9-mavzu. Texnologiyaning globallashuvi va uning jahon bozoriga ta’siri


Tovarning beshta hayotiylik sikli farqlanadi



Yüklə 169,67 Kb.
səhifə2/8
tarix21.10.2023
ölçüsü169,67 Kb.
#158992
1   2   3   4   5   6   7   8
Глобал иктисод

Tovarning beshta hayotiylik sikli farqlanadi

  • I bosqich — yangi mahsulot ishlab chiqarish bosqichi, deb nomlanadi. Yangi mahsulot o‘zi ishlab chiqarilgan mamlakatdagina ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi. Odatda, ishlab chiqarish unchalik katta bo‘lmagan hajmda amalga oshiriladi va ichki bozordagina sotiladi. Tovar sifati ishlab chiqaruvchi tomonidan bozor talabiga javob beradigan darajaga yetkaziladi.
  • II bosqich — mahsulotning o ‘sish bosqichi deyiladi. Tovar mukammallashtiriladi, ichki bozorda unga bo‘lgan talab ortadi va uni chetga eksport qilish boshlanadi. Jahon bozorida xorijiy raqobatchi hali yo‘q va mamlakat ushbu tovarni ishlab chiqarishdava sotishda vaqtincha monopol mavqega ega bo‘ladi.
  • III bosqich — tovarning yetuklik bosqichi deyiladi. Tovar texnologiyasi shu darajada ishlatilganki, uni keyinchalik faqat ixtiro qilingan mamlakatdagina ishlab chiqarish noo'rin hisoblanadi. Standartlashgan ishlab chiqarishning bir qismini ishchi kuchi arzon boigan mamlakatlarga ko‘chirish samaraliroq hisoblanadi. Boshqa mamlakatlar ushbu mahsulotni, kashfiyot egasidan olingan litsenziya asosida, o ‘zining ichki bozori uchun ishlab chiqara boshlaydi.
  • IV bosqich - tovar ishlab chiqarishning pasayishi, deb nomlanadi. Ishchi kuchi qiymati arzon boigan imitator (yangi texnologiyani o‘zlashtiruvchi) mamlakat tovami ichki bozoriga ishlab chiqarish bilan birgalikda uni ixtiro egasi boigan mamlakatga mahalliy ishlab chiqamvchilarini siqib chiqqan holda sotadi. Ixtiro egasi boigan mamlakatda ichki ishlab chiqarish hajmi jadal sur’atlarda pasayadi va eksport jarayoni to‘xtatiladi.
  • V bosqich - tovarning ichki ishlab chiqarilishining butunlay to ‘xtash bosqichi. Ushbu bosqichda yangi texnologiyani o‘zlashtiruvchi mamlakatlar ixtiro egasi boigan mamlakatlarni mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha quvib o‘tadi, natijada ixtiro egasi hisoblangan mamlakat yangi tcxnologiya litsenziyasini sotib, mahsulot ichki ishlab chiqarishini butunlay to‘xtatib, ichki bozorni ushbu mahsulotga boigan talabini xorijdan import qilish hisobiga toidirishga majbur bo’ladi.

Yüklə 169,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin