hayotiga ta’sir etuvchi mazkur salbiy jihatlarning
oldini olishda aholini
mediasavodli qilish zarur, degan fikrlar ko‘paymoqda.
Bugungi kunda
mediasavodxonlik Buyuk Britaniya va Avstraliyada gumanitar fanlar majmuasida
alohida fan sifatida o‘tilsa, Finlyandiyada 1970-yildan o‘rta maktablarning, 1977-
yildan esa oliy o‘quv yurtlarning o‘quv dasturlariga kiritilgan edi. 1990-yillarda
esa mamlakatda mediasavodxonlik mediata’lim tushunchasi bilan almashtirildi.
Shvetsiyada u 1980-yildan boshlab ta’lim muassasalarida alohida fan sifatida
o‘qitila boshlangan. 1990-yillarda Rossiyada mediata’limni ilmiy tadqiq etishga
urinishlar
bo‘lib, O.Baranov, S.Penzin, A.Fyodorov, A.Sharikovava
oshqalarning tadqiqotlari bunga misol bo‘la oladi. 2002-yili
pedagogika oliy
ta’lim yurtlari uchun mediata’lim ixtisosligi bo‘yicha yo‘nalish ochildi. 2005-yili
esa YuNYeSKO homiyligida “Mediata’lim” darsligi yaratildi va Rossiyada
kinota’lim va mediapedagogika sayti ishga tushirildi.
Ma’lumotlarda keltirilishicha, medialoglar media va mediatexnologiyalarni
o‘rganib chiqib, ularni shartli ravishda 5 turga bo‘lganlar:
1. Dastlabki media — yozuv;
2. Bosma media — bosma nashrlar, litografiya, fotografiya;
3. Elektrik media — telegraf, telefon, ovozli yozuv;
4. Mass-media — kinematograf, televideniye;
5. Raqamli media — kompyuter, Internet.
Mediasavodxonlik darajasini oshirish maqsadida quyidagi takliflarni ham
keltirib o‘tish joiz:
•
mahalliy internet-foydalanuvchilarining o‘sib borayotgan
axborot va intellektual ehtiyojlarini har tomonlama qondirish, aholini,
ayniqsa, yoshlar dunyoqarashini kengaytirish va ma’naviy qadriyatlarini
mustahkamlashga qaratilgan zamonaviy, interfaol internet-resurslarni
yaratishni rag‘batlanshtirishga qaratilgan dolzarb taklif va tavsiyalarni
ishlab chiqish;
•
ZiyoNET ta’lim axborot tarmog‘ini yanada takomillashtirish,
milliy segment bilan boyitish, o‘quvchi-yoshlarni ko‘proq jalb eta oladigan
manbalar joylashtirish, uning tashkiliy-texnik va interfaol imkoniyatlarini
rivojlantirish, ta’lim muassasalari o‘quv dasturlariga integratsiyalashgan
zamonaviy internet-resurslarni yaratish;
•
zamonaviy, yoshlar o‘rtasida ommabop bo‘lgan ijtimoiy
servislar hamda aqliy zakovatni yanada rivojlantiruvchi milliy o‘yin
ilovalarini ishlab chiqish va joriy etish;
•
inson, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholiga elektron interfaol xizmatlar
ko‘rsatishni rivojlantirishni rag‘batlantirish hamda g‘oyaviy-ma’rifiy va
ma’naviy-axloqiy yo‘naltirilgan milliy internet-resurslar, veb-servislar,
ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan internet tarmog‘idagi milliy
segmentni rivojlantirish sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani
takomillashtirish va shu kabilar.
Dostları ilə paylaş: