A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Auditorlik  majburiyatlari



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   189
АУдит дарслик

Auditorlik 
majburiyatlari 
va 
auditorlik 
xizmatlarining 
foydalanuvchilarning kutayotgan natijalari 
Auditorlik xizmatlaridan foydalanuvchilar keng miqyosda tekshiriluvchi 
tomon (kompaniya boshqaruv kengashi) va uchinchi shaxslar (aksiyadorlar, 
bankirlar, kreditorlar, xodimlar, mijozlar va boshqa guruhlar) deb tasniflanishi 
mumkin. Ushbu guruhlarning har biri auditorlik majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga xos 
natijalarni kutadi. Auditorlarning quyidagi majburiyatlari yuzasidan kutilayotgan 
natijalar: 
■ moliyaviy hisobotlarning adolatliligi to‘g‘risida fikr berish; 
■ kompaniyaning ish yuritishni davom ettirish, qobiliyati haqida fikr berish; 
■ kompaniyaning ichki nazorat tizimi to‘g‘risida fikr bildirish
■ firibgarlikning yuzaga kelganligi haqida fikr bildirish; 
■ noqonuniy xatti-harakatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida fikr bildirish. 
Bu vazifalarning har biridagi hozirgi o‘zgarishlar ushbu bobning qolgan 
qismida muhokama qilinadi. 
Xalqaro audit bozoriga ta’sir ko‘rsatadigan tadqiqotlar va qonunlarga 
misollar 
Kutilayotgan natijalar bilan bog‘liq ayrim muammolarga qisman javob 
beradigan ikkita muhim tadqiqot (COSO hisoboti hamda Birlashtirilgan kodeks va 
Turnbull hisobotiga olib keladigan Cadbury hisoboti) o‘tkazildi va oxirgi qoidalar 
2002 yilgi Sarbanes-Oxley buxgalterlik Qonuniga muvofiq qabul qilindi.
COSO hisoboti 
COSO hisoboti Treadway komissiyasi homiylik tashkilotlari qo‘mitasi 
tomonidan chop etilgan. COSO hisobotida quyidagilar belgilab o‘tilgan: 
■ ichki nazorat va uning tarkibiy qismlariga tegishli tushunchalarni 
uyg‘unlashtirish; 
■ ichki nazorat sifatini baholashga yordam berish


31 
■ boshqaruvning ichki nazorat tizimini yaratish, rahbariyatga o‘z 
kompaniyasidagi ichki nazoratni zamonaviy nazorat texnologiyalari bilan 
taqqoslash imkonini berish; 
■ ichki nazoratning muvofiqligi to‘g‘risida tashqi hisobot uchun asos 
yaratish. 
Ushbu maqsadlarning barchasi audit xizmatiga ta’sir etishi mumkin bo‘lsa-
da, ikkinchidan, bu mavzu alohida ahamiyat kasb etadi, chunki u kompaniyaning 
ichki nazorat tizimining sifati to‘g‘risida ichki auditor tomonidan tasdiqlanishi 
mumkin. COSO hisoboti Ichki nazorat komponentlari deb nomlangan 7-bobda 
bo‘yicha keng muhokama qilinadi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin