A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

Tayyorlash ishlari
- qurilish tashkilotining ishlab chiqarish korxonalari 
tomonidan tayyorlab beriladigan materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va 
detallarni tayyorlash hamda saqlash ishlarini o’z ichiga oladi. 
Transport ishlari
- barcha materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va 
detallarni qurilayotgan yo’lga hamda yo’l bo’ylab yotqiziladigan joylarga 
tashish ishlarini o’z ichiga oladi. 
Qurilish-montaj ishlari
- tayyorgarlik ishlari, yo’l poyi, sun’iy 
inshootlar, yo’l to’shamasini qurish, yo’llarni obodonlashtirish uchun yo’l, bino 
va inshootlarni jihozlash ishlarini o’z ichiga oladi. 
Ish hajmlarini bir tekis va takror taqsimlashga ko’ra qurilish- montaj 
ishlari liniyaviy va jamlanganturlarga bo’linadi. Butun yo’l bo’ylab bir tekis 
taqsimlangan va ba’zi uchastkalarda o’rtacha qiymatidan biroz farqlanadigan 
ish hajmlari 
liniyaviy
 
deb ataladi. Liniyaviy ishlarga uncha katta bo’lmagan 
ko’tarma va o’ymalarda yo’l poyini ko’tarish, yo’l to’shamasini qurish, kichik 
ko’prik va quvurlarni qurish, to’siqlar va belgilarni o’rnatish ishlari kiradi. Yo’l 
qurilishida liniyaviy ishlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Ayrim uchastkalar yoki 
maydonlarda uchraydigan ishlar 
jamlangan
 
deb ataladi. Ularga baland 
ko’tarmalarni, chuqur o’ymalarni ko’tarish, yo’l va transport xizmati 
binolarining yirik majmualarini qurish kiradi. Jamlangan ishlar katta hajmi, 
ishlab chiqarishdagi murakkabligi va sermehnatliligi bilan liniyaviy ishlardan 
farq qiladi hamda ko’pincha, ularni bajarish uchun ixtisoslashtirilgan qurilish 
tashkilotlarini jalb qilishni talab etadi. 
Mexanizatsiya
-
ish unumdorligini oshirish va qurilish jarayonlarini 
intensifikatsiyalashning hal qiluvchi omilidir. Hozirgi kunda katta quvvatga 


18 
ega, demakki, yanada unumdor qurilish va yo’l mashinalarini, universal, mobil, 
ishchi 
uskunasi 
almashtiriladigan, 
katta 
yukli 
avtomobillar, 
avtobetonqorishtirgichlar, gidravlik boshqaruvga ega kranlarni ishlab 
chiqarishni ko’paytirish zarur. 
Shuningdek, 
kichik 
mexanizatsiya 
vositalari 
va 
mexanizatsiyalashtirilgan asboblar keng qo’llanmoqda, bu esa ish 
unumdorligini oshirish va qurilish sifatini yaxshilashga, qo’l mehnatini 
yengilashtirishga yordam beradi. 
Ishlarni 
to’gri 
tashkillashtirishni 
faqat 
kompleks 
mexanizatsiyalashtirilgan holda ko’rish zarur, bunda hamma asosiy va 
yordamchi jarayonlar hamda operatsiyalar mashinalar bilan, aniqrog’i, 
unumdorligi va asosiy parametrlari bo’yicha bir-biriga bog’liq bo’lgan 
mashinalar komplekti bilan bajariladi. 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin