+99895 0023005 kirish biologiya tiriklik


-sinf zoologiya 2017-yilgi nash



Yüklə 27,49 Mb.
səhifə38/39
tarix16.10.2023
ölçüsü27,49 Mb.
#156282
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Botanika2

7-sinf zoologiya 2017-yilgi nashr

25

Arastu

Zoologiyaga oid eng qadimgi asarlarni eramizdan 4 asr oldin yozgan. Uning asarlarida 500 ga yaqin hayvon turiga tavsif berilgan.

26

Anton Levenguk

XVI- XVII asrlarda yashagan mikroskopda ko‘rinadigan hayvonlarni kashf etgan

27

Karl Linney

XVIII asrda hayvonlarni tur, urug‘, turkum va sinflarga ajratib o‘rganishni taklif etgan

28

Ch. Darvin

XIX asr o‘rtalarida hayvonlarni o‘rganish orqali o‘zining olamshumul evolyutsion ta’limotini yaratdi.

29

D. N. Kashkarov

Birinchilar qatorida hayvonlar ekologiyasini o‘rganishni boshlab berdi.

30

L. M. Isayev
P. F. Borovskiy

Olib borgan tadqiqotlar O‘rta Osiyoda rishta, bezgak paraziti
va leyshmaniya kabi xavfli parazit hayvonlarning tugatilishi uchun asos bo‘ldi.







31



T. Z. Zohidov, O. P. Bogdanov

Umurtqali hayvonlarni o’rgangan.

32

A. M. Muhammadiyev, V.V. Yaxontov, A. T. To‘laganov, J. A. Azimov,M. A. Sultonov, S. N. Alimuhamedov

Umurtqasiz hayvonlarni o’rganishgan.

33

Ibn Sino

“Tib qonunlari” asarida dorivor giyohlar yordamida
odam ichagidan parazit chuvalchanglarni haydab chiqarish haqida yozgan.

34

A. T. To‘laganov

O‘simlik gelmintlarini o’rgangan.

35

M. A. Sultonov, J. A. Azimov, E. X. Ergashev

Yovvoyi va uy hayvonlari hamda o‘simlik gelmintlarini o‘rganishgan.

36

K.I. Skryabin

Bu olim boshchiligida gelmintolog olimlar ko‘p ishlarni amalga oshirishgan.

37

A. O. Kovalevskiy

Lansetnikni kashf etdi.

8-sinf odam va uning salomatligi 2019-yil nashr



38

Aristotel

“Inson uchun birinchi baxt uning sog’ligi,ikkinchisi go’zallikdir “-degan ekan. Qadimgi yunon faylasufi va shifokori. Fanga aorta tushunchasini kiritgan Tabiatning asosiy pog’onalari- anorganik dunyo,o’simlik hayvon,odam to’g’risidagi g’oyani ilgari surgan hamda odam-ijtimoiy jonzot o’z aql va idroki bilan hayvonlardan farq qilishi to’g’risidagi g’oyani ilgari surgan

39

Abu Ali Ibn Sino

Buyuk shifokor,faylasuf,shoir,musiqashunos.Uning 5 jildlik “Tib qonunlari”asarida anatomiya,gigiyena,ichki kasalliklar,jarrohlik,dorishunoslik va tibbiyotning boshqa sohalariga oid ma’lumotlar berilgan.Asar bir necha asr







davomida tibbiyot sohasida asosiy qo’llanma bo’lmoqda.

40

Abu Rayhon Beruniy

Enseklopedik olim.O’z davrida ma’lum bo’lgan barcha fanlar bo’yicha yirik asarlar yozgan.Uning “Saydana” asarida 880 ga yaqin o’simlik turiga tavsif berilgan,o’simlik va hayvon mahsulotlari hamda mineral moddalardan tayyorlanadigan1000 dan ortiq dori- darmon to’g’risida ma’lumot bergan

41

Andres Vezaliy

Italiyalik shifokor,anatomiya fanining asoschilaridan biri.U odam organizmi tuzilishini yorib ko’rish orqali o’rganishni birinchilardan bo’lib boshlagan.”Odam tanasing tuzilishi to’g’risida”asarida barcha organlarni rasmlar orqali tasvirlab boshqalar yo’l qo’ygan kamchiliklarni tahlil qilgan.

42

Aripov O’ktam Aripovich

Organlar va to’qimaqlarni ko’chirib o’tqaizsh orqali bemorlarni davolash sohasida mahsus laboratoriya tashkil etgan.Surunkali buyrak xastasliklarida bemorga sog’lom buyrakni ko’chirib o’tkazish orqali davolashni amalgam oshirgan.Oshqozon osti bezining bir qismini ko’chirib o’tkazish usulini ishlab chiqqan

43

Galen

Qadimgi rim shifokori. “Odam tanasi qismlari”asarida odam organizmini tasvirlab bergan.Anatomiya va fiziologiya diagnostikasi davolash va profilaktikaning asosi ekanligini ko’rsatib bergan.Tibbiyotga hayvonlar ustida tajribalar kiritgan.Uning asarlaridan XIV asr davomida foydalanib kelingan

44

Gippokrat

Qadimgi yunon shifokori. Odamning to’rt xil mijozi va odam tuzilishi,organizmning bir butunligi to’g’risidagi dunyoga mashhur g’oyalarni ilgari surgan.U bemorga va uni davolashga xususiy yondashuv g’oyasini taklif etgan.Uning asarlari klinik tibbiyotga sos bo’ldi.

45


Gippokrat

Bundan 2500 yil oldin taklif etgan klassifikatsiyaga asosan odamlar xolerik (muvozanatlashmagan ,oson qo’zg’aluvchan), sanvinik (muvozanatlashgan,optimistik), oson qo’zg’aluvchan ya’ni flegmatiklar(muvozanatlashgan) va Melanxolik
(muvozanatlashmagan) tiplarga ajratgan.

46


I.I.Mechnikov

Leykotsitlarning ayrim xillari qon tomirlari devoridan to’qimalarga o’tish va u begona zarralarni qamrab olib,hazm qilish xususiyatiga ega.Bu hodisani fagotsitoz,yutuvchi hujayralarni esa fogotsitlar deb atagan

47

I.M.Sechenov

Nerv sistemasining reflektorlik funksiyasini tushintirib bergan.U odamning xatti-harakatlari va ruhiy holati nerv sistemasining reflektorlik faoliyati bilan bog’liqligini isbotlab bergan.Uning 1863-yilda chiqqan “Bosh miya reflekslari”asarida ta’kidlanishicha,bosh miya reflekslari chambarchas bog’langan 3 ta qismdan iborat ekanligini aytgan

48


I.P.Pavlov



V.A.Basovni ishini davom ettirdi va toza oshqozon shirasi olish metodini ishlab chiqdi.I.P.Pavlov oshqozon shirasi faqat ovqat yeganda emas,balki ovqatni ko’rganda,hidini sezganda yoki ovqatlanish bilan bog’liq
boshqa holatlarda ajralishini tushintirib berdi.


I.P.Pavlov



I.M.Sechenovning ishlarini davom ettirdi,shartsiz va shartli reflekslarni kashf etdi va oliy nerv faoliyati to’g’risidagi zamonaviy ta’limotni yarartdi.Uning ko’rsatishicha,oliy nerv faoliyati ichki muhit doimiyligini saqlashga qaratilgan tuban nerv faoliyatidan farq qiladi. Shartli reflekslarni hosil bo’lishini itlarda tajriba orqali
ko’rsatib bergan.


I.P.Pavlov

Odam nerv sistemasini kuchli kuchsiz tiplarga ajratgan.U kuchli tipni muvozanatlashmagan va muvozanatlashgan tiplarga,muvozanatlashganni esa harakatchan va harakatsiz tiplarga ajratgan.
Sensor sistemani analizatorlar deb atagan.

49

K.Funk

Vitamin terminiga asos slogan.

50

K.Lanshteyner

1940-yilda eritrotsirlarda resul omil,antigen borligini
aniqlaganlar.

51

K.Lanshteyner va Y.Yanskiy

1901-1907- yili qonning eritrotsitlari tarkibida
aglutinogen,plazmasi tarkibida agglutinin moddalari bo’lishini aniqladilar.

52

L.I. Lunin

Vitaminlarni o’rganishni boshlab bergan.

53


Leonardo da Vinchi

Uyg’onish davri atoqli rassomi va matematigi.Buyuk anatom va fiziolog.Odam tanasi tuzilishining butun dunyoga mashhur bilimdoni.Ilk bor rasmlar orqali odam organizmining realistic tasvirini yaratib bergan.Uning anatomiyaga oid rasmlari hozirgi davrda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.

54

Lui Montano

1983-yilda OITV virusini aniqladi.

55


Mechnikov Ilya Ilich

Biologiyaning bir qancha yo’nalishlari,jumladan,mikrobioogiya va immunologiya sohalariga asos slogan atoqli rus olimi.Organizmning kasalliklarga chidamlilik xususiyatini ochib bergan.U immunitetning fagotsitar nazariyasini yaratgan. .Gerentologiya(odam umrini uzaytiris)ga oid Ishlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan.

56


Pavlov Ivan Petrovich

Fiziologiya sohasida dunyoga mashhur atoqli rus olimi.Nobel mukofoti laureati.Ovqat hazm qilish fiziologiyasi,qon aylanish,odam va hayvonlarning nerv sistemasiga oid yirik asarlari uni dunyoga tanitgan.I.P.Pavlov shartli reflekslarni tormozlanishi to’grisida ta’limot yaratgan.

57

Sechenov Ivan Mixaylovich

Rus tabiatshunosi,rus fiziologiya maktabining asoschisi,psixalogiyadan tabiiy ilmiy yo’nalishga sos slogan.”Bosh miya reflekslari”,”Nerv sistemasi fiziologiyasi” asarlarining muallifi.Bosh miyaning reflektorlik xususiyati kashf etgan.I.P.Pavlov uni,”Rus fiologiyasining otasi” deb atagan.

58

To’raqulov Yolqin Xolmatovich

Atoqli bioximik,biologiya va O’zbekistonda tibbiyot fanlari tashkilotchisi. Qalqonsimon bez gormonlari,hujayra metobolizmi va endokrin xastalilarga tashxis qo’yish va davolashning yangi usullarini ishlab chiqqan. Olim izotoplardan biologiya va tibbiyotda foydalanish yo’llarini ochib bergan.

59

V.A.Basov

Itlar oshqozoniga fistula qo’yish orqali oshqozon shirasi olish metodini ishlab chiqdi.

60

Vohidov Vosid Vohidovich

Mashhur jarroh va olim.O’zbekistonda ixtisoslashgan jarrohlik maktabining tashkilotchisi.Olim jarrohlikning ko’pchilik sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib brogan.U o’pka,o’t yo’llari,jigar,oshqozon,yurak,qon tomirlari,harakat organlari,qorin va ko’krak qafasining keng tarqalgan kasalliklarini tadqiq qilgan.

61

Yunusov Adham Yunusovich

Atoqli fiziolog olim.Issiq sharoitda odam va hayvonlar organizmida suv va tuz almashinuvining fiziologik mexanizmini o’rgangan.Olim odam va hayvonlar organizmining yuqori haroratga moslanish xususiyatini ochib bergan.

62

Zufarov Komiljon Adhamovich

Gistolog olim.Sog’lom va kasal organizmda sodir bo’ladigan jarayonlar,ularning boshqarilishini o’rgangan.Organizmda filtiratsiya,sekretsiya va so’rilish jarayonlaring hujayraviy mexanizmi va ular boshqarilishini ochib bergan.O’zbekistonda birinchi bo’lib electron mikroskopiya laboratoriyasini tashkil
etgan.

9-sinf 2019-yilgi nashr

63

J.B.Lamark va G.R.Trevinarus

1802-yili biologiya atamasini fanga kiritgan

64

A.Levenguk

1680-yilda qonda qizil qon tanachalari-eritritsitlarni,bir hujayrali hayvonlar va bakteriyalarni birinchi marta o’rgandi.

65

A.M.Muzaffarov,
M.I.Mav loniy S.Asqarova,
A.Xolmurodo v

Mikrobiologiya faning rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar.

66

D.Abdukarimov

Kartoshkaning “Samarqand” navidan bir yilda ikki marta hosil oladigan navini yaratdilar.

67

D.I.Ivanovskiy

1892-yilda tamaki o’simligida uchraydigan tamaki
mozaikasi deb ataluvchi kasallik qo’zg’atuvchisining o’ziga xos xususiyatini aniqladi.

68

F.de.Erell

1917-yilda bakteriyalarni zararlovchi bakteriofag- virusni kashf etdi.

69

F.Galton

Genelogik(shajara) usulini dastlab joriy etgan.

70

F.Leffler va P.Froshlar

Uy hayvonlarida uchraydigan oqsil kasalligini qo’zg’atuvchilar ham bakteriyali filtirdan o’tib ketar ekan degan xulosaga kelishdi.

71

F.Misher

1869-yilda leykotsitlar yadrosidan nuklein kislatalarni topdi.

72

G.D.Karpechenko

Karam bilan turpni chatishtirdi.

73

G.de-Friz,E.Chermak va K.Korrens

1900-yilda irsiyat va irsiylanish qonunlarini qayta kashf etishdi.

74

G.Mendel

Irsiyat va irsiylanish qonunlarini,gamatalar sofligi gipotezasini kashf etgan.

75

Gekkel

1866-yilda ontogenez atamasini fanga kiritgan.

76

I.Abdukarimov,
R.Muham medov, O.Odilova

Genetik injeneriya va biotexnologiya sohasida ilmiy ishlar olib bormoqdalar.

77

Ibrohim Abduraxmonov

Genetik injeneriya va biotexnologiya usullarini qo’llash orqali g’o’za genlarinidan foydalanib “Porloq” navini yaratishdi.

78

J.A.Musayev,
O.Jalilov, N.Nazirov,
S.Mirahmedov A.Abdukarimov,
Abdullayev

O’zbekistonda genetika fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shishgan.

79

J.Musayev,
A.Abdukarimov

Genetika sohasida ilmiy ishlar olib bormoqdalar

80

J.Uotson va F.Krik

1953-yilda DNK tuzilishini kashf etishdi.

81

J.Xamidov

Hujayra va hujayra injeneriyasi sohasida ilmiy ishlar olib bormoqda.

82

K.Ber

Sutemizuvchilarning tuxum hujayrasini kashf etdi va ko’p hujayrali organizmlar bitta urug’langan tuxum hujayra-zigotadan rivojlanishi isbotladi.

83

K.Ber

Embrionning o’xshashlik qonunini kashf etdi.

84

K.Sh.Tojiboyev

O’zbekiston florasini o’rganish sohasida katta ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

85

K.Zufarov

Hujayraning kimyoviy tarkibi bo’yicha ilmiy ishlar olib bormoqda.

86

K.Zuparov va J.Hamidov

Hujayra biologiyasini o’rganishga katta hissa qo’shishgan.

87

M.M.Bushuyev

Yaratgan qoramol zoti 1949-yildan urchitila boshlagan.

88

M.Malpigi va N.Gryu

1671-yilda o’simlik hujayrasini tuzilishini o’rgandi.

89

M.Mavloniy

Bir qator achitqi zamburug’larini o’rganib,ularni novvoychilik,chorvachilik va boshqa sohalar uchun achitqilar tayyorlash texnologiyalarini yaratdi.

90

M.S.Navashin

1915-yilda endospermning triploid tabiatini kashf etgan.

91

M.Shleyden va T.Shvan

1838-1839-yillarda hujayra nazariyasini yaratishdi.

92

Mahmud Mirzayev

Meva va rezavor mevalarni 200 ga yaqin navlarini yaratildi.Shulardan 100 ga yaqinini hozirgi kunda mamlakatimizning turli hududlarida ekib mo’l hosilolishmoqdalar.

93

Myuller va Gekkel

Biogenetik qonunni kashf etishgan.

94

N.I.Vavilov

1920-1940 yillarda Rossiya va chet ellarda bir qator ekspeditsiyalarni uyushtirdi.Madaniy o’simliklarning kelib chiqishini 7 markazga bo’ldi.

95

Nabijon Nazirov va
Oston Jalilov

G’o’zaning serhosil AN-402,Samarqand-3,Yulduz kabi
navlarni yaratishdi.

96

Nilson Ele

Polimer irsiylanishni o’rgandi.

97

O’.T.Allanazarova

O’zbekiston va MDH davlatlari o’simliklar qoplamini tarqalish qonuniyatlariga asoslanib,geobotanik xaritasini tuzish sohasida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

98

Q.Zokirov,
A.Muzaffarov

Botanika sohasida ilmiy ishlar olib bormoqda.

99

R.Broun

1831-yilda hujayralarda yadro mavjudligini aniqladi.

100

R.Virxov

Hujayrasiz hayot yo’qligini,hujayraning tarkibiy qismi yadro ekanligini va hujayra faqat hujayrdadan ko’payishini isbotlab berdi.

101

Rizamat ota
Musamuham-medov

“Rizamat”,”Gultish”,”Sohibi”,”Hiloliy” kabi uzum navlarini yaratdilar.

102

S.G.Navashin

1898-yilda gulli o’simliklarda qo’sh urug’lanish hodisasini kashf etdi.

103

S.Mirahmedov,
N.Nazirov,
O.Jalilov

Seleksiya sohasida ilmiy ishlar olib bormoqdalar.

104

S.Rahmonqulov

“Umid”,”Oqqo’rg’on-2”,”Mang’it-1”,”Mang’it-2”,”Istiqlol-14”,”Sulton” kabi navlarni yaratdi.

105

Sodiq Mirahmedov

Meksikadan keltirilgan viltga chidamli g’oza navi bilan O’zbekistondagi viltga chidamsiz g’oza navini chatishtirib viltga chidamli “Toshkent-1”,Toshkent- 2”,Toshkent-3” navlarini yaratdi.

106

T.Morgan

Xromasoma nazariyasini yaratgan.

107

T.Zohidov,
A.Muhammadiyev
J.Azimov

Zoologiya sohasida ilmiy ishlar olib bormoqdalar.

108

V.Betson

1906-yili genetika atamasini fanga kiritgan.

109

Ya.Purkine

Hujayra tarkibidagi suyuqlikni protoplazma deb atashni taklif etgan.

110

Yo.To’raqulov va B.Toshmuhammedov

Hujayraning kimyoviy tarkibini,ularda sodir bo’ladigan kimyoviy jarayonlarini o’rganishga katta hissa qo’shishgan.

111

Yo.X.To’raqulov,
B.Toshmuhammedov

Biokimyo va endokrinologiya sohasida ilmiy ishlar olib
bormoqdalar.



Yüklə 27,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin