9-mavzu. Vaqtli qatorlar



Yüklə 246,26 Kb.
səhifə1/10
tarix25.12.2023
ölçüsü246,26 Kb.
#194637
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
9-mavzu. Vaqtli qatorlar (1)


9-mavzu. Vaqtli qatorlar


9.1.Vaqtli qatorlar to’g’risida umumiy tushunchalar.
9.2. Multiplikativ va additiv modellarning tarkibiy tuzilishi.
9.3. Vaqtli qatorlarni tekislash usullari.
9.1.Vaqtli qatorlar to’g’risida umumiy tushunchalar

Matematik statistikaning asosiy masalalaridan biri – o’rganilayotgan hodisalarning makonda o’zgarish va rivojlanish jarayonini tadqiq qilishda vaqtli qatorlarni tuzish va tahlil qilish yo’li bilan hal etiladi.


Iqtisodiy hodisalarning makonda o’zgarishini ifodalayotgan sonlar ketma-ketligini kuzatish vaqtli qator deb ataladi.
Vaqtli qatorlar ko’rsatkichning barqaror o’zgarishlariga va xususiy tasodiflar o’zgarishiga ega bo’ladi. Vaqtli qatorlardagi xususiy tasodiflarni bartaraf etish va barqaror o’zgarishlarni aniqlash uchun ular u yoki bu usullar bilan taqqoslanadi. Taqqoslangan qatorlarni haqiqiy qatorlar bilan taqqoslash, ayrim korxonalarni, tarmoq va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ba’zi muhim xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Taqqoslangan va haqiqiy qiymat ko’rsatkichlarining farqi, taqqoslangan qatorlar joylashgan va kelajak rivojlanish ko’rsatkichlari qatorlari joylashishi mumkin bo’lgan chegaralarni aniqlash imkonini beradi.
Ko’pgina iqtisodiy tadqiqotlarda, ayniqsa vaqtli qatorlarni tahlil qilish jarayonida nihoyatda chegaralanib tanlash bo’yicha aniqliklarni qayta ishlashga to’g’ri keladi. Shunday sharoitda tajribalar guruhini ta’riflash uchun qilingan har qanday urinish, mutloq rasmiy va subyektiv bo’ladi. Shuning uchun ko’pchilik hollarda hodisaning qandaydir bir tomonini ehtimol ta’riflash imkoniyatini aniqlash qiyin. Iqtisodiy vaqtli qator farq qiluvchi xususiyatlarini quyidagicha ko’rsatish mumkin:
a) berilgan sharoitda kuzatilayotgan jarayonni qayta kuzatish mumkin emas;
b) odatda kuzatilayotgan qatorlar, kuzatilayotgan tanlama hajmiga ko’ra juda chegaralangan bo’ladi.
Shuning natijasi o’laroq o’rganilayotgan hodisalarga ehtimollar nazariyasi bilan yondashishda hodisalar modelini statistik eksperimentlarda xayolan tasavvur etish, shuningdek, ba’zi bir ehtimollikni cheklab qo’yish lozim. Xaqiqatdan ham statistik xulosalar baholashni tanlashga yoki ko’rib chiqilayotgan umumiy model doirasida oldindan o’rganilgan nazariy mezon xususiyatiga asoslangan bo’ladi.
Kelajakning vaqtli qatorlari ishonchlilik darajasiga ko’ra hisobli (yaqin 20-30 yil uchun ishonchli), umumiy tasavvurlarga ko’ra taxminiy (100 yilgacha) va xayoliyga (100 yildan ko’p) bo’linadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning vaqt davomida o’zgarishi dinamika deb, shu jarayonni ta’riflovchi ko’rsatkichlar qatori esa vaqtli qatorlari deb yuritiladi.
Hodisalarning vaqt davomida o’zgarishini ta’riflovchi statistik ko’rsatkichlar qatori vaqtli qator deb yuritiladi.


Yüklə 246,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin