A. G. Abdukadirov 2017 y


Ko‘p mashinali hisoblash kompleksi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/42
tarix22.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#134093
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
395121 (1)

Ko‘p mashinali hisoblash kompleksi 
Ko‘p mashinali hisoblash kompleksi - qator o‘rnatilgan hisoblash mashinalari 
guruxi bo‘lib, maxsus tutashtiruvchi vosita yordamida birlashtirilgan. Ular 
birgalikda yagona axborot jarayonini bajaradi. 
Ko‘p mashinali hisoblash kompleksi quyidagicha bo‘lishi mumkin: 

lokal-kompyuterlar bitta binoda o‘rnatilgan sharoitda o‘zaro aloqa uchun 
maxsus asbob-uskuna va aloxida aloqa kanali talab qilmaydi; 

masofali (distansion) - kompleksning ayrim kompyuterlari markaziy 
EXMdan ma’lum masofada o‘rnatilgan bo‘ladi va bu ma’lumotlarni uzatish 
uchun telefon aloqa kanallaridan foydalaniladi. 
1-misol. Axborotlarni paketli qayta ishlash rejimini ta’minlovchi meynfreym 
turidagi EXMga bog‘lovchi qurilma yordamida mini EXM ulangan. xar ikki EXM 
bitta mashina zalida turibdi. Mini EXM keyinchalik meynfreymdagi murakkab 
masalalarni echishda foydalaniladigan ma’lumotlarni tayyorlaydi va oldindan qayta 
ishlab chiqadi. Bu ko‘p mashinali lokal kompleks sanaladi. 
2-misol. qayta ishlanishga keladigan masalalarni qayta taqsimlash uchun 
kompleksga uchta EXM birlashtirilgan. Ulardan biri dispetcherlik vazifasini 
bajaradi va qayta ishlovchi qolgan ikkita EXMdan birining bandligiga ko‘ra 
masalalar taqsimlanadi. Bu lokal ko‘p mashinali kompleks. 


3-misol. EXM ayrim mintaqalar bo‘yicha joylashtirish yig‘adi, ularni 
oldindan qayta ishlab chiqadi va keyinchalik foydalanish uchun telefon aloqa kanali 
orqali markaziy EXMga uzatadi. Bu masofali ko‘p mashinali kompleks. 
Kompyuter (hisoblash) tarmog‘i - bu, ma’lumotlarni taqsimlab qayta 
ishlash talablarini qondiruvchi yagona tizimga aloqa kanali yordamida ulangan 
kompyuterlar va terminallar jamlanmasidir. 
Kompyuter tarmog‘ining umumlashgan tuzilmasi 
Kompyuter tarmog‘i ko‘p mashinali assotsiatsiyaning oliy shakli sanaladi. 
Kompyuter tarmog‘ining ko‘p mashinali hisoblash kompleksidan asosiy farqini 
ko‘rsatamiz. 
Birinchi farq - xajm, o‘lcham. Ko‘p mashinali hisoblash kompleksi tarkibiga 
odatda bitta binoda joylashgan ikkita, ko‘pi bilan uchta EXM kiradi. Hisoblash 
tarmog‘i bir-biridan bir necha metrdan tortib o‘n, yuz va xatto ming km uzoqda 
joylashgan o‘nlab, yuzlab EXMdan iborat bo‘lishi mumkin. 
Ikkinchi farq - vazifalarning EXMlar o‘rtasida bo‘linishi. Agar ko‘p 
mashinali hisoblash kompleksida ma’lumotlarni qayta ishlash, ularni uzatish va 
tizimni boshqarish bitta EXMda bajarilgan bo‘lsa, hisoblash tarmog‘ida bu vazifa 
turli EXMlar o‘rtasida taqsimlangan. 
Uchinchi farq - tarmoqda hisoblarni marshrutlashtirish vazifasini xal etish 
zarurligi. Tarmoqda xar bir EXMdan boshqasiga EXMlarni bir-biri bilan bog‘lovchi 
aloqa kanallarining axvoliga qarab uzatilishi mumkin. 
Hisoblash texnikasini, aloqa apparaturalari va ma’lumotlarni uzatish 
kanallarini bitta kompleksga birlashtirish ko‘p mashinali assotsiatsiyaning xar bir 
elementi tomonidan o‘ziga xos talablar so‘raydi, shuningdek maxsus atamalarning 
shakllanishini talab qiladi. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin