2.3 Yo‘l poyini qurish bo‘yicha ish texnologiyasi va
bajarish muddati
Avtomobil yo‘llarini qurishda bajariladigan yer ishlari, odatda,
qurilayotgan yo‘l uzunligi bo‘yicha bir xil bo‘lmaydi. Yer ishlarining hajmi
ko‘tarmaning balandligi va o‘ymaning chuqurligiga qarab o‘zgarib turadi. Yo‘l
poyining tuzilmasi ham bu tavsiflarga va bundan tashqari, grunt-gidrogeologik
sharoitga qarab o‘zgaradi. Bularning hammasi, umuman olganda, ayrim
texnologik jarayonlarni yoki texnologiyaning o‘ziga xos farqlanishini belgilaydi.
Ammo yo‘l poyini qurishda quyidagi ish tarkibi o‘zgarmas hisoblanadi:
tayyorgarlik ishlari, ko‘tarmalarni qurish va o‘ymalarni o‘yishdagi asosiy ishlar,
pardozlash ishlari.
Tayyorgarlik ishlari
- trassani tiklash, doimiy va vaqtinchalik
foydalanish uchun yer yuzasini ajratish va mustahkamlash, ajratilgan
yo‘lakchani tozalash, ishni belgilash, suv olib ketuvchi ariq va drenajlarni
qurishdan iborat.
38
Asosiy ishlar
– bularga o‘ymani o‘yish va ko‘tarmani qurishdagi asosiy
ishlar kiradi. Asosiy ishlar gruntlarni bo‘shatish va kavlash, uni ko‘tarma
qurilayotgan joyga yoki yo‘l qurilayotgan joydan tashqariga tashish qilish,
gruntlarni yoyish va zichlash kabi boshqa texnologik jarayonlarni qamrab oladi.
Pardozlash ishlari
– yo‘l poyi yuzasini tekislash, ko‘tarma va o‘ymaning
yon qiyaliklarini va ariqlarni suv yuvmasligi uchun mustahkamlash, keyinchalik
foydalanish uchun vaqtincha bir chekkaga chiqarib qo‘yilgan o‘simlik qatlamini
tiklash.
Murakkab yoki maxsus sharoitlarda, masalan, botqoqliklarda, tog‘li
hududlarda, abadiy muzlik sharoitlarida maxsus ishlar yoki texnologik
jarayonlar bajariladi: torf olib tashlanadi, portlatish yo‘li bilan tog‘ jinslari
bo‘shatiladi, to‘suvchi qatlamchalar quriladi. Har bir ish turi uchun kam mehnat
va boshqa resurslar ishlatib, uzoq xizmat qiluvchi mustahkam turg‘un yo‘l
poyini qurishni taminlovchi texnologiya bo‘yicha qurilish ishlari bajarilishi
kerak.
Yer ishlari har xil mashinalar yordamida bajariladi, ishning kerakli
sifatini ta'minlanishi uchun ularni shunday tanlash kerakki, har bir mashindan
to‘liq foydalanilsin. Bu esa ish unumdorligini oshishiga va ishning tannarxi
kamayishiga olib keladi.
Turli sharoit va texnologik jarayonlar uchun mashinalarni tanlash har xil
variantlarning xisobi va texnik-iqtisodiy solishtirish asosida olib boriladi.
Gruntlarni kavlash va tashish qilishda asosiy ishlar uchun: gruntlarni 100
m masofagacha surishda buldozerlar; tashish masofasi 100 m dan ortiq va
yaxshi grunt sharoitida skreperlar; har qanday gruntni kavlashda ekskavatorlar
qo‘llanadi. Transport vositalari tashish masofasi va o‘tish sharoitiga bog‘liq
ravishda tanlanadi. Ekskavatorlar, ayrim hollarda boshqa mashinalar bilan
birgalikda ishlatiladi, masalan, buldozerlar yoki skreperlar bilan. Juda
mustahkam gruntlar portlatib yumshatiladi.
39
Ekskavator bilan birgalikda o‘ziyurar yuklagichlar ishlatiladi. Ular yengil
gruntlarni mustaqil ravishda kavlaydi, mustahkam gruntlarda, ularni kavlash
uchun, bo‘shatkichlar yoki buldozerlar ishlatiladi, yuklagichlar faqat gruntni
ortadi.
Yer ishlarini bajarish jarayonida mashinalarni tanlashda ish hajmi va
ularni bajarish muddati hisobga olinadi. Katta hajmdagi kuzovli yoki
cho‘michli kuchli mashinalarni ishlatish ko‘p samara beradi, ammo buning
uchun ish hajmi ularning to‘xtovsiz ishlashi uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Mashinalarni tanlashda muqobil variant har xil variantlarning texnik-
iqtisodiy ko‘rsatkichlari: ishning narxi, energiya sarfi, bitta ishchiga to‘g‘ri
keladigan ish hajmi va boshqalar asosida solishtirib aniqlanadi.
Qurilayotgan avtomobil yo‘lining har bir bo‘lagini ketma-ket o‘rganib yer
ishlarini bajarish usullari: joylardagi sharoitga bog‘liq holda berilgan yo‘l
bo‘lagida yo‘l poyi tuzilmasi; karyer va o‘ymada gruntlarning joylashishi;
joyning relyefi; mashinalar harakati uchun vaqtinchalik yo‘lni qurish imkoniyati
va boshqalarga qarab belgilanadi.
Har bir yo‘l bo‘lagi uchun belgilangan usulga mos ravishda yetakchi
mashinaning varianti tanlanadi va har bir variant uchun asosiy texnik-iqtisodiy
samara ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Yer ishlarini yilning eng yaxshi sharoitli kunlarida, gruntlar
muzlamaganda va namligi unchalik ko‘p bo‘lmaganda, ya'ni namlik ruxsat
etilgan muqobil miqdordan oshmaganda bajarish kerak. Gruntli yo‘llarda
(zemlevoz yo‘llari) mashinalarning harakatlanishi katta ahamiyatga ega. Bunda
yilning yaxshi sharoitli kunlari, iqlimi mo’tadil bo‘lgan tumanlarda, bahorgi-
yozgi va ko‘pincha kuzgi davri hisoblanadi. Aprel oxiridan oktyabrning
uchinchi dekadasi boshigacha gruntlarning tabiiy namligi muqobil namlikka
yaqin bo‘ladi, gilli gruntlar yer ishlari mashinasining ishchi qismiga yopishib
qolmaydi, qumli gruntlar, aksincha, bir qancha bog‘liqlikka ega, shuning uchun
ish olib borishga yaxshi sharoit yaratilgan bo‘ladi. Bularning barchasi ish sifatini
40
va yo‘l poyini qurishda ishtirok etuvchi mashinalarning kerakli ish
unumdorligini ta'minlaydi.
Bunday yaxshi sharoitli kunlarning boshlanish va tugallanish muddati har
xil geografik sharoitli tumanlarda ishchi smenaning sonini hisoblash uchun
kerakli ma'lumotlar hisoblanadi.
Yer ishlarini faqat bahorgi, yozgi va kuzgi davrlarda gina emas, qish
oylarida ham bajarish mumkin, ammo bu, odatda, qo‘shimcha material
resurslari, qorni tozalash muzlagan gruntni bo‘shatish, muzlashning oldini olish
kabi tadbirlarni talab qiladi.
Ayrim tumanlarda qishda ish sharoiti yaxshi hisoblanadi. Masalan,
gruntlar kam muzlaydigan, qor qoplamaydigan yoki kam qalinlikda bo‘ladigan
qurg‘oqchil tumanlarda, qish davri yer ishlarini bajarish uchun yaxshiroq,
chunki namlik miqdori katta bo‘ladi.
Ayrim hollarda gruntlarning muzlashi musbat omil hisoblanadi va yer
ishlarini bajarish uchun vaqtni tanlashda asosiy hal qiluvchi bo‘lishi mumkin.
Masalan, botqoqlik tumanlarida yoz oylarida gruntli yo‘llarda transport
mashinasini yurishi qiyin kechadi, ayrim hollarda mumkin bo‘lmaydi, shuning
uchun qishda yer ishlarini bajarish murakkab bo‘lishiga qaramasdan, bunday
yechim ratsional yoki yagona bo‘lishi mumkin.
Qoyaning tog‘ jinsli gruntlarni ishlashda muzlash amalda ahamiyatga ega
emas.
Odatda qish vaqtlarida mashinalar bo‘sh turmasligi uchun yer ishlarining
bir qismi bajariladi, bu, yozda transport vositalariga talab eng ko‘p bo‘lgan
vaqtda gruntni tashishda ularning sonini kamaytirish imkonini beradi.
Yo‘l poyi, odatda, vaqtliroq bajariladi. Yo‘l poyida xosil bo‘ladigan
deformatsiyani tuzatish imkoni bo‘lishi uchun, yo‘l to‘shamasini qurish, yer
ishlaring bajarib bo‘lgandan so‘ng, bir yildan keyin amalga oshiriladi.
Bu shart kapital turdagi qoplamali yo‘llarni qurishda majburiy
hisoblanadi. Yengillashtirilgan yoki o‘tuvchi turdagi qoplamani qurishda,
41
shuningdek, katta bo‘lmagan ko‘tarmalar va o‘ymalarda yo‘l to‘shamasini yo‘l
poyi qurilgandan so‘ng qurishga ruxsat beriladi. Bu holatda qurilishning
umumiy muddati 2 yildan kam bo‘ladi va yer ishlarini olib borish uchun kerakli
vaqt yo‘l to‘shamasini qurish vaqtiga bog‘liq holda belgilanadi.
Yer ishlari va yo‘l to‘shamasini barobar olib borishda iqlim sharoiti
yomonlashishi bilan yer ishlarining bajarilishi tasodifan ushlanib qolishi, ayrim
mashinalarning buzilib qatordan chiqishi kabiholatlar sababli ularning orasida
tayyor yo‘l poyi bo‘lagi bo‘lishi kerak. Tayyor yo‘l poyi bo‘lagini qiymati yo‘l
to‘shamasini qurish jadalligiga va qurilishdagi boshqa aniq shartlarga bog‘liq
bo‘ladi.
Yer ishlarini olib borish muddatini aniqlash bilan bog‘liq hisob ishlarini
bajarishda bunday kutilmagan omillarni ko‘zda tutish kerak.
Qish vaqtlarida iqlim sharoiti, gruntning tasnifi, namligi va muzlashini
hisobga olib yer ishlarini olib borishni muddati belgilanadi.
Kalendar kunlar va ishchi smenaning soni, alohida qurilish olib borish
uchun yaxshi bo‘lmagan davrni chiqarib tashlab, hisoblab aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |