Temir yo’l odatda katta maydonni egallab, uning o’lchami MDH ning umumiy temir yo’l tizimidagi tutgan ahamiyatiga, shaharning transport tarmog’iga bo’lgan talabiga bog’lik. Temir yo’l tarmog’i, temir yo’llarning umumiy tizimidagi ahamiyatidan kelib chiqib, uning turidan, yuk tashish o’lchami va jadalligiga qarab 4ta kategoriyaga bo’linadi.
Davlatlararo aloqani ta’minlaydigan temir yo’l magistrali.
Tezligi: a) 120km/s dan ortiq; b)120 km/s gacha. Yo’lning maksimal bo’ylama qiyaligi 15 ‰.
2. Davlat ichkarisidagi tumanlararo aloqani ta’minlovchi temir yo’l tarmog’i. Yo’lning maksimal bo’ylama qiyaligi 15 ‰.
3. Mahalliy ahamiyatdagi temir yo’l tarmog’i. Yo’lning maksimal bo’ylama qiyaligi 20 ‰.
4. Stansiyalarga kiruvchi va bog’lovchi yo’llar. Yo’lning maksimal bo’ylama qiyaligi 20 ‰.
Yer polotnosining kengligi I kategoriyali yo’llar uchun 7-6m, II kategoriya uchun 6,5—5,8 m, III kategoriya uchun 6—5,2 m, 1V kategoriya uchun 5,5 - 5 m.
Ikki yo’lli tarmoqda yer polotnasining kengligi I va II kategoriya uchun 11,1—10,1 m. Temir yo’l tarmog’ining umumiy kengligi (progonlarda) yo’l joylashgan chuqurlikning yoki ko’tarilgan yer polotnasining balandligiga va qiyalik darajasiga bog’liq.
Temir yo’l tarmog’i va stansiyalari shahardan, chetda joylashgan yo’lning uqidan kamida 100 m, turarjoylardan — 50 m uzoqlikda loyihalanadi. Himoya zonasining kamida yarmi ko’kalamzorlashtiriladi. Himoya zonasida avtomobil yo’llari, transport qurilmalari va inshootlar joylashtirilishi mumkin.
(c)7.3. Havo transporti
Havo trassasiga xizmat ko’rsatuvchi asosiy qurilmalar quyidagilardir: aerodrom, gidroaerodrom, aeroport, gidroaeroport va aerovokzal. Aerodrom: samolyotlarni havfsiz uchishi va qunishi uchun mhljallangan maydon.
Aeroport:havo trassasini normal ekspluatasiya qilish, samolyotlarga texnik xizmat ko’rsatish, yo’lovchi, yuk, operasilarini bajaruvchi va yo’lovchilarga xizmat ko’rsatuvchi barcha turdagi inshootlar, quriilma va maxsus jihozlarga ega bo’lgan aerodrom.