A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


industrializatsiyalashtirish



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

industrializatsiyalashtirish
bu, 
kompleks 
mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan texnologik jarayonlarni, 
yig’ma, shu jumladan, zavodda tayyorlangan, qurilish mavsumini uzaytirishga 
va hatto ishlarni yil mobaynida bajarishga imkon beruvchi konstruktsiyalardan 
foydalaniladigan ilg’or usullarni qo’llaydigan qurilishdir. Yo’l qurilishini 
industrializatsiyalashtirish og’ir jarayonlarning kattagina qismini liniyaviydan 
statsionar sharoitga o’tkazishni ko’zda tutadi (jarayonlarni avtomatlashtirish va 
mexanizatsiyalashtirish, 
konveyerlashtirish, 
mahsulotning 
zavodda 
tayyorlanganligi, 
ishlab 
chiqarishning 
aniqligi). 
Masalan, 
avtomobil 
yo’llarining beton qoplamalari uchun temirbeton plitalarni, ko’priklar, binolar 
konstruktsiyalarining elementlarini ishlab chiqarish. 
Industrializatsiyalashtirish natijasida ish unumdorligi ortadi, qurilish 
muddati va qiymati qisqaradi, kapital mablahlar samaradorligi oshadi. 
Avtomobil yo’llari katta masofadagi deyarli tor tasmada taxminan bir 
turdagi ishlarning taqsimlanishi bilan ajralib turadi. Bunda barcha qurilish 
bo’linmalari ketma-ket harakatlanadi, shuning uchun ishlarning bu usuli oqimli 
deb ataladi. 
Avtomobil yo’llari qurilishini oqimli tashkillashtirish usulida bo’linmalar 
texnologik ketma-ketlikda uzluksiz va parallel tarzda harakatlanib, yo’l 
inshootlari yoki elementlari quriladi. Bunda bir uchastkada ishini bajarib 
bo’lgan mashinalar zvenosi texnologiya talablariga binoan boshqa uchastkaga 


20 
o’tadi. Qurilish bo’linmalarining ishlari bir-biri bilan hamda qurilishning ishlab 
chiqarish va yordamchi bo’limlari bilan uzviy bog’liq. 
1.1-rasmda qurilish oqimining barcha bo’linmalar bilan bog’liqlikdagi 
sxemasi berilgan. Barcha harakatlanadigan bo’linmalar kerakli ish jarayonlari 
va operatsiyalarni ketma-ket bajara turib, yo’l bo’ylab suriladi va ma’lum bir 
vaqt - smena, ikki-uch smena va hokazo oralig’ida yo’lning to’liq tugallangan 
uchastkalarini topshiradi. 
Ishlab chiqarishni ilmiy tashkillashtirish yutuqlari mashinalar saroyini 
oqilona taqsimlagan holda oqimlarni yaxshilash masalasini ko’tarishga imkon 
beradi. 
Oqim g’oyasi sanoatdan olingan bo’lib, yo’l qurilishiga o’tkazilgan. 
Farqi shundaki, sanoat konveyerida mahsulot ish joylari bo’ylab asta-sekin bir 
xil tezlikda harakatlanadi, 
yo’l qurilishida esa yo’l emas, balki 
mexanizatsiyalashtirilgan bo’linmalar ma’lum tezlikda yo’lda harakatlanadi. 
Yer 
ishlari 
Transport
xo’jaligi 
Qurilishni boshqarish 
Katta 
ko’prikla
r va 
boshqa
inshoot
lar
Yo’lni 
jihozlash 
Trassani 
tiklash
ishlarni 
ajratish 
Jamlang
an ishlar 
Kichik 
ko’priklar 
va 
quvurlar 
Yo’l 
to’shama
s

Yo’l 
mashinalari 
bazasi 
Konlar va 
relsli yo’lla

Temirbeton 
konstruksiyalar
zavodi 
Yo’lning yarim 
tayyor 
mahsulotlari 
zavodlari 


21 
Ishlarni bajarayotgan, bir-biri bilan bog’liq bo’linmalar oqim deb ataladi. 
Tarkibi va maqsadiga ko’ra oqimlar yakka, ixtisoslashtirilgan va ob’ektli 
oqimlarga bo’linadi. 
Yakka oqim -
inshootning biron-bir bitta elementini bajaradi, masalan, 
asosning qo’shimcha qatlami, asos yoki qoplama yoki hatto qoplamaning bir 
qatlami yoki yo’l poyini qurishdagi ayrim ishlar. 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin