vaziyatni qulay deb baholash mumkin. Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi davlatlarida yoshlar erta
nikohga kiradi. G’arbiy Yevropada esa aksincha. Nikoh qurish jamiyatda avlodlar almashinuvi uchun
zamin bo’lib xizmat qilsa, ajralish tug’ilish darajasini sezilarli pasayishiga sabab bo’ladi. Qaerda
ajralishlar ko’p bo’lsa, o’sha hududda tug’ilishning pastligini kuzatmiz.
Ajralishning oldini olish,
tug’ilish darjasini bir me’yorda boshqarish davlat ahamiyatiga ega masala hisoblandi. SHu boisdan
demografik jaryonlarni nazorat qilish, ba’zi xollarda choralar ko’rish, tug’ilish ko’rsatkichiga ta’sir
etish maqsadlarida har bir davlat tomonidan “demografik siyosat” yuritiladi. Aholining tabiiy o’sishi
past bo’lgan geografik huddlrd tug’ilishni ko’paytirishga qaratilgan siyosat olib boriladi. Bunda aholi
ham moddiy ham ma’navi rag’batlantiriladi, yosh oilalar uchun sharoitlar yaratiladi, yuqorida
keltirilgan ajralishlar davlat tomonidan nazoratga olinadi va hokazo. Hozirda bunday tug’ilishni
ko’paytirishga qaratilgan siyosat g’arb davlatlarida yurg’izilmoqda. Aksincha tug’ilishni
cheklash
degan siyostni ilgari surayotgan davlatlar ham mavjudki, bular tabiiy ravishda aholisi tezlik bilan
ko’payotganligi sabab shunday siyosat olib borishga majbur. Tug’ilishni cheklash siyosati
rivojlanyotgan Osiyo mamlakatlariga xos va mos. Jumladan, aholisining o’sish sur’ati baland bo’lgan
Xitoy, Hindiston, Indoneziya kabi davltlrd dunyo aholisining 41.0 foizi yashaydi.
Xitoyda erta oila
qurish, ikkitadan oshiq farznda o’rish butunlay man etilgan.
Tug’ilishga ta’sir etuvchi omillarning ta’siri turli geografik hududda bir xil emas. Bu esa uning
ko’rsatkichlarining turli joyda xilma-xil bo’lishiga olib keladi. Demak aholi takror barpo bo’lishida,
o’sish sur’atining pasayishida yoki ko’tarilishida tug’ilish alohida ahamiyat kasb etadi deyish
maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: