№
|
Olim nomi
|
Qilgan ishlari
|
1
|
Abu Rayhon Beruniy
|
“Saydana” asarini yozgan,bu asarda o’simlik va hayvonot olamidan hamda turli xil moddalardan tayyorlanadigan dorivor vositalar haqida ma’lumot bergan.
|
2
|
Abu Ali Ibn Sino
|
“Tib qonunlari” asarida ichki kasalliklar,jarrohlik,dorishunoslik,yuqimli kasalliklarga taalluqli bilimlar bayon etilgan.
|
3
|
Zahiriddin Muhammad Bobur
|
“Boburnoma”asarida o’simlik va hayvonlarning tuzilishi,hayot tarzi,ularning o’xshashligi va farqini bayon etgan.
|
4
|
Abu Nasr Forobiy
|
“Turli kasalliklar ovqatlanish tartibining buzilishidan kelib chiqadi”degan fikrni bildirgan.
|
5
|
Yolqin Xolmatovich To’raqulov
|
Qalqonsimon bez faoliyatini o’rgangan.U osh tuziga yod qo’shish orqali buqoq kasalligini oldini olish usulini ishlab chiqdi.
|
6
|
Jahongir Hakimovich Hamidov
|
Sitologiya sohasining rivojlanishiga hissa qo’shgan.
|
7
|
Jo’ra Azimboyevich Musayev
|
Dunyoda birinchi bo’lib g’o’za kolleksiyani yaratgan.
|
8
|
Muhsin Nabixonovich Valixonov
|
G’o’zaning fiziologiyasini o’rgangan.
|
9
|
Mashhura Egamovna Mavloniy
|
Mikrobiologiya sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo’shgan.o’rta Osiyoda ilk bor sanoat mikroorganizmlari kolleksiyasini yaratdi.
|
10
|
Jaloliddin Azimovich Azimov
|
Zoologiya sohasida hayvon parazitlarini o’rgangan.
|
11
|
To’raxon Uzoqovna Rahimova
|
O’zbekistondagi cho’l va adir o’simliklarining ekalogiyasini aniqlagan.
|
12
|
O’ktam Pratovich Pratov
|
Botanika rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan olim. Bu va boshqa taniqli o’zbek olimlari o’z fanlarining yetuk mutaxasislari bo’lish bilan birga,ko’plab shogirtlar yetishtirishgan,o’z sohalari bo’yicha ko’plab ilmiy maqollalar,kitoblar yozishgan.
|
13
|
Franchesko Redi
|
XVII asrda quyidagicha tajriba o’tkazgan:uchta shisha idish olib,ularga go’sht bo’laklarini joylaydi.Birinchi idishning og’zini ochiq,ikkinchi idishning og’zini zich berkitadi,uchinchi idishni doka bilan yopadi.Vaqt o’tishi bilan og’zi ochiq idishlardagi go’shda tuxum paydo bo’la boshlaydi va pashsha uchib chiqadi.og’zi yopiq idishda va doka tutilgan idishda esa bu jarayon kuzatilmaydi.
|
14
|
Lui Paster
|
Quyidagicha tajriba o’tkazadi:Ikkita idishda go’sht qaynatib,birinchi idish og’zini ochiq qoldiradi.Ikkinchi idishga “s” shaklidagi naycha uladi. Uch kundan so’ng birinchi idishdagi qaynatmaning aynib qolganligini,ikkinchi idishdagi qaynatmaning buzilmaganligi aniqladi.
|
15
|
Jozeff Pristli
|
1771-yilda quyidagicha tajriba o’tkazdi:Ikkita shisha idish ostiga bittadan sichqon qo’yib,ikkinchi shisha idishga tuvakdagi o’simlikni ham joylashtirdi.Ma’lum vaqt o’tgandan so’ng birinchi idish ostidagi sichqon nobud bo’ldi,ikkinchi idishdagisi esa tirik qoldi.
|
16
|
Abu Rayhon Beruniy
|
“kitob as-Saydana fit-tib”nomli asarida ko’pkina dorivor o’simliklarni tavsiflab, ularni shifobaxsh xususiyatlarini
ko’rsatib o’tganlar.
|
17
|
Abu Ali Ibn Sino
|
“Kitob al-qonun fit-tib” va “Kitob ush shifo” ”nomli asarida ko’pkina dorivor o’simliklarni tavsiflab, ularni
shifobaxsh xususiyatlarini ko’rsatib o’tganlar.
|
18
|
Zokirov Qodir Zokirovich,Muzaffar Ahror Muzaffarovich,Korovin Yevgeniy Petrovich,Venedskiy Aleksey
Ivanovich,Rusanov Fyodor Nikolayevich
|
O’zbekistonda “Botanika” fanining rivojoga hissa qo’shishgan.
|
19
|
Teofrast
|
O’simliklarning qishloq xo’jaligi va tibbiyotdagi amaliy ahamiyati haqidagi bilimlar va o’simlilar dunyosi haqidagi bilimlarni yig’ib bir tizimga keltirgan.
|
20
|
Robert Guk
|
1665-yilda hujayrani kashf etgan.
|
21
|
N.Gryu
|
“To’qima” tushinchasini birinchi bo’lib ”Osimlilar
anatomiyasi”nomli kitobida 1682-yilda kiritgan.
|
22
|
Jozef Arnold va Tomas Stafford Reflez
|
1818-yilda Sumatra orolidan dunyodagi eng katta diametri 1m keladigan qalinligi 5 sm li gulni topdilar.Gulning gultojbarglari,poyasi va bargining yo’qligi qiziquvchilarda qiziqish uyg’otdi,bu gul boshqa o’simlik po’stlog’i orasiga kirib olib,uning shirasi hisobiga yashashini ko’rishgan va bu gulga Refleziya Arnoldi deb nom qo’yishdi.
|
23
|
Karl Linney
|
Turni ikki nom bilan atashni birinchi bo’lib fanga kiritdi.
|
24
|
A.M Muzaffarov
|
O’rta Osiyo,xususan O’zbekiston suv havzalaridagi
suvo’tlarni o’rganib,ulardan xalq xo’jaligida foydalanish haqida ma’lumot bergan.
|