A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


Ixtisoslashtirilgan otsim -



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

Ixtisoslashtirilgan otsim -
 
yo’l yoki inshootning, masalan, yo’l poyi, yo’l 
to’shamasi kabilarning bir qismi ko’rinishidagi umumiy qurilish mahsuloti 
bilan birlashtirilgan yakka oqimlarning yig’indisidir. 
Ob’ektli oqim - 
ixtisoslashtirilgan (yo’l poyi, quvurlar, ko’priklar, yo’l 
to’shamasi qurilishi bo’yicha) oqimlarning yig’indisi bo’lib, avtomobil 
yo’lining to’liq tugallangan uchastkasi ularning birgalikdagi mahsuloti 
hisoblanadi. 
Har bir yakka oqim alohida qamrovlardan iborat bo’lib, ularda 
ixtisoslashtirilgan bo’linmalar - mashinalar zvenosi - ma’lum ish jarayonlari va 
operatsiyalarini bajaradi. 
Qamrov
 
- ixtisoslashtirilgan mashinalar zvenosi berilgan ish jarayoni 
yoki ish operatsiyasini yoki ularning texnologik jihatdan bo’linmas majmui 
bajariladigan yo’l masofasini ishg’ol qiladigan ishlar uchastkasidir. 
Yakka oqimning unumdorligi uning smenadagi tezligi bilan, ya’ni smena 
qamrovining uzunligi bilan belgilanadi. Smena qamrovining uzunligi, shunga 
muvofiq 
butun 
oqimning 
ham 
tezligi 
zvenodagi 
mashinalarning 
unumdorligidan kelib chiqib belgilanadi. 
Oqimlarning tarkibi va tezligini tayinlash uchun loyihalarda andozaviy 
texnologik kartalar va ishlarning kalendar jadvali bo’lgan qurilishni 
tashkillashtirish bo’limlari beriladi (POS). 
Texnologik karta 
-
berilgan yo’l inshooti yoki elementini qurish uchun 
zarur bo’ladigan jarayonlar texnologiyasini bayon qiladigan loyiha hujjatidir. 


22 
Yo’l qurilish tashkiloti ishlarni tashkillashtirish loyihasiga asosan ishlarni 
bajarish loyihasini (PPR) tuzadi, unga mavjud resurslarni hisobga olgan holda 
ishlarni tashkillashtirish loyihasining qoidalari va andozaviylar asosida ishlab 
chiqilgan, ish joyiga bog’langan texnologik ishchi kartalar hamda detalli ish 
jadvallari kiritiladi. 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin