A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


 Yo’llarning mustahkamligi va ish qobiliyatini



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

1.4 Yo’llarning mustahkamligi va ish qobiliyatini 
ta’minlash shartlari
 
Avtomobil yo’lining talab darajasidagi foydalanish xususiyatlari va ish 
qobiliyatini ta’minlash uchun uni qurish jarayonida qator shartlarni bajarish 
zarur: yo’l poyining talab qilinadigan mustahkamligi va chidamliligini, yo’l 
to’shamasining mustahkamligini (jumladan, yo’l to’shamasining konstruktiv 
qatlamlari orasidagi kontakt zonalari) va yo’l qoplamasining ravonligini 
ta’minlash. Shu maqsadda ishlov berish qatlamlari va to’kish qatlamlari 
bo’yicha tuproqlarning bir xil bo’lishini; tuproqni shibbalaganda uning 
qatlamlari qalinligi va namligi bir xil bo’lishini; to’kilayotgan tuproq 
qatlamlarining optimal namligi, zichligi va tekisligini; konlarda va qurilish 
joyida suv ketadigan qurilmani ta’minlash darkor. 
Yo’l to’shamasining konstruktiv qatlamlarini qum, chaqiq tosh va 
shag’alli materiallardan qurishda quyidagilarni ta’minlash talab qilinadi: 
materiallarni tayyorlash va yotqizish joylarida tarkibi bo’yicha bir xil bo’lishi; 
shibbalashda qatlamlar namligi va qalinligi bo’yicha bir xil bo’lishi; 
shibbalashda talab qilinadigan o’rtacha namlik, zichlik va tekislik; suv 
ketadigan qurilma hamda shag’alli va chaqiq toshli zichlanmagan qatlamlar 
bo’ylab avtomobillarning harakatlanishiga yo’l qo’ymaslik. 
Konstruktiv qatlamlarni asfalt bog’lovchilar bilan ishlov berilgan 
materiallardan qurishda ostki qatlamning tozaligi, tekisligi, g’adir- budurligi va 
mustahkamligini; qorishmani yotqizishda uning tarkibi, harorati va fizik-


23 
mexanik xossalari bo’yicha bir xil bo’lishini; qatlamni shibbalashda talab 
qilinadigan o’rtacha haroratni, qatlamning zichligi, qalinligi va tekisligini 
ta’minlash zarur. 
Yo’l to’shamasining konstruktiv qatlamlarini noorganik bog’lovchilar 
(sement) bilan ishlov berilgan materiallardan qurishda quyidagilarni ta’minlash 
kerak: beton uchun dastlabki materiallarning tarkibi va fizik-mexanik xossalari 
bo’yicha bir xilligini; sementbeton qorishmaning tarkibi, qulay yotqizilishi va 
fizik-mexanik xossalari bo’yicha bir xilligini; beton yotqizish mashinalari 
komplektining barqaror texnologik ish tartibini; qorishma harakatchanligining 
talab qilinadigan o’rtacha darajasini; yotqizilayotgan qatlamning qalinligi va 
yotqizishdagi tekisligini; betonning qotish jarayonida uning namligi 
barqarorligini; beton qotayotgan vaqtda avtomobillarning beton ustidan 
harakatlanmasligini; 
qurilish davomida destruktiv (buzilish) jarayonlarni bartaraf qilish yoki 
kamaytirish va imkon qadar tuzilmaviy shakllanish jarayoni rivojlanishini 
ta’minlash. Masalan, shibbalaganda toshchalarning bo’linib ketishi va ularning 
burchaklari dumaloqlanishining oldini olish; betonga samarali qarov orqali 
harorat-cho’kish natijasidagi darz-yoriqlar paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik; 
bitumning eskirish jarayonini sekinlashtirish; imkon darajasida qoplama ustki 
qatlamining boshlang’ich foydalanish xususiyatlarini (mustahkamligi, 
ravonligi, g’adir-budurligi) oshirish, masalan, bir xillik, mustahkamlik, 
ravonlik, g’adir-budurlikni maksimal darajada oshirish hisobiga va sh.k.; 
ish sifatini boshqarishni tashkillashtirish, ya’ni barcha texnologik 
operatsiyalarni bajarishda sifatini operativ nazorat qilish va nazorat natijalari 
bo’yicha texnologik jarayonlar parametrlarini to’g’rilash. Beton yotqizish 
mashinalari, asfalt yotqizgichlar, avtogreyderlarning ijro organlaridagi 
kuzatish tizimlari; konstruktiv qatlamlarning mustahkamligi va zichligini 
harakat davrida (ularni tashiyotgan avtomobilni to’xtatmasdan) tekshirish 
uchun avtomatlashtirilgan asboblar va qurilmalar; avtomatlashtirilgan sement 


24 
va asfalt zavodlarida (sementbeton qorishmasining namligi, harakatchanligini 
avtomatik 
boshqarish) 
materiallar 
sifatini 
kirish 
va 
chiqishda 
avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish bu shartni bajarishga misol bo’la oladi. 
Natijada hamma mashinalar eng qulay texnologik tartibda bir maromda 
ishlashlari kerak; 
ishlarning texnologiyasini iqlimiy, mavsumiy, tuproqli va boshqa 
mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqib tayinlash; bu shartni bajarishda ishlar 
texnologiyasi, tashkillashtirish, mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish 
bir-biriga uzviy bog’liqligini nazarda tutish lozim. 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin