Asosiy vazifalari
- O’zbekiston Respublikasida buxgalter va auditor kasbining rivojlanishi va
ularning malakasini Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi(IFAC)ning a’zoligi
mezonlariga javob beradigan xalqaro standartlarga yaqinlashtirish;
- O’zbekistonda bozor islohotlarini o’tkazishda faol qatnashish;
- buxgalteriya hisobi va audit sohasida me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda
qatnashish va ularni takomillashtirish uchun takliflar taqdim etish;
- Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi(IFAC) talablariga muvofiq sertifikat
olish uchun malaka imtihonlarini o’tkazish, buxgalter va auditorlarga qo’yilgan
malakaviy talablarni ishlab chiqish;
54
- Sertifikatlangan buxgalter va auditorlar Ahloq Kodeksiga rioya qilinishi
ustidan nazorat;
- Buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirish maqsadida hududiy, respublika
va xalqaro simpozium, konferentsiya va seminarlar tashkil etish;
- Buxgalter va auditorlarga professional huquqlarini himoya qilish
maqsadida uslubiy, maslahat va axborot yordamini ko’rsatishga ko’maklashish;
- Xalqaro maqomga ega bo’lish maqsadida buxgalter va auditorlarning
xalqaro professional tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish.
Nazorat uchun savollar:
1.
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tashkil etishning
me’yoriy tizimi va uning elementlari xakida nimalar bilasiz?
2.
O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi
Qonunning mohiyati va uning ahamiyati qanday?
3.
O’zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assotsiatsiyasi
(O’BAMA) va uning faoliyat yo’nalishlari to’g’risida nimalar bilasiz?
4.
O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP) va uning faoliyati to’g’risida
nimalar bilasiz?
5.
Qaysi xalqaro auditorlik tashkilotlarini bilasiz?
6.
Auditorlik tashkilotining huquqlari nimalardan iborat?
7.
Auditorlik tashkilotining majburiyatlari nimalardan iborat?
8.
Auditorlik tashkilotining javobgarligi nimalardan iborat?
55
3-BOB. PROFESSIONAL AUDIT STANDARTLARI
3.1.Auditning professional standartlari
Amerika Qo'shma Shtatlarida auditorlar Amerika institutining diplomli
buxgalterlar jamiyati (AICPA), Aktsiyadorlik jamiyatlarida Buxgalteriya nazorat
kengashi (PCAOB) va Xalqaro auditorlik va professional standartlar kengashi
(IAASB) tomonidan chiqarilgan standartlar asosida faoliyat yuritadilar. Bu turli
tashkilotlar tomonidan chop etilgan auditorlik standartlari umumiy maqsadga
qaratilgan bo’lib, auditni sifatli tarzda amalga oshirishga xizmat qiladi. Auditorlik
standartlari asosida auditorlar moliyaviy hisobot bo`yicha auditorlik xulosasini
tuzish va taqdim etishda dastur sifatida foydalanib hamda kompleks audit doirasida
mijozning moliyaviy hisobotlari bo`yicha ichki nazoratini baholaydi.
Audiorlik standartlari nafaqat kompaniylarning audit tekshriuvlarida, balki
(barchasida) tashkiliy huquqiy tuzilishi, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar barcha
sub`ektlarga ham qo`llaniladi. Misol uchun, AQSH AJlari Qimmatli qog'ozlar va
birja komissiyasi (SEC) tartibiga bo'ysunadi va PCAOB auditorlik standartlariga
muvofiq audit amalga oshiriladi AJlari bo’lmagan tashkilotlar AICPA tomonidan
tashkil etilgan umumiy qabul qilingan audit standartlari asosida audit o’tkazilishi
lozim. Bundan tashqari, yuridik manzil bo`yicha eng muhimi qaysiki ochiq
aktsiyadorlik jamiyatlarida (mavjud bo'lsa) audit qilinganda auditor PCAOB yoki
AICPA yoki IAASB tomonidan ishlab chiqilgan standartlar asosida olib borishini
aniqlashtirib olishi shart.
2004 yilda AICPAning Auditorlik standartlar kengashi (ASB) standartlar
tushunarli bo'lishi uchun qayta loyihani boshladi. AICPAning standartlarni
yangilash loyihasi, standartlarni o'qishni engillashtirish, tushunish va qo'llash
uchun mo'ljallangan. Loyiha doirasida, ASB Auditning Xalqaro Standartlari (ISAs)
bilan bir vaqtda ishladi. ASB uning standartlarini bir joyga jamlagan holda
tushunarli formatda tayyorladi. Har bir standart bo`yicha quyidagi bo'limlar taqdim
etiladi:
56
● Standartning
kirish
izohi maqsadi va ko'lamini tushuntiradi.
● Mavzuga doir talablardan
maqsad
belgilanadi.
● Standartlardagi aloqador o’ziga hos ma’noli jumlalarning
ta'riflari
● Auditorning standartining maqsadiga yetishi uchun
talablarni
aniqlasitirish. Talablar "auditor qilishi kerak" yoki “auditor bajarishi shart”
so’zlaridan foydalangan holda ifoda etiladi.
●
Ilova va boshqa izoh materiali
, standart talablarini qo'llash uchun
talablarga mos manbalar va kelgusidagi yo'l-yo'riqni o'z ichiga oladi.
ASB 2012 yilda uning eng mukammal standartlari bo`yicha Auditorlik
yagona Hisobotini (SAS sonli 122) nashr qildi. Bu mukammal standartlar 2012 yil
15 dekabrdan keyingi davrlaridagi moliyaviy hisobotlarga tadbiq etildi.
IAASBning maqsadi professional xizmatlar va boshqa shunga aloqador
standartlar asosida, xalqaro va mahalliy audit va professional standartlarni
birlashtirish orqali yuqori sifatli auditorlik xizmatini ko’rsatish, shu tariqa butun
dunyo bo'ylab amalda audit sifatini mustahkamlash va kuchaytirish va shu orqali
global auditorlik va professionallik kasbini ishonchini mustahkamlashdir.
IAASB standartlari tushunarli, aniq va izchil bo'lishi kerakligini talab etadi.
Shunga ko'ra, 2004 yilda, IAASB uning xalqaro standartlar aniqligini oshirish
uchun dastur boshladi. IAASBning standartlarni yangilash loyihasi 2009 yilda
tugallandi, va 2013 yilning, IAASBning aniqlanishi standartlari 36 xalqaro
standartlar va Sifat Nazorati Xalqaro Standarti 1 to’plamidan tashkil topdi. Xalqaro
standartlar quyidagi alohida bo'limlarda keltirilgan axborotni o'z ichiga oladi, bu
esa AICPA ning standartlari formatiga juda o'xshaydi:
Kirish
auditorlar majburiyatlaridan va boshqalardan tashqari maqsadi,
ko'lami va Xalqaro standartlar mavzusi matnlari haqida ma'lumotlarni o'z ichiga
oladi.
Maqsad
- auditorning maqsadli aniq bayonini o'z ichiga oladi.
Amaldagi jumlalar
ta`riflari
kiritilgan.
57
Har bir maqsad uchun
talablar
taqdim etilgan. Talablar "auditor
bajarishi kerak" so’zlaridan foydalangan holda ifoda etiladi .
Ilova va boshqa izoh materiali
, standart talablarini qo'llash uchun
talablarga mos manbalar va kelgusidagi yo'l-yo'riqni o'z ichiga oladi.
PCAOB 2002 yildan vujudga kelgan, u AQSH aktsiyadorlik kompaniyalari
amal qiladigan auditorlik standartlarini chop etadi. 2013 yilda , PCAOB o'n oltita
audit standartlarini chop etdi. Bundan tashqari, PCAOB 2003 yil 16 aprelda
AICPA o’rniga standartlar chiqardi (PCAOB muvaqqat standartlar deb ataladi).
Shunday qilib, PCAOB aktsiyadorlik kompaniyalari uchun PCAOB standartini
AICPA standarltari o’rniga talab qildi. 2003 yil 16 apreldan so'ng AICPA
tomonidan chiqarilgan standartlar, PCAOBning muvaqqat standartlari qismi emas.
Audit standartlari orasida katta o`xshashlik mavjud. Barcha standartlarda
audit ishini rejalashtirish va qay tariqa amalga oshirish va natijalari qanday bo'lishi
kerak kabi yagona tamoyillar mavjud. Auditorlik standartlarini umumiy solishtirish
ko'rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: |