A h o L i g e o g r a f I y a s I v a d e m o g r a f I y a a s o s L a r I



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/67
tarix15.03.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#87870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
солиев и р . ахоли географияси мажмуа

dahldor fanlar (kartografiya, geografiya tarixi, toponimika, metageografiya) qismlarini kiritish 
mumkin
2

Aholini o’rganish, u haqida bilimlar to’plash juda qadimiy tarixga egadir. Antik davrga oid 
qo’lyozmalarda dunyodagi turli davlatlar tabiati, aholisi, xo’jaligi, shaharlari, aholining turmush tarzi, 
urf–odatlari haqida sayohatchilar, savdogarlar, elchilar hikoyalari asosida to’plangan ma’lumotlar 
uchraydi. Bunday qimmatli tarixiy asarlarga I asrda Strabon tomonidan (17 kitob) yaratilgan 
«Geografiya», U asrdagi Ptolomeyning «Geografiya» kitobi misol bo’la oladi. Yer kurrasida aholi soni 
va ularning yashash maskanlari ko’payib borishi bilan aholi haqidagi bilimlar, ularni o’rganuvchi 
fanlar ham ko’payib bordi. Fanlarning dastlabki tasnifi eramizdan oldingi 384–322 yillarda Aristotel 
tomonidan yaratilgan bo’lib, unda mantiq, fizika, biologiya, falsafa, etika, sotsiologiya, siyosat, tarix, 
poeziya kabi fanlar o’rin olgan edi. Undan keyingi davrlarda fanlar differentsiyatsi kuchayib, uning 
tasnifi yana ham mukammallashdi, bir qancha fan majmualari shakllandi. Akademik B. M. Kedrov 
tasnifiga ko’ra, fanlar falsafa fanlari, matematika fanlari, tibbiy va texnik fanlar, hamda ijtimoiy fanlar 
majmuasiga ajratildi1. Mazkur fanlar tasnifida aholini o’rganish asosan ijtimoiy fanlar majmuasidan 
o’rin olgan. 
Aholi geografiyasi ijtimoiy fanlar majmuasiga kiruvchi iqtisodiy geografiya bag’rida 
shakllandi. XVIII asrgacha geograflar aholini o’lkashunoslik doirasida o’rgangandilar. Keyinchalik 
1
Анохин А.А., Житин Д.В., География населения с основами демографии: Учебное пособие. – СПб. Ихд-во 
СПбГУ, 2013 – 307 с. 
2
Бўриева М.Р., Тожиева З.Н., Зокиров С.С., Аҳоли географияси ва демография асослари. Ўқув қўлланма. – Т.: 
Тафаккур, 2011. – 159 б 


aholi geografiyasi tadqiqotlari takomillashib, rivojlanib borgach u (sotsial) ijtimoiy geografiya 
predmetiga aylandi. 
Aholi geografiyasining alohida fan sifatida shakllanishi XIX asr oxirlaridan boshlandi. Ushbu 
davrda geografiya tarkibidan «Antropogeografiya» maktabi ajrahb chiqdi. Uning asoschisi nemis 
geografi F.Ratsel edi. U o’zining «Antropogeografiya» asarida antropogeograflarning asosiy vazifasi 
«shaxs va xalqning ruhi hamda jismiga tabiat ta’sirini o’rganishdir» deb belgilaydi. Ular nafaqat 
insoniyat, hatto davlatlarni rivojlanishi ham tabiyat qonunlari asosida sodir bo’ladi, degan g’oyani 
ilgari suradilar. 
Aholi geografiyasini shakllanishida frantsuz geografi Vidal de la Blash tomonidan yaratilgan 
«inson geografiyasi» maktabi ham ahamiyatildir. Mazkur maktab vakillari antropogeograflardan farqli 
o’laroq aholi va tabiyatning o’zaro munosabatlarini, hodisalarini o’rganishda tabuy omillar bilan bir 
qatorda iqtisodiy, tarixiy va psixologjk omillarni ham o’rganish lozimhgini ta’kidlaydilar. Ana shu 
maktab asosida aholi geografiyasining shaharlar geografiyasi, qishloqlar geografiyasi, migratsiya 
geografiyasi kabi tarmoqlari shakllandi. 
Aholi geografiyasi bugungi kunda o’z o’rganish predmetiga, vazifalariga ega alohida fan 
sifatida rivojlandi. Qator rivojlangan davlatlar oliy o’quv yilrtlarida aholi geografiyasi turli 
yo’nalishlarda (demografiyaning geografik aspekti, shaharlar geografiyasi, migratsiya geografiyasi, 
aholi geografiyasi matematik modellar va h.k.) o’qitiladi
3

Jahon geograflari, aholishunos mutaxassislari tomonidan ilmiy asarlar, darshk va o’quv 
qo’llanmalar yaratilgan. Anglo–amerika mutaxasisslari D. Forrester rahbarugida «Geografiya 
gorodov», «Dinamika razvitiya goroda», B. Dj. Garker, D. Xarved, S. Gamilton, P. Xaggetva 
boshqalar «Model v geografu», frantsuz geograflari tomonidan «Ocherki po geografu gorodov» 
shularjumlasidandir. 
Aholini o’rganish uchun rus olirnlari tomonidan ham XIX asrning oxirgi choragi va XX asr 
boshlarida aholi geografiyasiga oid qator tadqiqotlar o’tkazilgan. 1883 – 1885 yillarda P. P. Semenov–
Tyan–shanskiy rahbarligida besh tomlik «Geografichesko–statisticheskiy slovar» chop etilgan bo’lib, 
unda Rossiyada o’sha paytda mavjud bo’lgan barcha shaharlar va qishloq maskanlari ta’riflangan. XIX 
asrning oxirgi choragida L. I. Mechnikov tomonidan yozilgan «Sivilizasiya i velikie istoricheskie reki 
(1889 g)» kitobi ham aholi geografiyasi bo’yicha bajarilgan ahamiyatli ishlardan hisoblandi. Unda 
muallif jamiyat rivojlanishini va madaniyatni taqsimlanishida suv yo’llarining muhim o’rin tiltishini 
ifodalaydi. Kitobda insoniyat jamiyatini shakllanishida Nil, Tigr, Yefrat, Xind va Ganga, Xilanxe va 
Yansze daryolari tabiatning kompleks ta’sirining tahlil etgan. 
Iqlimshunos A. I. Voeykov 1897 yilda Rossiyada o’tkazilgan aholi ro’yhati asosida 
Rossiyaning Yevropa qismi va g’arbiy Sibirda qishloqlar shakllanishini hududiy tahlil etgan. XX 
asrning 40–yillaridan boshlab aholi geografiyasi iqtisodiy geografiyaning mustaqil tarmog’i sifatida 
rivojlana boshladi. Bu borada R. M. Kabo va N. N. Baranskiylar tadqiqotlari alohida o’rin egallaydi. 
N. N. Baranskiy geografik tadqiqotlarda ishlab chiqarishning asosini tashkil etgan, ham ishlab 
chiqaruvchi kuch ham iste’molchi sifatida namoyon bo’lgan aholini o’rganish lozimligini qayd etgan. 
Shaharlar va qishloqlar aholi maskanlarini o’rganish bo’yicha Yil. G. Saushkin, O. A. 
Konstantinov, V. V. Pokishishevskiy, V. G. Davidovich, I. M. Maergoyz, B.S. Xorev, S.A. Kovalev, 
N.I. Lyalinovlar qator tadqiqotlar olib bordilar. 
Aholi manzilgohlari, shaharlarini o’rganishga bag’ishlangan ko’plab asarlar rus geograflari 
tomonidan ham yaratilgan. Ammo, aholi geografiyasi iqtisodiy geografiyadan mustaqil fan sifatida 
ajralib chiqishi 1940 yillarga to’g’ri keladi. Bunda R. M. Kabo va N. N. Baranskylarning xizmatini 
alohida ko’rsatish joizdir. 
Aholi geografiyasi rivojlanishing dastlabki yillarda shahar va shahar aholi manzilgohlariga 
e’tibor kuchaytirildi. O. A. Konstantinov, V. V. Pokishevskiy, Yil. G. Saushkin, keyinroq V. G. 
Davidovich va boshqalar shaharlarni o’rganishga muhim hissa qo’shganlar. Har tomonlama qishloq 
aholisi joylashishiga ta’rifhi N.I.Lyalikov tomonidan 40–yillar oxirida birinchi marta berildi. 
Keyinchalik, bu yo’nalishga S.A.Kovalev o’zining juda katta mehnatlari bilan kirib keldi. Uning 
qishloq aholi marizilgohlarini tipologiyalashtirish,qishloq aholisi joylashuvida o’ziga xos metodikalari, 
qishloq aholi manzilgohlari tizimidagi qator yo’nalishlari shular jumlasidandir. 
3
Бўриева М.Р., Тожиева З.Н., Зокиров С.С., Аҳоли географияси ва демография асослари. Ўқув қўлланма. – Т.: 
Тафаккур, 2011. – 159 б 


Aholi migrasiyasini o’rganish V.V.Pokshishievskiy tomonidan boshlangan bo’lib, hozirgacha 
aholi geografiyasida muhim bir yo’nalish, bo’lim sifatida alohida mavqeini egallab kelmoqda. V. V. 
Pokshishievskiy aholi geografiyasi faruning o’rganish predmetini qliyidagicha shaklda talqin etadi: 
«Aholi geografiyasi iqtisodiy geografiyaning muhim bir tarmog’i bo’lib, aholi va aholi manzilgohlari 
joylashishi hamda tarkibini o’rganadi». Umuman olganda bugungi kunda aholi geografiyasi faiuning 
o’rganish predmeti aholi va aholi manzilgohlari joylanishi, tarkibi va dinamik o’zgarishlarining makon 
va zamondagi hududiy xususiyatlarini o’rganishdan iborat. Bundan kelib chiqqan holda aholi 
geografiyasi ikkita asosiy bir–biri bilan chambarchas bog’liq yo’nalishlarga ajraladi:
1. aholini tadqiq etish;
2. aholi manzilgohlari, uning turi va tizimlarini tadqiq etish (shahar, qishloq). Har ikkalasida 
ham aholi geogrfiyasi iqtisodiy geografiyaning tarkibiy qismi sifatida tadqiqot olib boradi. 
Ma’lumki, iqtisodiy geografiyaning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchi kuchlarning hududiy 
joylanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganishdir. Aholi esa har qanday jamiyatning asosiy ishlab 
cbiqaruvchi kuchidir. 
Taraqqiyot jarayonida aholining shaxsiy iste’moli bilan birga aholining o’zi ham takror barpo 
etiladi, ya’ni kishilar avlodlari tarbiyalanadi, voyaga yetkaziladi. Shuning uchun ham aholini geografik 
jihatdan o’rganayotganda uchta narsaga e’tibor berilishi lozim: 
1. Aholi moddiy boylik ishlab chiqaruvchi kuch, barcha moddiy ne’matlarning yaratuvchisi;
2. Aholi ishlab chiqarilgan ijtimoiy mahsulot istemolchisi; 
3. Aholi butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonimng asosiy qismi bo’lib, o’zi ham takror 
barpo bo’lishi zarur. 
Har qanday iqtisodiy geografik muammolarni hal qilishda aholiga xos bo’lgan ushbu 
xususiyatlarni o’rganish zarur. Iqtisodiy geografiyaning bir tarmog’i Xisoblangan aholi geografiyasi 
umng boshqa sanoat geografiyasi, transport geografiyasi, qishloq xo’jaligi geografiyasi tarmoqlari 
orasida alohida o’rin egallaydi. Qolaversa, iqtisodiy geografiya o’z ichiga aholi geogrfiyasini kiritar 
ekan endi u xo’jalik geografiyasidan «jamiyat geografiyasiga» yoki «sotsial–iqtisodiy geografiyaga» 
aylandi. Aholi geografiyasining muhim tushunchalaridan biri bu aholining hududiy tarkibi va 
aholining funktsionai guruhlarga bo’linishdir. Aholi hammamizga ma’lum bo’lgan qliyidagi uchta 
funktsional guruhga ajratiladi: 
1. Moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida ishlovchilar (sanoat, qishloq xo’jaligi, transportda). 
2. Xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lganlar (savdo, maorif, sog’liqni saqlash, kommunal 
xo’jalik, shahar transporti va hokazo). 
3. Ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmaydiganlar (bolalar, liy bekalari, qariyalarva h.k.) 
Bulardan tashqari aholining migratsiyasi bilan bog’liq bo’lgan bir qancha qonuniyatlar ham 
bor. Yuqorida keltirilgan aholi geografiyasining tadqiqot yo’nalishlari aholi geografiyasi predmetini 
aniq shakllantirishga asos bo’ldi. Aholi geografiyasining predmeti qator geograf olimlar tomomdan 
belgilangan. S. A. Kovalev, N. Kovalskayalar aholi geografiyasi – aholining tarkibi, dinamikasi va 
joylashuvidagi regional tafovutlami vujudga keltirgan omillarni, aholi va aholi manzilgohlarining 
hududiy tizimlarini hamda ularning rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi. Shuningdek, aholi 
geografiyasi aholining dunyo bo’ylab va uning alohida mintaqalari, ayrim davlatlari hamda rayonlar 
bo’yicha almashuvim ham o’rganadi, deb qaraydilar. 
Hozirgi davrga kelib qator geograflar aholi geografiya iqtisodiy–ijtimoiy geografiyaning 
shoxchasi, tarmog’i deb hisoblamoqdalar. Uning predmeti qilib aholi tarkibi va takror barpo 
bo’lishidagi geografik farqlar, aholimng hududiy tarqalisM va joylashuvi,aholi madaniyati turli 
tizimdagi geografik farqlar, mehnat resurslarim hududiy guruhlari va ulardan foydalanishdagi 
geografik farqlar; aholi maskanlari va ularning hududiy tizimi2 kabilar ko’rsatilgan. Hududiy ijtimoiy–
iqtisodiy tizimda aholi, aholi manzilgohlari, aholiga xizmat ko’rsatish sohalari, sotsial blok tarkibiga 
kiritilgan holda iqtisodiy blok elementlari bilan birgalikda umumiy tizimni tashkil etadi. Demak, aholi 
geografiyashu ijtimoiy–iqtisodiy geografiyaning muhim bir tarmog’i sifatida qarash o’rinlidir. Har 
qanday hududiy–ijtimoiy–iqtisodiy tizimda aholi muhim rol o’ynaydi. Sababi biron bir hududdagi 
ishlab chiqarish insonsiz rivojlanmaydi yoki yaratilgan mahsulot uning iste’molisiz o’z yakunini 
topmaydi. 
O’zbekiston hududida ham aholi va aholi manzilgohlari haqida ma’lumotlar qadimiy 
qo’lyozma manbalarda mavjuddir. 


Aholi geografiyasining yo’nalishiga oid tadqiqotlar O’zbekistonda XX asrning ikkinchi 
yarimidan boshlab takomillashib bordi. N.Ginzburg, C.Kovalev, O. Ota–Mirzaev, A. Soliev, X. 
Salimov, A. A. Qayumov, Z.Rayilijonov, LSafarov, S.Zokirov, M.Nazarov kabi olimlar olib borgan 
tadqiqotlar shular jumlasidandir. Qayd etilgan tadqiqotlarda respublikada shaharlar geografiyasi va 
shakllanishi omillari, urbanizatsiya jarayoni, qishloqjoylarda aholi manzilgohlarini shakllanish 
xususiyatlari, joylashuvi, mehnat resurslari geografiyasi bilan bog’liq muammolar o’rganilgan
4

Aholi geografiyasining muhim predmeti bo’lgan aholining takror baipo bo’lishi, uning 
demografik ornillari va hududiy jihatlarini o’rganish, aholi migratsiyasi bo’yicha R.A.Ubaydullaeva, 
M.Qoraxonov, LMullajonov, M.R Bo’rieva, L.P.Maksakova, R.B.Murtazina, Z. Tojieva va boshqa 
aholishunos olirnlar tomonidan o’tkazilgan ilmiy izlanishlar natijalari ham qimmatlidir. 
Bugungi kunda O’zbekistonda aholi geografiyasi tadqiqot yo’nalishlari bo’yicha tumanlar, 
viloyatlar doirasida mukammal tadqiqotlar olib borilmoqda. Oliy o’quv yilrtlarida geografiya va 
boshqa aholishunoslik fanlari tizimiga kiruvchi yo’nalishlarda mutaxassislar tayyorlashda aholi 
geografiyasi va demografiya bo’limlariga oid kurslar o’tkazilmoqda. 
O’zbekistonda ham demografik tadqiqotlar rivojlanishi o’z tarixiga egadir. Respublikada fan, 
madaniyat va davlatchilik rivojlanishi juda qadimiy tarixga ega. Yuqorida demografik bilimlar 
to’plash, asosan davlatchilik bilan bog’liq ekanligi haqida fikr yilritildi. Demak, O’zbekistonda ham, 
demogafik bilimlar juda qadimdan mavjud bo’lgan. Bular haqida qadimiy qo’lyozmalar, arxeologik 
yodgorliklar, qator ilmiy manbalar guvohlik beradi. Lekin o’lkada maqsadli demografik tadqiqotla 
o’tkazish asosan 1960 yillardan boshlandi. Ana shu davrdan to hozirgi kunga qadar respublikada juda 
katta ahamiyatga ega bo’lgan demogafik tadqiqotlar olib borilgan hamda shu sohada yirik 
mutaxassislar tayyorlangan. Demografiya sohasida erishilgan yiltilqlar ustoz olim M. Q. Qoraxonov 
nomi bilan bog’liqdir. Olim nafaqat O’zbekistonda, balki Markazaiy Osiyoda yirik demografik 
tadqiqOtlar olib bordi. Ushbu hududning XIX asr ikkinclu yarmidan boshlab, demografik tarixini 
tikladi. Aholi o’sishi, tug’ilishi, o’lim, nikoh va ajralish kabi demografik jarayonlar xususiyatlarini 
o’rgandi. Ular bilan bog’liq omillar, muammolarni aniqlab berdi. O’rta Osiyo tarkibiga kiriuvchi 
respublikalarda aholi o’sishi bashoratini yaratishga rahbarlik qildi. Qoraxonov O’lkamiz aholisining 
miqdoriy rivojlanishi bilan bir qatorda uning sifatiy rivojlanishi sohasida ham yirik tadqiqot ishlarini 
olib bordi. Ustoz rahbarligida O’zbekistonda aholi ma’lumotlilik bosqichlari bo’yicha bashorat ham 
ishlab chiqilgan. Olimning olib borgan tadqiqotlari asosida monografiya, risolalar va 200 dan ortiq 
ilmiy maqolalari chop etilgan. Ustoz o’z ilmiy faoliyatini 1960 yillardan boshlab, hayotining oxirgi 
damlarigacha O’zbekiston Milliy Universitetining geografiya fakultetida olib bordi. Dastlab 
respublikada demografiyani o’rganuvchi ilmiy guruh tilzdi. 1972 yilda ana shu guruh O’rta Osiyo 
respublikalari demografik holati va muammolarini o’rganuvchi yirik «Aholishunoslik ilmiy–tadqiqot 
laboratoriyasi» ga aylandi. Ushbu laboratoriyada O’rta Osiyo Demografiyasini o’rganishga doir 
chuqur, tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan tadqiqotlar olib borildi. Shu bilan birga, M.Q.Qoraxonov 
rahnamologida aholi muammolarini o’rganuvchi yirik ilmiy maktab yaratildi. Ustoz maktabida 
shakllangan mutaxassislar bugungi kunda uning ishini davom ettirib, jamiyat taraqqiyaga molik 
tadqiqotlar olib bormoqdalar. 
O’lkamiz demografik tarixini va aholi muammolarini o’rganishda RLMullajonov, 
R.A.Ubaydullaeva, EAAhmedov, O.B.Ota–Mirzaev, L.P.Maksakova, A.S.SoUev, N.S Aliqoriev, 
X.Salimov, M.R.Bo’rieva, A.A.Qayumov, O.E.Ergashev, LSafarov, O.Saydaxmedov, RB.Murtazina, 
Z.X.Rayilijonov, RJ.Ortiqboev, Z.Tojieva kabi olimlar olib borgan tadqiqotlar ham ustoz Murtazo 
Qoraxonovich Qoraxonov boshlagan ilmiy izlanishlarni davomi sifatida O’zbekistonda olib borilgan 
demografik tadqiqotlar tarixida alohida ahamiyatlidir
5


Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin