16
1.3 Avtomobil yo’li qurilishini tashkillashtirish
Avtomobil yo’li qurilishini tashkillashtirish
- samaradorlikni oshirish,
ya’ni ishlab chiqarish resurslaridan foydalanib tabiatni muhofaza qilish va
ishlar sifatiga qo’yilgan talablarga rioya qilgan holda, qo’yilgan
vazifalarni
rejada belgilangan muddatlarda bajarishga erishish maqsadida ishlab
chiqiladigan va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidir.
Chora-tadbirlar majmuiga ko’p hollarda oqimli (potok) bo’ladigan
qurilishni aniqlash va amalga oshirish usuli, odatda, pudrat usulida ishlaydigan
brigadalar tarkibini aniqlash, mashinalar soni va ularning qurilish jarayonidagi
ishtirokini, ya’ni ularning makon va vaqtda mosligini hisoblab chiqish kiradi.
Ishlab chiqarish masalalarini hal qilish qurilishni tashkillashtirishni
tartibga
soladigan asosiy hujjatlar, shuningdek, moliyaviy ta’minot, kadrlar
masalasi, quruvchilar jamoasining maishiy masalalari (turar joy,
ovqatlanish,
ishchilarni ish joyiga yetkazish), ob’ektlardagi doimiy va vaqtinchalik ishlarga
ishchilarni joylashtirish, ularning dam olishi va boshqa ijtimoiy masalalarning
hal qilinishidan iborat.
Avtomobil yo’li qurilishi bo’yicha ishlarni
tashkillashtirish murakkab
hisoblanadi va qator hollarda elektron-hisoblash mashinalarini qo’llashni talab
etadi. Avtomobil yo’llari qurilishiga oid ishlar katta hajmdagi materiallarning
sarflanishini talab qiladigan ishlarga kiritilib, bunda ko’p materiallarni nafaqat
avtomobil transporti, balki boshqa turdagi transportda
ham yuzlab va minglab
kilometr masofalarga tashib keltirish zarur bo’ladi.
Materiallar va yarim tayyor mahsulotlarni zavodlar hamda liniyalarga o’z
vaqtida yetkazib berish, barcha ishlab chiqarish va yordamchi, ayniqsa,
transport va liniya bo’linmalaridagi aniq ishlar loyihalashtrilgandek
qurilishni
tashkillashtirish va ishlarni tejamli bajarishni ta’minlaydi. AQShda har qanday
ishlab chiqarish faoliyatining asosiga qisqagina “aniq vaqtida” talabi qo’yiladi,
17
chunki bu har qanday ishning muvaffaqiyatini ta’minlovchi ishlarni
tashkillashtirishning asosiy talabidir.
Avtomobil yo’llari qurilishiga oid barcha ish turlari ularni
tashkillashtirish
xususiyatlari, qo’llaniladigan vositalar va maqsadiga ko’ra
tayyorlash, transport va qurilish-montaj ishlariga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: