Shamol orqali
|
Hashorotlar orqali
|
|
Odamlar orqali amalga oshadi
|
Belgilari
-gullari ko’rinimsiz
-rangsiz
-changlari yengil
-changdob guldan tashqariga chiqib turadi
|
Belgilari
-gullari rangli
-chiroyli
-nektarga boy
-hashorotlarni jalb qiladi
|
Belgilari
-changchi va urug’chi bir xil vaqtda yetiladi
-changchi urug’chidan yuqorida joylashadi
|
O’simliklni yangi navlarini va hosildorlikni oshirish uchun amalga oshiriladi
|
URUG’LANISH
Changchi va urug’chining jinsiy hujayralarini qo’shilish jarayoni urug’lanish deyiladi
Gulli o‘simliklarda jinsiy hujayralar changchining changdonida, urug‘chining urug‘kurtagida yetiladi. Chang xaltasidagi diploid mikrosporotsit hujayra meyoz yo‘li bilan bo‘linib, 4 ta mikrosporani hosil qiladi. So‘ng har bir mikrospora mitoz yo‘li bilan bo‘linib ikkita: yirik vegetativ va mayda generativ hujayralarga ega chang donasiga aylanadi. Generativ hujayra yana mitoz usulida ikkiga bo‘linib ikkita spermiyni hosil qiladi.
|
Urug‘li o‘simliklarda erkaklik gametalarning rivojlanishi.
1 – changchi;
2 – mikrosporotsit hujayra; 3 – mikrosporalar;
4 – chang donasi; 5 – vegetativ hujayra;
6 – generativ hujayra; 7 – spermiylar.
|
Tugunchaning urug‘kurtagidagi diploid to‘plamli megasporotsit hujayra meyoz bo‘linishdan so‘ng 3 ta mayda, 1 ta yirik hujayra – megasporani hosil qiladi. Mayda hujayralar tezda nobud bo‘ladi. Megaspora 3 marotaba mitoz yo‘li bilan bo‘linadi va sakkiz yadroli murtak xaltasini hosil qiladi. Murtak xaltaning bir qutbida uchta, ikkinchi qutbida ham uchta, markazida esa ikkita hujayraning o‘zaro qo‘shilishidan hosil bo‘lgan markaziy hujayra joylashadi. Murtak xaltasining mikropile tomonidagi uchta hujayrasining o‘rtadagi yirikrog‘i tuxum hujayra hisoblanadi.
|
1 – urug‘chi; 2 – megasporotsit hujayra; 3 – megaspora;
4-, 5-, 6 – mitoz bo‘linish; 7 – murtak xalta; 8 – tuxum hujayra; 9 – markaziy hujayra.
|
Changlanishdan so‘ng urug‘chi tumshuqchasiga tushgan chang asta-sekin o‘sa boshlaydi. Uning vegetativ hujayrasi o‘sib, uzun va ingichka naychachang yo‘lini hosil qiladi. Chang naychasi tez o‘sib, urug‘chi tugunchasi tomon o‘sib urug‘kurtakka yetib boradi. Hosil bo‘ lgan ikkita spermiy chang naychasi orqali urug‘kurtakdagi murtak xaltaga kiradi. Spermiylardan biri tuxum hujayra bilan, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo‘shiladi. Bu jarayon gulli o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish deb ataladi
Urug‘kurtakning urug‘langan hujayralari ko‘p marta bo‘lina boshlaydi. Urug‘langan tuxum hujayra – zigotadan murtak, urug‘langan markaziy hujayradan esa endosperm rivojlanadi. Murtak bilan endosperm birgalikda urug‘ni hosil qiladi.
Gulli o‘simliklardagi qo‘sh urug‘lanish hodisasini 1898- yilda akademik S.G.Navashin kashf etgan, endospermning triploid tabiatini esa uning o‘g‘li M.S.Navashin 1915- yilda ochgan.
GULLI OʻSIMLIKLARDA xromasoma nabori...
Mikrospora → n(gaploid)
Tuxum hujayra → n(gaploid)
Spermiy → n(gaploid)
Arxeospora → 2n(diploid)
Markaziy hujayra 2n(diploid)
Urugʻlangan markaziy hujayra yoki
Endosperm → 3n(triploid)
Birlamchi jinsiy hujayra → 2n
CHANG bilan URUGʻ soni teng.
— 1ta urug' hosil bo'lishi uchun chang donasidan 1 mikrospora qatnashadi.
— 1ta mikrospora 2 ta spermiy hosil qiladi.
— 2 ta spermiy 1 ta urug' hosil bo'lishida ishtirok etadi.
— Urugʻ hosil boʻlishida 1ta arxeospora qatnashadi
Dostları ilə paylaş: |