Texnologiyani sotish jarayonida litsenziar yuqori foyda olish huquqini muayyan haq olish evaziga sotgan bo'ladi. Foydaning mazkur ulushi litsenzion mukofot bo'lib, uning quyidagi turlari mavjud
Texnologiyani sotish jarayonida litsenziar yuqori foyda olish huquqini muayyan haq olish evaziga sotgan bo'ladi. Foydaning mazkur ulushi litsenzion mukofot bo'lib, uning quyidagi turlari mavjud:
Royalti — shartnomaning amal qilish muddati davrida xaridor daromadidan litsenziyadan foydalanishda oladigan foydasi hajmidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladigan ajratmalar. Ko'pchilik hollarda royatli litsenziat tomonidan kelishilgan vaqt mobaynida (har yili, kvartal, oy) qat’iy belgilangan foiz stavkasi ko‘rinishida amalga oshiriladi. Royalti stavkalari asosan 3—5 %ni tashkil etadi.
Paushal tolo’v— shartnomada qayd etilgan bir marta toianadigan toiov boiib, litsenziyadan foydalanish vaqti bilan bogiiq bo’lmay, ekspert baholash asosida oldindan belgilanadi. Bu turdagi toiovlar asosan kompleks asbob-uskunalar yetkazilib berilganda va texnologiya qiymati asbob-uskunalar qiymatiga kiritilganda, litsenziat texnologiyadan foydalanish ustidan nazoratdan chiqib ketishni xohlagan vaqtda, muttasil amalga oshiriladigan toiovlam ing xorijga o‘tkazilishi xavfi tug‘ilganda amalga oshiriladi.
Foydada qatnashish— litsenziya predmetidan foydalanish evaziga olingan litsenziat foydasining bir qismini litsenziarga ajratish. Ko‘pchilik hollarda litsenziaming litsenziat foydasida qatnashishi ulushi 30 %ni (istisnoli litsenziya berilganda) va 10 %ni (istisnosiz litsenziya berilganda) tashkil etadi.
Mulkda qatnashish— litsenziat tomonidan litsenziarga litsenziyadan foydalanganlik uchun o‘z korxonalari aksiyalarining bir qismini berishi. Bu to ‘lov turi TMKlar tomonidan ko‘p foydalaniladi. Chunki, ular o ‘z texnologiyalarini ishlatuvchi xorijiy korxonalar mulki ustidan nazorat o‘rnatishni xohlaydilar.
Yuqoridagilardan tashqari xalqaro texnologiyani uzatishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan shartnoma shakli — bu franchayzingdir. U inglizchadan ustunlik, deb tarjima qilinadi va kommersiya konsepsiyasi shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Franchayzingning quyidagi shakllari farqlanadi:
Ishlab chiqarish franchayzingi - muayyan mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasiga ega bo‘lgan firmaning mijoz firmaga mazkur mahsulotni muayyan hududda tayyorlash va sotish huquqini beradi.
Tovar franchayzingi— firmaning boshqa firmaga muayyan mintaqada yetakchi firmaning savdo markasidan foydalanish huquqini beradi.