A. I. To’rayev, F. F. Axrorov, M. M. Rahmatov


Da’votdor-sultonning xos kotibi, farmonlarini yozuvchi.  sohibi.  Mahramlar-



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/56
tarix09.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95294
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   56
Da’votdor-sultonning xos kotibi, farmonlarini yozuvchi. 
sohibi. 
Mahramlar-Jaloliddinning saroyida mahramlari ham bo’lgan. 
Ularga 
“xodimoni xos” ham deyilgan. Mahramlar “malikul xos” unvoniga ega 
bo’lganlar. 
Al-hojiblar-saroylarda odatda sulton yoki shohlarning, umuman 
hukmdorlarning ishlarini al-hojib, erkak odamlar qilishgan. 
Otabek- “ota” va “bek” so’zlaridan tashkil topgan. Bu unvon, 
dastlab, saljuqiylar davrida joriy etildi. Dastlab, saljuqiylarning 
mashhur vaziri Nizomulmulkka shu unvon berilgan edi. Sultonlar 
imperiya hududlarini sulola a’zolariga taqsimlab bergan vaqtlarida 
kichik yoshdagi shahzodalarga vasiy va murabbiy sifatida otabek 
tayinlar edilar. Ular o’z xizmati, sadoqati va kuch qudrati bilan tanilib, 
buyuk amir darajasiga ko’tarilgan qo’mondon orasidan tanlab olinardi. 
Shihna-viloyatning jamoat tartibini saqlash bilan shug’ullangan. 
U xalqning tinchligi, osoyishtaligi va farovonligini ta’minlagan, omil 
soliq yig’ish masalalarida yordam bergan. Aftidan shihna harbiy toifaga 
mansub bo’lgan. 
Voliy-viloyatni boshqargan noib. 
Rais-har bir qal’a shahar va tumanda bo’lgan. Bu lavozim egasi 
shaharning obro’li kishilari orasidan mahalliy aholi tomonidan 
saylangan va shahar miqyosida shihna vazifasini o’tagan. Raislar 
viloyat voliysiga bo’ysungan. 
Mustaxdam-saroyning umumiy ishlari bilan shug’ullangan 
xizmatchilarga muqaddimi chovushon boshchilik qilardi. Uning qo’l 
ostida chovushlar va mustahdamlar xizmat qilgan. Binobarin, armiyada 
chovush unvonli kichik boshliqlar bo’lganidek, saroyda ham 
chovushlar xizmat qilgan. Ular safarda sultonga hamrohlik qilganlar, 
choparlik xizmatini o’taganlar. 
Jomardor-hukmdorning liboslari bilan shug’ullanadi. 
Amirul-a’lam (a’lamdor yoki yalovbardor)-sulton bayroqdori 
yoki sulton tug’ining sohibi. 


83 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin