Masalan: U o‘z rasmlari tufayli tanilgan. U o‘zining rassomchilik ishlari (namunalari) bilan taniqli. Javob qabul qilinmaydi (0 ball): Verokkiyoning professional tavsiflaridan birortasi keltirilmagan bo‘lsa.
Masalan: U Leonardo da Vinchi bilan ishlagan. Chunki, u Florensiyada yashagan. Ixtirolari tufayli. Chunki, u Leonardoga ranglarni aralashtirib, yangi rang chiqarishga yordam bergan. 1
9. Matn «O‘z davridan ilgarilab ketgan inson – Leonardo da Vinchi», – deb nomlangan. Leonardo da Vinchi ixtirolaridan bitta misol keltiring va u qanday qilib o‘z davridan ilgarilab ketganligini tushuntirib bering. ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Maqsad: Axborot olish va undan foydalanish.
Jarayon: G‘oyalar va axborotni talqin qilish hamda uyg‘unlashtirish
To‘liq tushunchaga ega bo‘lish (2 ball): Javobda matnning asosiy g‘oyasi to‘liq keltiriladi, matn mazmuni va sarlavhaning bog‘liqligi aks ettiriladi.
Masalan: U odamlar qanday qilib uchishlari mumkinligini o‘ylab topdi. Bu esa uning o‘z davridan ilgarilab ketganligini ko‘rsatadi, chunki samolyotlar uning vafotidan keyin ancha yillar o‘tib yaratildi. Qisman tushunchaga ega bo‘lish (1 ball):Javobda matnning asosiy g‘oyasi qisman keltiriladi.
Masalan: U robotni qanday yaratishni o‘ylab topdi. U uchar mashinani kashf etdi. Boshqa odamlar undan foydalanishmoqda. Javob qabul qilinmaydi (0 ball): Javobda matnning asosiy g‘oyasi keltirilmaydi, matn mazmuni va sarlavhaning bog‘liqligi aks ettirilmaydi.
Masalan: U haykaltaroshlikda metallardan foydalanadi. U nima qilgan bo‘lsa, bu uning zamonasidan ilgarilab ketganini ko‘rsatadi.