A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

Muhandislar 
- avtomobil yo’llarining quruvchilari faol tarzda yo’l 
qurilishi texnologiyasini rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal etishadi
yo’l qurilishining bahosini pasaytirish, sur’atini, samaradorligi va sifatini 
oshirish singari ishlar kompleks texnik- iqtisodiy muammolardan hisoblanadi. 
Mazkur muammolarni yanada takomillashtirilgan, SAR bilan jihozlangan 
ishchi organlari bo’lgan yo’l- qurilish mashinalarini keng tatbiq etish orqali hal 
qilish mumkin. Bunday mashinalar eng kam bahoda ishlarning yuqori sur’ati va 
sifatini ta’minlab berishi mumkin. Yanada takomillashtirilgan texnika 
qo’llanilganda yo’l qurilishining iqtisodiy samaradorligi sezilarli darajada 
ortishi kerak. 
Yo’l-qurilish mashinalarini takomillashtirish uchun ularning birlik 
quvvatini oshirilishi, qisman va to’liq avtomatlashtirilishi asos bo’la oladi. 
Fiziologik imkoniyatlari cheklanganligi yoki boshqaruvning xavfsiz emasligi 
uchun inson talab qilinadigan aniqlik va topshirilgan tartibda mashinani 
boshqara olmasligi sababli yo’l-qurilish mashinalari ishini avtomatlashtirish 
zarur va samaralidir. 
Yo’l 
qurilishida 
texnologiyani 
o’zgartirish 
(takomillashtirilgan 
mashinalardan foydalanish, sifatni samarali nazorat qilish va hokazo) hisobiga 
sarf-xarajatlarni kamaytirish va shu orqali ishlarni bajarish usulini yaxshilash 
mumkin (bahosi bo’yicha eng maqbul variantni tanlashni asoslash). Shuning 
uchun yo’l qurilishi texnologiyasini rivojlantirishning eng dolzarb 
masalalaridan biri-bu, ish sifatini ishlab chiqarishda nazorat qilish 
samaradorligi va tezkorligini oshirish hisoblanadi. Bu ma’noda uni qisman yoki 


11 
to’liq avtomatlashtirish istiqbolli deb hisoblanadi. Misol tariqasida 
kuzatuvchi tizimlardan foydalanishini ko’rsatish mumkin, bunda barcha 
tayyorgarlik ishlari va asosiy ishlar to’g’ri bajarilganda yo’l to’shamasining 
talab etiladigan tekisligi topshirilgan ehtimollik bilan ta’minlanadi. 
Mahalliy yo’l - qurilish materiallaridan keng foydalanish, ishlarni 
oqilona tashkillashtirish, qurilish mavsumini uzaytirish va ishlarni yil 
davomida bajarish texnologiyasiga asta-sekinlik bilan o’tish, qurilishning 
bosqichma-bosqichligi, yangi samarali material va konstruktsiyalarni qo’llash 
hisobiga qurilish qiymatini kamaytirishga erishish mumkin. 
Ishlar texnologiyasi u yoki bu texnologik jarayonni qay tarzda va nima 
bilan bajarish kerak, degan savolga javob beradi. Ishlarni tashkillashtirish esa 
vaqt va makonda mavjud bo’lgan resurslarni bir-biriga bog’lashdan iborat, 
ya’ni ushbu texnologik jarayonni qachon, qaerda va kim bajarishi kerak, degan 
savolga javob beradi. 
Oqim 
usulida liniyaviy ishlardan oldin jamlangan ishlar bajariladi. Agar 
ishlarni liniyaviy va jamlanganturlarga bo’lishga ishlab chiqarishda ko’p 
uchraydigan xususiyatlarsiz (geologik, tuproqli, suvli) yondashilsa, bu jiddiy 
uzilishlar, murakkabliklar, ortiqcha mablag’lar sarflanishi va ish jadvalidan 
orqada qolishga olib kelishi mumkin. 
Xususan, tog’ sharoitida avtomobil yo’lini qurishda jamlangan ishlar 
sifatida ularni sifatli va xavfsiz bajarish uchun alohida ob-havo sharoiti yoki 
boshqa shart-sharoitlar talab qilinadigan ishlarni (ko’chkili yonbag’irlar, sel 
xavfi mavjud joylar, doimiy suv oqimlari va sh.k.) ko’rsatish mumkin, chunki 
bunda murakkab ishlarni (tirgak devorlarni o’rnatish, chuqur drenajlar, sun’iy 
suv oqimlari va sh.k.) bajarishda yo’l poyining chidamliligi yo’qolish xavfi 
vujudga keladi.
 
Ko’rsatib o’tilgan xususiyatlarga muvofiq eng samarali yo’l-qurilish 
mashinalari, ish usullari va muddatlari, ayrim konstruktiv elementlar va butun 
yo’l uchun texnologik yondoshuvlar turlicha bo’ladi. 


12 
Ishlarning texnologiyasi va tashkillashtirilishining o’zaro bog’liqligi 
noan’anaviy, ijodiy yondoshuvni talab etadi: turli ishlar bo’yicha keyingi yilga 
bitkaziladiganlarini aniqlash; ishlar texnologiyasini tanlashda mavjud texnika, 
mexanizatorlar va butun quruvchilar jamoasining tajribasini hisobga olish; 
ishlarni tashkillashtirish usullarini ratsionalizatorlashtirish ehtimoli, mahalliy 
materiallardan foydalanish va hokazolarni nazarda tutgan holda ko’p sonli 
texnologiya variantlarini ko’rib chiqish. 
Yo’l qurilishining o’ziga xos murakkabligi shundan iboratki, oddiy 
atmosfera sharoitida vaqti-vaqti bilan o’zgaradigan harorat hamda namlikda 
yo’l inshootlarining talab qilinadigan xossalari, birinchi navbatda, 
mustahkamligi ta’minlanishi shart. 
Ma’lum qurilish sharoitida ish texnologiyasining eng maqbul varianti 
to’g’risida qaror qabul qilish kerak. 
Inshootning sifati va qiymati bunday variantni tanlash mezoni 
hisoblanadi. 
Avtomobil yo’lining sifati transport-foydalanish, texnologik, 
ergonomik, estetik, ekologik va boshqa xususiyatlarni, shuningdek xizmat 
muddati va boshqa asosiy parametrlarni o’z ichiga oladi. Avtomobil yo’lining 
samaradorligi, ya’ni foydalanishdan olinadigan foydali samaraning yo’l 
qurilishi va foydalanishiga ketgan umumiy xarajatlarga nisbati uning sifat 
darajasi mezoni hisoblanadi. 
Yo’lning uzunligi bo’yicha va vaqt mobaynida o’zgarib turadigan 
tuproqlar, materiallarning xususiyatlari va holatlari, ayrim konstruktiv 
qatlamlarning parametrlari, harorati hamda namligi bilan ifodalanadigan 
yo’llarni qurish va foydalanish sharoitida ishlarni amalga oshirishning eng 
maqbul usuli doimo bo’ladi, bu usul yo’lning talab qilinadigan foydalanish 
xossalarini ta’minlab, uni qurish va foydalanishda keltirilgan eng kam 
xarajatlarga mos keladi. 


13 
Boshqacha aytganda, texnologiya variantlarini ko’rib chiqishda berilgan 
sharoit uchun eng kam xarajatlar bilan avtomobil yo’lining talab etiladigan 
ko’rsatkichlarini ta’minlab beradigan ishlarni bajarish usulini doimo asoslab 
berish mumkin. 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin