23
mexanik xossalari bo’yicha bir xil bo’lishini;
qatlamni shibbalashda talab
qilinadigan o’rtacha haroratni, qatlamning zichligi, qalinligi va tekisligini
ta’minlash zarur.
Yo’l to’shamasining konstruktiv qatlamlarini noorganik bog’lovchilar
(sement) bilan ishlov berilgan materiallardan qurishda quyidagilarni ta’minlash
kerak: beton uchun dastlabki materiallarning tarkibi va fizik-mexanik xossalari
bo’yicha bir xilligini; sementbeton qorishmaning tarkibi, qulay yotqizilishi va
fizik-mexanik xossalari bo’yicha
bir xilligini; beton yotqizish mashinalari
komplektining barqaror texnologik ish tartibini; qorishma harakatchanligining
talab qilinadigan o’rtacha darajasini; yotqizilayotgan qatlamning qalinligi va
yotqizishdagi tekisligini; betonning qotish jarayonida uning namligi
barqarorligini; beton qotayotgan vaqtda avtomobillarning beton ustidan
harakatlanmasligini;
qurilish davomida destruktiv (buzilish) jarayonlarni bartaraf qilish yoki
kamaytirish va imkon qadar tuzilmaviy shakllanish jarayoni rivojlanishini
ta’minlash. Masalan, shibbalaganda toshchalarning bo’linib ketishi va ularning
burchaklari dumaloqlanishining oldini olish; betonga
samarali qarov orqali
harorat-cho’kish natijasidagi darz-yoriqlar paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik;
bitumning eskirish jarayonini sekinlashtirish; imkon darajasida qoplama ustki
qatlamining boshlang’ich foydalanish xususiyatlarini (mustahkamligi,
ravonligi, g’adir-budurligi) oshirish, masalan, bir xillik, mustahkamlik,
ravonlik, g’adir-budurlikni maksimal darajada oshirish hisobiga va sh.k.;
ish sifatini
boshqarishni tashkillashtirish, ya’ni barcha texnologik
operatsiyalarni bajarishda sifatini operativ nazorat qilish va nazorat natijalari
bo’yicha texnologik jarayonlar parametrlarini to’g’rilash. Beton yotqizish
mashinalari, asfalt yotqizgichlar, avtogreyderlarning ijro organlaridagi
kuzatish
tizimlari; konstruktiv qatlamlarning mustahkamligi va zichligini
harakat davrida (ularni tashiyotgan avtomobilni to’xtatmasdan) tekshirish
uchun avtomatlashtirilgan asboblar va qurilmalar; avtomatlashtirilgan sement
24
va asfalt zavodlarida (sementbeton qorishmasining namligi, harakatchanligini
avtomatik
boshqarish)
materiallar
sifatini
kirish
va
chiqishda
avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish bu shartni bajarishga misol bo’la oladi.
Natijada hamma mashinalar eng qulay texnologik tartibda bir maromda
ishlashlari kerak;
ishlarning
texnologiyasini iqlimiy, mavsumiy, tuproqli va boshqa
mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqib tayinlash; bu shartni bajarishda ishlar
texnologiyasi, tashkillashtirish, mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish
bir-biriga uzviy bog’liqligini nazarda tutish lozim.
Dostları ilə paylaş: