Professional buxgalteriya tashkilotlari a’zosi sifatida majburiyatlar
Deyarli barcha milliy auditorlik kasblarida bir xil intizomiy sud mavjud.
Ko‘pgina mamlakatlarda auditga aloqador bo‘lishidan qat’i nazar, har qanday kishi
auditorga qarshi shikoyat berishi mumkin. Intizomiy sudi odatda auditorlik va
yuridik kasb vakillari, ba’zan esa jamoatchilik vakillaridan iborat. Da’vogar va
sudlanuvchining dalillarini eshitgan holda, sud o‘z qarorini qabul qiladi va
auditorga nisbatan (agar mavjud bo‘lsa) sanksiyani belgilaydi. Bu sanksiya turli xil
bo‘lishi mumkin. Bu quyidagilar bo‘lishi mumkin:
■ jarima;
29
■ xayfsan (og‘zaki yoki yozma);
■ cheklangan vaqt (masalan, olti oy) faoliyatingizni to‘xtatib turish; yoki
■ kasbingizning umrbod taqiqlanishi.
Ayrim mamlakatlarda ushbu intizomiy sudlarning ishi ommaviydir.
Ko‘pgina mamlakatlarda sud hukmlari, xususan, sud qarori faoliyatni to‘xtatib
turish yoki umrbod taqiqlanish bo‘lsa, ommaga e’lon qilinadi. Odatda intizomiy
sud qarori ustidan shikoyat qilish mumkin. Auditor muvaffaqiyatsizligi uchun
intizomiy sud tomonidan hukm qilingan deb hisoblang. Bu auditorga nisbatan
fuqaroviy da’voga etarlimi? Yo‘q. Auditor fuqaroviy da’vosi bilan yuridek
javobgarlikka tortilishi uchun quyidagi shartlarni bajarish kerak:
■ Auditorlik tekshiruvida auditorning ehtiyotsizligini isbotlash kerak
(ehtiyotsizlik muammosi). Intizomiy sud tomonidan chiqarilgan hukm odatda
ushbu shartni bajarish uchun asosdir.
■ Auditorning da’vogarga nisbatan majburiyati bor (professional faoliyati
tufayli).
■ Da’vogar o‘zining yo‘qotishlari audit muvaffaqiyasizligi sababli
bo‘lganligini isbotlashi kerak (sabab oqibat muammosi).
■ Da’vogar o‘zining yo‘qotishlarini aniqlashtirishi kerak.
Audit bozoridagi ayrim o‘zgarishlar
Audit nazariyalarini muhokama qilishda Politsiyachi nazariyasida tarixiy
o‘zgarishlar davrida (1940 yildan 2002 yilgacha), firibgarlikning oldini olish va
aniqlashga, moliyaviy hisobotlar haqqoniyligi va adolatliligini tekshirishga izoh
berishning imkoni bo‘lmaganligi qayd etib o‘tildi. Auditorlik bozorining o‘zgarishi
bilan bog‘liq bo‘lgan auditorlik vazifalarini rivojlantirish, odatda, auditorlik
tekshiruvi oralig‘idagi munozarali deb hisoblanadigan jamoat muhokamasining
obekti sanalanadi. Bu kamchilik auditorlik xizmatlaridan foydalanuvchilar
auditorlardan hozirgi amaliyotga mos bo‘lmagan vazifalar yuzasidan kutgan
ortiqcha natijalaridan kelib chiqadi.
|