Tuzuvchilar:
I.R.Soliyev
NamDU Geografiya kafedrasi kata o’qituvchisi., g.-m.f.f.d.
Taqrizchilar: Sh.Jumaxanov, NamDU, geografiya
fanlari nomzodi, dotsent.
A.Baratov, NamDU, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
O’quv uslubiy majmua Namangan davlat universiteti Kengashininig 2021 yil 27-
avgustdagi 1" - son yig’ilishida ko’rib chiqilgan va ishlatishga tavsiya etilgan.
I. O’QUV MATERIALLARI
Ma’ruza 1: Aholi geografiyasi: obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari.
Reja:
1. Aholi geografiyasi fanining shakllanish bosqichlari va rivojlanish omillari.
2. Uning fanlar tizimidagi o’rni, boshqa fanlar bilan fanlararo aloqalari.
3. Fanning obyekti, predmeti, maqsadi va asosiy vazifalari.
4. Tadqiq etish metodlari.
5. Aholi geografiyasi fanining asosiy bo’limlari va muammolari.
Tayanch tushunchalar (kalit so’zlar): Aholi geografiyasi, bashoratlash, aholi siyosatlari,
statistik tahlil, aholining sifatiy xususiyatlari, o’sishi yoki kamayishi, demografik siyosat, demografik
bashorat.
Aholi geografiyasi fanining shakllanish bosqichlari va rivojlanish omillari. Geografik
ta’lim tizimida aholi haqidagi bilimlar muhim o’rinni egallaydi. Yer kurrasi, uning alohida
hududlarini, davlatlarni geografik tahlil etish uch qismdan iborat bo’lib, ular o’rganilayotgan
hududning tabiati, aholisi va xo’jaligini tashkil etadi.
Aholi deganda ma’lum hududda yashovchi kishflar guruhi tushuniladi. Mazkur guruhlar
zaminida jamiyat shakllanadi. Yer kurrasada insoniyat paydo bo’lganidan to hozirga qadar bir qancha
davrlar o’tdi.
Ana shu davrlarda inson, jamiyat o’z mavjudligini saqlash va rivojlanish uchun
muntazam harakat qilib keldi. Ushbu jarayonda aholi tabuy resurslardan foydalanib, moddiy ehtiyoji
uchun
zarur vositalarni yaratdi, xo’jalik tizimini barpo etdi, rivojlantirdi. Ana shunga monand yer
kurrasida aholi va aholi maskanlarining soni ham ko’payib bordi. Demak jamiyatni rivojlanishida uch
asosiy omil – aholi, tabuy resurslar va xo’jalik rivojlanishining o’zaro bog’liqligi va undagi hududiy
munosabatlar geografiya faruning asosiy ob’ekti hisoblanadi.
1
Geografiya fani esa o’z navbatida o’rganish predmeti, maqsadi va mohiyatiga qarab bir nechta
qismlarga bo’linadi.
Ularga shartli ravishda tabiiy (tabuy
geografiya, umumiy yer bilimi,
landshaftshunoslik, paleogeografiya,
geomorfologiya, iqlimshunoslik, gidrologiya, biogeografiya,
tuproqshunoslik),
sotsial (umumiy sotsial–iqtisodiy geografiya, aholi va mehnat resurslari
geografiyasi, siyosiy geografiya, sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, xizmat ko’rsatish, madaniyat va
boshqalar geografiyasi),
tabuy–sotsial (ijtimoiy
ekologiya, geoekologiya, tarixiy, tibbiy, rekreatsion
geografiya, okeanlar geografiyasi, resursshunoslik va tabiatdan foydalanish) va
geografiyaga bilvosita