Hosildorlikni oshiradi va tez pishishiga yordam beradi
Poyada ozuqa maoddalarning harakati Organik moddalar- floemadagi elaksimon naylar orqali bargda hosil bo’lgan moddalar barcha organlarga boradi
Tajribada bilish uchun idishga shakarli suv quyib 2 ta bargli novdalar ( tol yoki terak) solib, birini yuqoriroq qismidan halqa shaklida kesib qo’yiladi oradan ma’lum vaqt o’tganidan so’ng halqa shaklida kesib qo’yilgan novdani yuqori qismidan ildiz hosil bo’ladi ikkinchi novdaning pasti qismidan ildiz hosil bo’ladi
Xulosa: bargda hosil bo’lgan moddalar halqa shaklida kesib olingan novdaning pastki qismiga o’ta olmaganlaigi uchun o’sha yeridan ildiz hosil bo’lgan
Mineral moddalarni –ksilemadagi o’tkazuvchi naylar orqali ildizdan o’simlikninyer ustki qismiga harakatlanadi.
Tajribada bilish uchun idishdagi rangli suvga bargli novdani solib 2-3 soatdan keyin uzunasiga kesilsa poyaning o’rta qismida rang hosil bo’lishini ko’rish mumkin
BARGLARDA ORGANIK MODDALARNING HOSIL BO‘LISHI O‘simliklarda quyosh nuri ta’sirida va xlorofill donachalari ishtirokida anorganik moddalardan organik moddalar hosil bo‘lishi va havoga kislorod ajralib chiqish jarayoni fotosintez deyiladi. Fotosintez –yunoncha so‘z bo‘lib, «fotos » – yorug‘lik va «sintez» – qo‘shish, birlashtirish degan ma’noni anglatadi. Rus olimi A. Timiryazev o‘zining «Quyosh, hayot va xlorofi ll» nomli kitobida fotosintez jarayonini asoslab bergan.
Fotosintez uchun o’simlikka
Suv va unda erigan tuzlar, quyosh nuri, karbonat angidirid, anorganik moddalar, yorug’lik, harorat
Fotosintezda hosil bo’ladi- erkin kislarod va oraganik moddalardan shakar
Barglarda oraganik moddalarni hosil bo’lishini kuzatish
Buning uchun bargning malum bir qismi quyosh nuri tushmaydigan qilib to’sib qo’yiladi va ma’lum vaqtdan so’ng bargni uzib olib spirtga solib rangsizlantiradi . So’ngra yodlisuvga solganimizdan so’ng to’sib qo’yilgan joy rangsizligicha qoladi qolgan joylarda organik modda hosil bo’lganligi uchun u yerda rang o’zgarish kuzatiladi.
Spirtga solishdan maqsad undagi xlorofilni yo’qotish