II. AMALIY MASHG’ULOTLAR
Amaliy mashg’ulotlarning tavsiya etilgan mavzulari
Har bir amaliy mashg’ulot, dastlab ishning maqsadini va mavzuga oid nazariy bilimlarni
qisqacha yoritishdan boshlanadi. So’ng ishni bajarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar va qo’yilgan
maqsadni amalga oshirish uchun talab qilingan
vazifalar aniq belgilanib, ishni bajarish tartibi esa
qo’yilgan vazifalar ketma-ketligiga asoslanadi. Barcha ishlar olingan
natijalarning tahlili bilan
yakunlanadi.
Amaliy mashg’ulotlarda talabalar turli statistik ma’lumotlar, manbalarga tayangan holda
demografik
jarayonlarni, aholi takror barpo bo’lish qonuniyatlarini tahlil qilishni o’rganadilar.
Amaliy mashg’ulotlar multimediya qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akadem
guruhga bir o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi lozim. Mashg’ulotlar
faol va interaktiv usullar
yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanilishi
maqsadga muvofiq.
1-mavzu. Aholi sonining mutloq va nisbiy ko’rsatkichlarini hisoblash
Amaliy mashg’ulot maqsadi:
Talabalarda demografiya fani, uni alohida fan sifatida
shakllanish tarixi, fandagi asosiy
tushunchalar va tamoyillar, tadqiqot usullari va boshqa fanlar bilan
aloqasi haqida bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Amaliy mashg’ulot topshiriqlari:
1. Demografiyaning alohida fan sifatida rivojlanishi va uning asosiy bosqichlari haqida tushuncha
bering.
2. Demografiyaning fanlar tizimi va tarkibini tushuntiring.
3. Demografiyani boshqa fanlar bilan aloqasi haqida yozma tavsif bering.
4. Fanning ob’ekti, predmeti va asosiy vazifalarini tushuntiring.
5. Fandagi asosiy tushunchalar (demografiya, aholi,
aholishunoslik, aholi takror barpo bo’lishi,
demografik jarayonlar, demografik xulq, demografik vaziyat, demografik tarkib, demografik hodisa)ga
ta’rif bering.
Dostları ilə paylaş: