A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


III bob. YO‘LGA AJRATILGAN MINTAQANI TAYYORLASH



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

III bob. YO‘LGA AJRATILGAN MINTAQANI TAYYORLASH 
 
3.1 Trassani tiklash va mustahkamlash 
Joylarda yo‘l o‘qining holati (trassa) qidirish ishlarini olib borish 
jarayonida o‘rnatiladi va mustahkamlanadi. Ammo qidirish ishlarini olib borish 
vaqtidan yo‘lni qurishgacha ma'lum vaqt o‘tadi. Yo‘lni qurish uchun 
foydalanishga ajratilgan yer maydonining sharoiti o‘zgarishi, ayrim hollarda 
trassaning holatini ko‘rsatuvchi belgilar buzilishi mumkin. Shuning uchun 
qurilish ishlari boshlanguncha joylardagi yo‘l holatini qaytadan aniqlash va 
trassaning (3.1- rasm) mustahkamligini tiklash kerak. 
 
 


42 
 
3.1-rasm. Yo‘l o‘qini mustahkamlash chizmasi: 
 
a-trassaning egri bo‘lagida; 
b
-to‘g‘ri bo‘lakda; 
1
-yo‘lga ajratilgan mintaqa; 
2
-piketlar 
(nuqta va qoziqlar yozuvi bilan); 
3
-ko‘chiriladigan ustunlar belgisi bilan;
4
-ko‘chiriladigan qoziqlar; 
5
-toq piketlar; 
EB
-egrining boshi; 
EO
-egrining oxiri;
BU
-burilish uchi; 
T
-egrining tangensi; 
R
-egrining radiusi; 
V
-yo‘lga ajratilgan mintaqa 
kengligi
Trassa 
- yo‘lning geometrik o‘qining joylardagi holatini belgilovchi 
chiziq. Trassa ko‘tarmali joylarda yer yuzidan baland, o‘ymali joylarda – undan 
past bo‘lishi mumkin. Trassani belgilash bo‘lajak yo‘l poyi yaqinida 
joylashtirilgan reperlar yordamida amalga oshiriladi (reperlar – doimiy, belgisi 
ma'lum bo‘lgan nuqta o‘rniga mustahkamlangan bo‘ladi).
Avtomobil yo‘lini qurish topshirilgan quruvchi pudratchi tashkilotning 
o‘zi tarkibida yo‘lning hamma qurilish uzunligi bo‘yicha geodeziya belgilash 
ishlarini olib boradi. 
Ish boshlanishidan 10 kun avval byurtmachi tashkilotning hamma kerakli 
loyiha hujjatlari va tayanch to‘rini bildiruvchi geodeziya ma'lumotlarini, ya'ni 
joylarda qidirish ishlari olib borilganda aniqlangan, hamma reperlar va 
koordinatalari ma'lum bo‘lgan nuqtalarni (tayanch punktlar) pudratchining 
tashkilotga topshiradi. Byurtmachi tashkilot o‘zining geodeziya xizmati kuchlari 
yordamida joylardagi tayanch to‘rlarni tiklaydi va uni quruvchi tashkilotning 
geodeziya xizmatiga topshiradi.
Trassani tiklash joylarda inshootning asosiy o‘qlarini belgilash, 
shuningdek, yo‘l poyi va yo‘l inshootlarining hamma o‘qlari hamda nuqtalarini 


43 
tiklash va mustahkamlash bilan birgalikda tayanch to‘rlarini rivojlantirishdan 
iboratdir.
Hamma nuqtalarni saqlash uchun qurilish ishlari boshlanguncha ular 
joylarga mahkamlanadi. To‘g‘ri yo‘l bo‘laklarida mustahkamlash bir xil loyiha 
bo‘laklari chegarasida bajariladi.
Burilish burchagini uchida (BU) amaldagi burchak uchidan 0,5 m 
masofada, uning bissektrisasini davomida, ustunlarni ko‘mib o‘rnatib 
mustahkamlanadi. Bu ustunlarga egrining burchagi, radiusi, tangensi va 
bissektrisasi yoziladi.
Tog‘ jinslarida, trassadagi va ko‘chirilgan chiziqlardagi nuqtaning o‘rni, 
tog‘ jinsiga ikkita bir birini kesuvchi belgili ariqcha bilan belgilanadi. Nuqtalar 
toshlar bilan belgilanadi, yozuvlar yuvilmaydigan bo’yoq bilan tog‘ jinsiga yoki 
yirik toshga o‘yib yoziladi.
Nuqtaning balandligi relyefga bog‘liq bo‘lgan har 1000-2000 m oraliqda 
o‘rnatiladigan reperlar bilan belgilanadi. Bundan tashqari, avtomobil yoki temir 
yo‘li qirqishadigan yo‘l bo‘laklarida, sun'iy inshootlar oldida, daryolarning 
qirqishishida (ikkala qirg‘oqda), katta ko‘tarmalarda (balandligi 5 m dan katta) 
va chuqur o‘ymalarda (chuqurligi 5 m dan ko‘p) reperlar albatta o‘rnatiladi. 
Reperlar yo‘ldan chetga o‘rnatiladi va uncha chuqur bo‘lmagan ariqcha qazilib 
konus holida tuproq bilan ko‘miladi. Binolar asosi, ko‘priklar qozig‘i, yirik 
toshlar va tog‘ jinslaridan reper sifatida foydalanish mumkin. 
Trassani mustahkamlashdan tashqari, qurilish olib borish uchun 
tasdiqlangan loyihaga asosan qo‘shimcha bo‘lish ishlari olib boriladi, amaldagi 
reperlarning balandligi tekshiriladi, shuningdek, qo‘shimcha reperlar o‘rnatiladi. 
Trassani tiklashda joylarda rezerv va karyerlar, har xil ishlab chiqarish, 
yo‘l va transport xizmatini joylashtirish uchun ajratilgan qo‘shimcha yer 
bo‘laklari mustahkamlanadi. Bu ishlarni bajarish vaqtida yer bo‘lagining 
chegarasi borozdalar, ustunlar, ingichka prosekalar, ayrim daraxtlardagi belgilar 
bilan belgilanadi.


44 
Vaqtinchalik va doimiy foydalanish uchun yerni ajratishda tabiatni 
qo‘riqlashni hisobga olib, keraksiz yerni ishlatib, qishloq xo‘jalik yerlari va 
tabiiy resurslarini ratsional hisobga olinadi.
Mustahkamlangan yo‘l polosasi ajratilgan yer rejasi sifatida 
mustahkamlash jurnaliga yozilib, rasmiylashtiriladi va kerakli tashkilotlarda 
tasdiqlanadi. Agar belgilangan doimiy polosa atrofida bino va inshootlar bo‘lsa, 
unda ularning o‘rni, tuzilmasi va xolatini tavsiflovchi qo‘shimcha chizmalar 
chiziladi. 
Buzilishi kerak bo‘ladigan bog‘lar, qishloq xo‘jalik ekinlari va 
boshqalarga yerdan foydalanuvchi bilan birgalikda dalolatnoma tuziladi.
Ishni olib borishda uchun kerak bo‘ladigan va doimiy ajratilgan 
mintaqadan katta bo‘lgan vaqtincha ajratilgan xudud: yo‘l uchun ajratilgan 
yerning tasnifi va baxosiga, qo‘llanadigan mashina turiga, ishni usuli va 
quriladigan yo‘l poyining har ikki tomoniga gruntlarni va materiallarni olib 
kelish uchun yo‘lkchalarga, 
yo‘lda harakatlanishning to’xtatilishiga 
(sementobeton va asfaltobetonning qotishi va bosh.), shuningdek, qurilayotgan 
sun'iy inshootlar joyiga bog‘liq ravishda belgilanadi. 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin