A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


 - rasm. E taqsimlashning differentsial f(E) va integral F(E) egrilari



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

1.2 - rasm. E taqsimlashning differentsial f(E) va integral F(E) egrilari 
1.2 - rasmda yo’l to’shamasining egiluvchanlik modulini taqsimlashning 
oddiy qonunga bo’ysunadigan differentsial va integral egrilari keltirilgan. 
Oddiy 
taqsimlashdan 
foydalangan 
holda 
qurilayotgan 
yo’l 
to’shamasining mustahkamlik zaxirasini aniqlash mumkin. 
Yo’l to’shamasining bir xildagi o’rtacha mustahkamligida turli sifatga 
ega materiallarni qo’llash natijasida variatsiya koeffitsienti deb ta’riflanadigan 
mustahkamlikning o’zgaruvchanligi ortadi yoki kamayadi 
(1.4)
bu yerda: a
E
/E
o’r
- o’rtasha kvadratli og’ish va yo’l to’shamasi 
egiluvchanligining o’rtacha arifmetik moduli. 
r
o
Е
а
Е
а
С
'
/



28 
 
 
 
 
1.3 – rasm. Turli koeffitsientlar variatsiyasida yo’l to’shamasi mustahkamligining 
ta’minlanishi 
 
1.4- rasm. Turli koeffitsientlar variatsiyasida yo’l to’shamasi
mustahkamligining ta’minlanishi 
 
1.3 va 1.4 - rasmlarda variatsiya koeffitsientlarinig turli qiymatlarida
yo’l to’shamasinig
egiluvchanlik 
modulini differentsial taqsimlash 
ko’rsatilgan. Taqsimlash egrisi ostidagi shtrixlangan maydon hisobiy qiymatdan 
kam bo’lgan modulning paydo bo’lish ehtimoliga to’g’ri keladi.
(1.4) formulaga kiritilgan o’rtacha kvadratli va o’rtacha arifmetik 
og’ishlarning kattaliklari quyidagicha aniqlanadi: 


29 
(1.5) 
(1.6)
bu yerda: 
Ei-
o’lchangan egiluvchanlik modulining qiymati; 
n
- yo’l to’shamasi 
egiluvchanlik modulining o’lchangan qiymatlari soni. 
Tashkiliy-texnologik 
chora-tadbirlar 
yordamida yo’l to’shamasi 
mustahkamligining o’zgaruvchanligini sezilarli darajada kamaytirish mumkin, 
bu esa yo’l to’shamasi egiluvchanlik modulining o’rtacha qiymatiga bo’lgan 
talablarni kamaytirishga, ishonchlilikni kamaytirmaslikka imkon beradi. 
Masalan, agar texnologiya takomillashtirilganligi hisobiga mustahkamlik 
variatsiyasining koeffitsienti 20 dan 13,3% gacha (1.4-rasm) kamaysa, 
mustahkamlikning hisobiy qiymatiga erishish ehtimolini kamaytirmagan holda 
o’rtacha mustahkamlikni 22% ga kamaytirish mumkin. Bu, o’z navbatida, 
berilgan ishonchlilik darajasini ta’minlashga yoki proportsional tarzda o’rtacha 
mustahkamlikni, yo’l to’shamasini qurishga ketadigan materiallar sarfini va 
qurilish qiymatini kamaytirishga imkon beradi. 
Ishonchlilik nazariyasi va matematik statistikaning hisobiy usullari har 
qanday yangi jarayonlarni tadqiq qilish, masalan, ularni yaxshilash 
imkoniyatini aniqlash uchun qo’llanilmoqda. 
Shunday tadqiqot ishlari Litvaning ilmiy xodimlari guruhi tomonidan 
amalga oshirilgan (texnika fanlari doktori S.YU.Rokas - rahbar, texnika fanlari 
nomzodlari G. CH. Sivilyavichyus, YU. G. Xristauskas va boshqalar). 
Birinchi 
bosqichda 
butun 
Litva, 
Boltiqbo’yidagi va qisman 
Belorussiyadagi asfaltbeton qoplamalarning holati tahlil qilinib, ularning 
mustahkamligi va xizmat muddatini ta’minlashning mezoni asfaltbetonning 
,
1
'
n
Ei
E
n
i
r
o



,
1
)
(
'





n
E
E
a
n
l
i
r
o
i
l


30 
korroziyaga va yemirilishga chidamliligi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, 
boshqa regionlarga nisbatan qattiqroq talablar zarurligi; asfaltbetonni yanada 
yuqoriroq darajada shibbalash zarurligi, yanada pastroq qoldiqg’ovakligi va 
suvga to’yinishi, shuningdek mineral materiallar va yo’l asfaltbetonining 
sovuqqa chidamliligiga qattiqroq talablar kerakligi to’grisidagi xulosaga 
kelingan. Asfaltbeton zavodlar tekshirilganda ularning taxminan 75% 
qorishmani tekshirish davomida aniqlangan xatoliklar bilan doimiy tarzda 
tayyorlashlari belgilangan. Qorishmaning sifati ko’p jihatdan dozalashning 
aniqligi, tarkibining tabiiy variatsiyasi va o’zgaruvchanligi, shuningdek, 
g’alvirlanishining (groxochenie) aniqligiga bog’liqligini nazarda tutgan holda, 
qator xorijiy mamlakatlarda yo’l qo’yiladigan standart farq bilan qorishma 
komponentlarining tarkibi variatsiyasining haqiqiy o’rtacha qiymatlari 
taqqoslandi. Bu tekshiruv boshlanishida ish holatini baholashga imkon berdi.
Ma’lum bo’ldiki, masalan, mineral kukun bo’yicha farqlar boshqa davlatlar 
normalarida qabul qilinganidan deyarli 2 baravar ko’p miqdorni tashkil qilgan. 
Qoplamalar tekshirilganda butun qatnov qismning kengligi bo’yicha 
asfaltbetonning zichligida sezilarli farq aniqlangan. Yo’l chetlaridagi zichlik 
asfalt yotqizish mashinasi o’tgan o’rtadagi tasmalardagiga nisbatan eng kam - 
o’rtacha 4,2% ga kam chiqqan. Yo’l bo’ylab tekshirilgan zichlik ham turlicha 
chiqqan. Bir xil emasligining sabablari aniqlangan. Masalan, ko’p zavodlarda 
issiq g’alvir (groxochenie) bo’sh zveno chiqqan bo’lsa, qorishma yotqizilishida 
qorishmani uzatish ritmi va butun qatnov qismi bo’ylab bitta asfalt yotqizish 
mashinasi bilan yotqizilish ehtimoli va sh.k. 
Ishlar aniq tashkillashtirilganda qorishmani yotqizishda, shibbalovchi 
mashinalar ustidan nazorat qilishda farq kamayadi, bir xillik esa ortadi. Bundan 
tashqari, qoplamalardagi asfaltbetonning o’rtacha zichligi ortganda standart 
farqning o’rtacha qiymati sezilarli darajada kamayadi. Ushbu ilmiy va ishlab 
chiqarish jamoasining 3-4 yillik ishi davomida yo’llardagi qorishma va 
asfaltbetonning sifatidagi standart farqlar va o’rtacha qiymatlar sezilarli 


31 
darajada yaxshi tomonga o’zgaradi. Qoplamalarning foydalanish xususiyatlari 
ortadi. 
Bir necha yillar mobaynida doimiy nazorat 40 ga yaqin ABZni qamrab 
olgan. Dastlab har bir zavoddan bitumning donadorlik tarkibini aniqlash uchun 
namunalar olingan. Har bir aralashtirgichdan olingan hajm 50 namunani tashkil 
etgan. Sabablarni aniqlash va tavsiyalarni asoslashga oid keyingi ishlar har bir 
savol bo’yicha yuzlab namuna olishni talab qildi. 
Ishonchlilik va matematik arifmetika nazariyasi usullari, ko’rsatilgan 
sohadan tashqari, yo’l qurilishida ishlarni tashkillashtirishda, qayta qurish va 
barcha turdagi ta’mirlash ishlarida ko’p qo’llanilmoqda. Mazkur nazariy 
usullari negizida qurilish davomida yuzaga keladigan loyiha yechimlariga 
aniqliklar kiritishdagi boshqa masalalarni, masalan, materiallarni tejash yoki 
qatlam parametrlarini aniqlashni ham hal qilish mumkin. 


32 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin