199
4.
Tuzilishi ma’lum bo’lgan alkaloidlarni soni nechtaga borgan?
5.
Eng ko’p o’rganilgan alkaloidlar qaysi guruhga mansub?
6.
Pirrolizidin alkaloidlarining skeleti
qaysi reaksiya asosida
aniqlanadi?
7.
Steroid tuzilishli alkaloidlarining skeleti qaysi reaksiya asosida
aniqlanadi?
8.
Nitrarin guruhi alkaloidlarining tuzilishini aniqlashda qaysi
reaksiya asosiy ma’lum ot bergan?
9.
Nikotin tarkibida piridin halqasi mavjudligi qanday aniqlanadi?
10.
Efedrinning sintezini birinchilar
qatorida kim amalga
oshirgan?
11.
Geroin morfindan qanday guruhlar bilan farq qiladi?
12.
Choy tarkibida qanday alkaloidlar uchraydi?
10.Qanday alkaloidlarni o’rganishda o’zbekiston olimlarining
hissasi katta?
6.4. Terpenlar. Steroid tuzilishli birikmalar.
Reja:
1. Terpenlar tushunchasi va sinflanishi.
2. Monoterpen, seskviterpen va boshqa asosiy terpen
guruhlarining tavsifi.
3. Steroid tushunchasi, steroid tuzilishini aniqlash usullari.
4.Jinsiy gormonlar.
5. Kortikoidlar; yurak glikozoidllri; boshqa turdosh
moddalar.
Tayanch iboralar
:
terpen, monoterpen, seskviterpen , diterpen,
triterpen, politerpen, kamfora, akoron, steroid, jinsiy gormon,
androgen,
estrogen, gestagen, progesteron,
testosteron,
kortikoidlar.
Muammoli
vaziyat
:
terpen,
terpenoid
va
izoprenoid
tushunchalarini izohlang va tahlil qiling.
200
O’simlik va hayvon organizmlarida mavjud bo’lgan va bir
nechta izopren birligini saqlovchi moddalar terpenlar deb ataladi
(terpenoid, izoprenoid). Biosintez jarayonida
bir nechta uglerod
atomini yo’qotgan terpenlar izoprenoidlar deb ataladi. Hozir keltirilan
uchta termin sinonim hisoblanadi va farqlanmaydi. Terpenlarning
birinchi vakillari 1887-89 yillar
Perkin, Vallax
tomonidan terpentin
moyidan (skipidar) ajratib olingan.
Terpenlarning umumiy formulasi (C
5
H
8
)
n
, ya’ni
ular bir
nechta izopren birligidan tarkib topadi. Izopren soniga ko’ra terpenlar
quyidagi guruhlarga ajratiladi.
CH
2
H
2
C
CH
3
Terpenlar guruhlari.
n=1 C
5
-gemiterpen n=5 C
25-
- sesterterpen
n=2 C
10
-monoterpen n=6 C
30
- triterpen
n=3 C
15
-seskviterpen n=8 C
40
- tetraterpen
n=4 C
20
-diterpen n=10 C
50
va ko’proq
politerpen
Umumiy fiziologik ta’siri – bakteriostatik. Qadimiy Misrda
mumiyolashtirish uchun ishlatilgan. O’simliklarningg xushbo’y hidi
uchuvchan terpenlar hisobidan hosil bo’ladi.
Parfyumeriya sanoatida
ishlatiladi. O’simlik xomashyosidan terpenlar organik erituvchi yoki
yog’larga ekstraktsiya qilib olinadi. Suv bug’i bilan haydash usuli
ham keng qo’llanadi.
Dostları ilə paylaş: