A h o L i g e o g r a f I y a s I v a d e m o g r a f I y a a s o s L a r I


Aholi takror barpo bo’lishining zamonaviy tiplari: kengaygan, oddiy va qisqargan aholi



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/67
tarix15.03.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#87870
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67
солиев и р . ахоли географияси мажмуа

Aholi takror barpo bo’lishining zamonaviy tiplari: kengaygan, oddiy va qisqargan aholi 
takror barpo bo’lishi. Aholi takror barpo bo’lishida muhim xisoblangan omillarni o’rganar ekanmiz 
mintaqalar doirasida aholi takror barpo bo’lishining bir-biridan farq qiluvchi tiplarini kuzatamiz. 
Birinchi tip- bu guruhga kiruvchi davlatlarda yashovchi aholi o’z-o’zini qayta tiklamaydi. O’lib 
ketayotganlar mutloq miqdori hayotga yangi kelayotganlar miqdoridan ortiq. Mazkur guruh 
davlatlarini “depopulyatsiya” davlatlari deb ham atash mumkin. Bularga Yevropa, Boltiqbo’yi 
davlatlari, SHimoliy Amerikadagi ma’lum bir davlatlarni, Yaponiya, Gruziya, Armaniston, Rossiyani 
kiritish mumkin. 
Ikkinchi tip- aholining umumiy soni oshmaydi, bu tipdagi davlatlar aholisida tug’ilish bilan 
o’lim ko’rsatkichi deyarli teng. Aholi soni haddan tashqari ko’payib yoki kamayib ketmaydi. 
Aholining ma’lum bir miqdori ushlanib turadi. Ushbu tipdagi davlatlar aholi takror barpo bo’lishining 
oddiy tipiga kiruvchi davlatlar deb ham ataladi. 
Uchinchi tip- davlatlariga tug’ilish miqdori, hayotdan o’tib ketayotganlar miqdoridan ancha 
katta ko’rsatkichga ega. Aholi tarkibida progressiv yosh tarkibidagilar soni o’sib boradi. Keksa va 
qariyalar salmog’i kam sonli, bolalar, yoshlar ko’pchilikni tashkil etgan holda aholi takror barpo 
bo’lishi ijobiy baholanadi. 
Aholi takror barpo bo’lishining kengaygan deb ataluvchi tipiga Afrikaning barcha davlatlari, 
Xorijiy Osiyo, Janubiy Amerikaning qator davlatlari, Avstraliya va Okeaniya, O’rta Osiyo davlatlarini 
kiritish mumkin. Mazkur davlatlarga tug’ilish miqdorining ko’pligiga qator omillar sabab bo’lib u o’z 
navbatida bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi. Tug’ilish va o’lim 
ko’rsatkichlari orasidagi katta farqlar aholi takror barpo bo’lishi ko’rsatkichlarining bir-biridan keskin 
ajralishlariga sabab bo’ladi. Aholi takror barpo bo’lishining asosiy jrayonlari bo’lgan tug’ilish va o’lim 
darajasidagi o’zgarishlar aholi takror barpo bo’lishida ham sezilmasdn qolmaydi. Natijada aholi takror 
barpo bo’lishida bir turdan, ikkinchi o’tish boshlnadi. Buni fanda “demografik o’tish” deb nomlanadi. 
Manbalarda ko’rsatilishicha aholi takror barpo bo’lishining dastlabki davrlarid tug’ilish ham 
o’lim ham yuqori bo’lgan natijada tabiiy o’sish juda past ko’rsatkichni tashkil etgan. 
Ikkinchi davri XIX asrlarga borib taqaladi. Bunda tug’ilish yuqori, o’lim birmuncha me’yoriy 
holatda bo’lib aholi tabiiy o’sishi oldingiga nisbatan baland bo’lgan. 
Aholi takror barpo bo’lishining kengaygan yana bir uchinchi yangi tipida o’lim o’zining eng 


past ko’rsatkichiga ega bo’ladi, tug’ilish yuqoriligicha saqlanib turadi. Natijada aholining tezlik bilan 
o’sishi kuzatiladi. Rivojlanayotgan davlatlarda kuzatilgan bu vaziyat 1950-1970 yillarga to’g’ri 
keladi. Huddi shu 1950-70 yillarda aholi o’sishi uning geografik joylashuvid ham aks etadi. Yer 
yuzining barcha mamlakatlarida aholining ko’payishida o’sish qayd etildi. 
Navbatdagi tipda tug’ilish ham o’lim singari kamaya boradi, aholi tarkibid keksalar salmog’i 
oshadi. Yuqorida misol qilib keltirilgan Yevropa davlatlari uchun aholi takror barpo bo’lishining 
aynan shu oddiy tipi xos. Bu tipdgi davlatlard aholi o’rtacha umr ko’rish yoshi uzayadi, biroq o’lim 
borgan sari oshib boradi. Oqibatda tug’ilish bilan o’lim tenglashib, tabiiy ko’payish jarayoni manfiy 
tus oladi. Hozirgi vaqtda yer yuzidagi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar aholisi takror barpo 
bo’lishi bir-biridan keskin farq qilmoqda. Bu esa aholi takror barpo bo’lishini yirik ikki tipga
ajratishni zarurligini ko’rsatmoqda. Qolganlari shu ikkalasi o’rtasidagi oraliq tip sifatida xizmat qildi. 
Tadqiqotlardan rivojlanayotgan davlatlarda ham tug’ilish borgan sari kamayayotganligigi, 
o’lim ko’rsatkichini pasaytirishga urinishlar, keyinchalik kengaygan aholi takror barpo bo’lishi o’rnini, 
oddiy ko’rinishdagisi egallashidan dalolat beradi. 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin