Stansiya -
axborot uzatish va qabul qilish bilan bog‘lik vazifalarni bajaruvchi
apparatura.
Abonent va stansiya majmuini abonent tizimi deb atash qabul qilingan.
Abonentlarning o‘zaro aloqasini tashkil etish uchun uzatuvchi moddiy vosita kerak.
Uzatuvchi moddiy muxit bu aloqa tarmog‘i yoki elektr signallari
tarqatiladigan kenglik va ma’lumotlarni uzatish apparaturasi.
Bunday yondashuv xar qanday kompyuter tarmog‘ini abonentlar tizimi va
kommunikatsiya tarmog‘ining majmui sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi.
Hisob
lash tarmog‘ining tasnifi
Abonent tizimining xududiy joylashuviga ko‘ra hisoblash tarmog‘ini
uchta
asosiy sinfga bo‘lish mumkin:
global tarmoqlar (WAN - Wide Area Network);
mintaqaviy tarmoqlar (MAN - Memrorolitan Area Network);
lokal tarmoqlar (WAN - Local Area Network).
Global hisoblash tarmog‘i turli mamlakatlarda, turli qit’alarda joylashgan
abonentlarni birlashtiradi. Abonentlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa telefon tarmog‘i,
radio-aloqa va yo‘ldosh orkali aloqa tizimi bazasida amalga oshiriladi. Global
hisoblash tarmog‘i barcha insoniyatning axborot resurslarini
birlashtirish va ushbu
resursga kirishni tashkil etish muammosini xal etadi.
Regional (mintaqaviy) tarmoqlar bir-biridan ma’lum bir masofada joylashgan
abonentlarni bog‘laydi. U aloxida mamlakatning katta shaxridagi, iqtisodiy
mintaqadagi abonentlarni o‘z ichiga oladi. Mintaqaviy hisoblash tarmog‘ining
abonentlari orasidagi masofa o‘nlab, yuzlab km ni tashkil qiladi.
Lokal hisoblash tarmog‘i uncha katta bo‘lmagan xududda joylashgan
abonentlarni birlashtiradi. Hozirda lokal hisoblash tarmog‘i tarqalgan xududda aniq
chegara yo‘q. Odatda bunday tarmoq aniq bir joyga bog‘langan.
Lokal hisoblash
tarmog‘iga mansub sinfga aloxida korxonalar, firmalar, banklar, ofislar tarmog‘i
kiradi. Bunday tarmoq 2-2,5 km xududni qamrab oladi.
Global, mintaqaviy (regional), lokal hisoblash tarmoqlari ko‘p tarmoqli
ierarxiyani tashkil etadi. Ular ulkan axborot to‘plamini
qayta ishlovchi kuchli
iqtisodiy vositani yaratib, cheksiz axborot resursiga kirish imkonini beradi. Lokal
hisoblash tarmog‘i mintaqaviy tarmoq tarkibiga komponent sifatida kirishi mumkin.
Mintaqaviy tarmoq global tarmoqqa kirishi va nixoyat,
global tarmoq murakkab
tuzilmani tashkil etishi mumkin.
Misol. INTERNET kompyuter tarmog‘i mashxur global tarmoq hisoblanadi.
Uning tarkibiga ko‘pgina erkin birlashgan tarmoqlar kiradi. INTERNETga kiruvchi
xar bir tarmoq ichida aniq aloqa tuzilmasi va ma’lum boshqaruv tarkibi mavjud.
INTERNET ichida ma’lum bir foydalanuvchi uchun turli tarmoklar o‘rtasidagi
birlashish tuzilmasi va usullari xech qanaqa axamiyatga ega emas.
Hozirdagi kunda xar qanday boshqaruv tizimining ajralmas unsuri bo‘lib
qolgan shaxsiy kompyuterlar lokal hisoblash tarmog‘i yaratish borasida shov-shuvga
sabab bo‘lmoqda. Bu xam o‘z navbatida zamonaviy axborot texnologiyasini ishlab
chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi.
SHaxsiy kompyuterlar fan va texnika, ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida
qo‘llash amaliyoti shuni ko‘rsatdiki, hisoblash texnikasini
tatbiq qilishda aloxida
SHK emas, balki lokal hisoblash tarmoqlari ko‘proq samara beradi.
Xar
qanday
kommunikatsiya
tarmog‘i
albatta
quyidagi
asosiy
komponentlarni: uzatish (peredatchik), xabar, uzatish vositasi, qabul qilish
(priyomnik)ni o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: