А. Авлоний номидаги халқ таълими муаммоларини ўрганиш ва истиқболларини белгилаш илмий-тадқИҚот институти ta'lim sifatini baholash bo‘yicha pisa, pirls, timss xalqaro tadqiqotlari dotsent Ergasheva Malohat Tursunovna



Yüklə 10,96 Mb.
səhifə11/12
tarix19.10.2023
ölçüsü10,96 Mb.
#157625
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
UzsQDo18hS16jFrNT3S61PJ0IT5m0e9QoYK4lCcm

Masalan:
U o‘z rasmlari tufayli tanilgan.
U o‘zining rassomchilik ishlari (namunalari) bilan taniqli.
Javob qabul qilinmaydi (0 ball): Verokkiyoning professional tavsiflaridan birortasi keltirilmagan bo‘lsa.
Masalan:
U Leonardo da Vinchi bilan ishlagan.
Chunki, u Florensiyada yashagan.
Ixtirolari tufayli.
Chunki, u Leonardoga ranglarni aralashtirib, yangi rang chiqarishga­ yordam bergan.
1
9. Matn «O‘z davridan ilgarilab ketgan inson – Leonardo da Vinchi», – deb nomlangan. Leonardo da Vinchi ixtirolaridan bitta misol keltiring va u qanday qilib o‘z davridan ilgarilab ketganligini tushuntirib bering.
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
 
Maqsad: Axborot olish va undan foydalanish.
Jarayon: G‘oyalar va axborotni talqin qilish hamda uyg‘unlashtirish
To‘liq tushunchaga ega bo‘lish (2 ball): Javobda matnning asosiy g‘oyasi to‘liq keltiriladi, matn mazmuni va sarlavhaning bog‘liqligi aks ettiriladi.
Masalan:
U odamlar qanday qilib uchishlari mumkinligini o‘ylab topdi. Bu esa uning o‘z davridan ilgarilab ketganligini ko‘rsatadi, chunki samolyotlar uning vafotidan keyin ancha yillar o‘tib yaratildi.
Qisman tushunchaga ega bo‘lish (1 ball): Javobda matnning asosiy g‘oyasi qisman keltiriladi.
Masalan:
U robotni qanday yaratishni o‘ylab topdi.
U uchar mashinani kashf etdi. Boshqa odamlar undan foydala­nishmoqda.
Javob qabul qilinmaydi (0 ball): Javobda matnning asosiy g‘oyasi keltirilmaydi,­ matn mazmuni va sarlavhaning bog‘liqligi aks ettirilmaydi.
Masalan:
U haykaltaroshlikda metallardan foydalanadi.
U nima qilgan bo‘lsa, bu uning zamonasidan ilgarilab ketganini ko‘rsatadi.


Yüklə 10,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin