232
xato xulosa chiqargan bo’lsa, bu tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk sifatida
qaraladi. Tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk, shuningdek auditorlik
protseduralarni bajarayotgan auditorning malakasi etishmasligi oqibati ham
bo’lishi mumkin. Auditorlik firmasi bunday xatolar ehtimolini auditorlarning
tegishli o’kuv va mos keluvchi ko’zatuvlari, tanlab olishni bajarish uchun yaxshi
ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari va sinchkilab ishlab chiqilgan va bajarilgan
audit dasturlari vositalari bilan boshqaradi.
Tanlash bilan bog’liq risk
Risk hamma vaqt bo’ladi, tanlab olishdan qilingan har qanday tanlovlar agar
auditorlar 100% umumiy to’plamni tekshirmasalar to’g’ri bo’la olmaydi.
Loyihalangan natijalar xaqida noaniqliklar bo’ladi, chunki tanlab olish natijalari
umumiy to’plamning uncha katta bo’lmagan qismiga asoslanadi. Tanlab olish
miqdori qancha kam bo’lsa, noaniqlik shuncha katta; tanlab olish miqdori qancha
katta bo’lsa, noaniqlik shuncha kam bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: