasini takomillashtirdi, unga patron o‘ylab topdi, yoqib-o‘chirgichni, elektr energiya hisoblagichni, o‘tkazgichlar tizimini yaratdi. Ajoyib ixtirochi elektr stansiyalar uchun o‘sha davrning eng kuchli generatorlarini yasadi.
Edison telegrafni ham takomillashtirdi. U bir juft sim orqali bir yo‘la ikkita yoki hatto to‘rtta telegramma yuborish usulini ixtiro qildi. Edison telefonni ham takomillashtirib, gaplashish chog‘ida ovozning baland, aniq va tiniq bo‘lishiga erishdi. Edison qamrovi keng ixtirochi edi. U dunyoda birinchi elektr temir yo‘lni qurdi, ishqorli akkumulyatorni ixtiro qildi, temir rudalarini boyitish usulini ishlab chiqdi.
Edison1882 yili dunyoda birinchi marta ko‘pchilik foydalanadigan elektr stansiyasini ishga tushirdi. Shu davrda Tomas Edison temir yo‘llarni elektrlashtirish tajribalarini oxiriga yetkazdi.
Edison AQSH va Yevropada o‘zi tomonidan qurilgan elektr stansiyalarini ishlatish, turli elektr asboblari, apparatlar va mashinalarni ishlab chiqarish va sotish, cho‘g‘lanma lampa tayyorlash va sotish bo‘yicha ulkan savdo operatsiyalarini amalga oshirdi. 1887 yildan umrining oxirigacha Edison Uest-Oranj shahrida yashadi. Bu paytda u yirik korxonalar egasi edi.Edison temir yo‘l tormozi hamda kinetoskopni ixtiro etdi (1887), fonografni (1889) hamda kinoga olish kamerasini takomillashtirdi, quyma beton uylarni qurish, sement ishlab chiqarish usullarini ishlab chiqdi.
Tomas Edison jahonga Amerikaning buyuk elektrotexnigi, ixtirochisi, shuningdek bir qancha yirik elektrotexnika korxonalari va kompaniyalari asoschisi sifatida tanildi. Endi uning asarlari butun insoniyat mulkiga aylangan.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing.
2. Matn mazmunini kengaytirib so‘zlab bering.
3. Tomas Edison haqida ma’lumot tayyorlang.



Yüklə 92,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin