Serverlar ma’lumotlarni
saqlashi, ma’lumotlar bazasini boshqarishi,
masalalarni
masofadan qayta ishlashi, masalalarni bosib chiqarishi va boshqa bir
qator vazifalarni bajarishi mumkin.
Ishchi stansiya - tarmoqqa ulangan shaxsiy kompyuter, foydalanuvchi shu
orqali axborot resurslariga kirib boradi.
Tarmoqning ishchi stansiyasi xam tarmoq, xam lokal rejimida ishlaydi. U
shaxsiy operatsion tizim (MS-DOS, Windows va xokazo) bilan ta’minlangan
amaliy vazifalarni xal etish uchun foydalanuvchini barcha
zarur vositalar bilan
ta’minlaydi. Server turlaridan biri - fayl-serverga (File Server) aloxida e’tibor berish
kerak.
Fayl-server tarmoqdan foydalanuvchilarning ma’lumotlarini saqlaydi va
ularning ushbu ma’lumotlarga kirishini ta’minlaydi.
Bu kompyuter katta xajmdagi
tezkor xotiraga, katta xajmdagi qattiq diskka ega.
U maxsus operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlaydi.
Fayl-server
quyidagi
vazifalarni
bajaradi:
ma’lumotlarni saqlash,
ma’lumotlarni arxivlash, ma’lumotlar o‘zgarishini
sinxronlash, ma’lumotlarni
uzatish.
Ko‘pgina vazifalarni bajarishda bitta fayl-serverdan foydalanish kamlik
qiladi. Bu paytda tarmoqqa bir qancha fayl-serverlar qo‘shilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: